Deviatsiya ijtimoiy muammo sifatida. Jamiyat tomonidan qabul qilingan hatti - harakatlar, qoidalar va me’ѐrlardan chekingan o‘smirlarni og‘ir ѐki tarbiyasi qiyin ѐki tarbiyasi og‘ir o‘smirlar deb atashadi. Tarbiyasi qiyino‘smirlar deganda turli xil sabablarga ko‘ra pedagogik ta’sirlarga qarshi chiquvchi bolalartushuniladi. Jamiyatda o‘rnatilgan me’ѐr va qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi og‘iro‘smirlarni ilmda deviatsiya deb atashadi.Deviant hatti-harakat — bu psixik sog‘lom shaxslar tomonidan me’ѐriy qoidalarni buzishhollaridir.Deviatsiya — bu ijtimoiy pedagogik muammo bo‘lib, inson ruhiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o‘zgarish hollari bilan borliq. Bu hol, ayniqsa, o‘smir ѐshdagi bolalargaxosdir. Chunki bu ѐsh eng qiyin va murakkab davr bo‘lib, bu ѐshdagi bolalarning anatomo —fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqada jihatlarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlaro‘z navbatida ularning psixikasida o‘zgarishlar ro‘y berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiystatusida, jamoada o‘zini tutishida o‘zgarishlar ro‘y berib, ularni ko‘proq «Men kimman?» - degansavol qiynaydi.Deviatsiya o‘z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti — harakatlarni birlashtiradi.(Deviant hatti — harakat — bu kichik ijtimoiy munosabatlar (sila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va ѐsh xususiyatlari jihatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me’ѐrlardan, hatti — harakatlar va qoidalardan og‘ish, chekinishning bir turidir.! Ya’ni bu turdagiharakatni intizomsizlik deb ham atash mumkin. Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yish, bolalar va o‘smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftagarchilik qilishlari, assotsial xarakatlarga berilish kabilar deviant xarakatlarning asosiy ko‘rinishlaridir. Ma’lum vaziyatlarda bolalar va o‘smirlarning shu kabi hatti —harakatlarni namoѐn etishi deviant harakatlarning tipik xususiyatidir.Delinkvent hatti - harakat - deviant harakatlardan farqli ularoq ular vaziyat ta’sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial harakatlarning doimiy harakterga ega bo‘lishidir.Delinkvent harakatlarning quyidagi turlari mavjud:
• haqoratlash, xo‘rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv bosqinchilik harakatlar;
• kichik o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va anjomlarni o‘g‘irlash kabi moddiy fonda ko‘rishga qaratilgan o‘z shaxsiy manfaati yo‘lidagi harakatlar;
• narkotiklar sotish va tarkatish. Kriminal hatti — harakat — bu jinoiy javobgarchilikka tortilishta ѐshi yetgan shaxslarning xuquklarga zid harakatlari bo‘lib, ular ustidan jinoiy ish ko‘zg‘atilish jaraѐnidir.Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent harakatlar asos yaratadi. Deviant harakterlarningasosiy sabablari bolalar, o‘smirlar va umuman ba’zi jamiyat a’zolarining jamiyat tan olganme’ѐrlarga zid keluvchi hatti — harakatlarni namoѐn etishi — bu birdaniga, o‘z-o‘zidan bo‘ladiganhodisa emas. Ya’ni o‘sha insonlarning shunday yo‘l tutishiga nimadir sabab bo‘ladi. Ya’ni xar bir fazilat o‘z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan turlixil faktorlarga bog‘liq: irsiy, muhit, tarbiya, iisonning shaxsiy amaliy faoliyati va x.k. Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari.Deviant hatti — harakatdagi bolalar va o‘smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiyava korreksiya ishlari amalga oshiriladi. Reabilitatsiya — bu bola shaxsining xuquqi, xuquqiy status, sog‘ligi, ishga laѐqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko‘p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. Uprofilaktika va korreksiya singari aspektlarni o‘z ichiga oladi.Profilaktika — bu reabilitatsiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u ѐki bu chekinishlarni yo‘qotishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko‘proq ijtimoiy muhit bilan bog‘liqdir.Korreksiya — bu haѐtiy chekinishlarga uchragan bolalar va o‘smirlar bilan olib boriladigananiq faoliyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |