Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni
Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov 30 variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy savol topshiriqdan iborat. Nazariy savollar fan bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning barcha Mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan.
Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-10 ball oralig‘ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to‘plashi mumkin.
Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi.
FANNI O ’RGANISH BO’YICHA BOSHQA MATERIALLAR
KEYSLAR BANKI
Keys №1: Pedagogik nizo va uni hal etish yo‘llari
Ma’lum muddat tibbiy davolanishda bo‘lib, yangi o‘quv yilidan yana qaytadan ishga qaytgan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi N.Xafizov menejment bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 303 guruhida kasbiy pedagogika fanidan seminar mashg‘ulotini o‘tkazayotgan edi. Seminar mashg‘ulotida talabalarni kichik guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar kichik guruhlarda ishlarni davom ettirayotgan bir paytda, mashg‘ulot boshlanganiga o‘ttiz daqiqa bo‘lganida mazkur guruh talabasi A.Petrova eshiqni ochib, auditoriyaga kirishga ruxsat so‘radi. O‘qituvchi esa mashg‘ulot boshlanganiga ancha vaqt bo‘lganini, u bir necha marotabadan bo‘yon kechikib kelayotganini aytib, mashg‘ulot vaqtida kechga qolgan talaba A.Petrovaning auditoriyaga kirishiga ruxsat bermadi. Talaba esa, auditoriyadan chiqib ketishni xohlamadi. O‘qituvchi undan auditoriyadan chiqib ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga kiritilmagan qizning onasi nomidan fakultet dekanatiga shikoyat xati kelib tushdi. SHikoyat xatida talaba-qizning onasi homilador ekanligiga qaramasdan va har qanday holatda ham o‘qituvchi talabani mashg‘ulotga kiritmasdan, uni turtib auditoriyadan chiqarib yuborgani pedagogik etika zid ish ekanligi, o‘qituvchining kompetentligini aniqlash uchun Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan o‘tkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora ko‘rilmasa, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qo‘ygan edi. Ertasi kuni fakultet dekani va o‘rinbosari N.Xafizovni bu haqida ogohlantirdi. O‘qituvchi esa dekanga u hech qanday ortiqcha harakat qilmagani, talaba qiz hamma vaqt darsga kechikib kelishini aytib qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Bir hafta muddat o‘tib, dekan kafedra mudiridan mazkur masalani yig‘ilishda muhokama qilib, qaror chiqarib berishni so‘radi.
Kafedra majlisida mazkur masala muhokama etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari har qanday vaziyatda ham N.Xafizovni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning homilador ekanligini hisobga olib, undan uzr so‘rash haqidagi taklifni kiritishdi. N.Xafizovga so‘z berilganda esa, u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir etmaganligini, talaba-qizdan uzr so‘ramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat o‘tib, N.Xafizov kafedra mudirining ishdan bo‘shamasligi haqidagi iltimosiga karamasdan, o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.
YUqorida keltirib o‘tilgan vaziyatni tahlil eting. Siz N.Xafizovning o‘rnida bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? N.Xafizovning ishdan bo‘shab ketishi to‘g‘ri bo‘ldimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |