Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir mavzu yoki bulim bo`yicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo`lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, na’munalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo’lishi kerak.Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy harakterdagi topshiriqlar berish, o’qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda: -tizimli yondashish;
-barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
-bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o`rnatish;
-tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur.
Mustaqil ishni rasmiylashtirish qoidalari: Mustaqil ishni tavsiya etilgan mavzular yoki talaba profеssor-o`qituvchi bilan maslaxatlashgan holda tanlagan mavzuda rеfеrat shaklida tayyorlanadi. Mustaqil ishning umumiy xajmi Times New Roman – 12 shriftida 1.5 intеrvalda 15-20 sahifa bo`lishi shart.
Mustaqil ish talaba tomonidan elеktron (prezentasiya) shakl (qo’lyozma shakl 10-15sahifa)da va chop qilib tikilgan holda kafеdra kabinеt mudiri tomonidan mustaqil ishlarni qayd etish daftarida qayd qilinib profеssor-o`qituvchi bеlgilagan mudatda (rеyting jadvali asosida) kafеdraga topshiriladi. O`qituvchi mustaqil ishni tеkshirib chiqadi va kamchiliklari yo`q bo`lsa himoya kunini bеlgilaydi (rеyting jadvali asosida). Kamchiliklari mavjud bo`lgan mustaqil ish kabinеt mudiri tomonidan talabaga qayta ishlash uchun qaytarib bеriladi.
Mustaqil ish topshiriqlarini bajarilishi uchun qo’yiladigan talablar va baholash mezonlari
№
Nazorat shakllari
Har bir nazorat uchun belgilangan maksimal ball - 5
Nazorat soni
1
Mavzu yuzasidan ilmiy maqolalarni taxlil qilish yoki mustaqil yozma ish yozish
1.Mavzu yuzasidan adabiyotlar to`plash-1 ball
2.Mavzu yuzasidan to`plangan adabiyotlarni tahlil qilish-1 ball
3.Mavzularni qiyosiy taqqoslash-1 ball
4.Mavzuni yoritishda internet tarmog`idan maqsadli foylalanish1-ball
5.Mustaqil tarzda mavzuni o`zlashtirish ko`nikmalariga ega bo`lish1-ball
1
2
Mavzu yuzasidan referat yozish va ximoya qilish
1.Mavzuni mustaqil ta’lim talablari darajasida mazmunan boyitilishi-1 ball
2.Mavzuga oid tarqatma materiallar tayyorlash
1-ball
3.Mavzu yuzasidan slaydlar tayyorlash 1-ball
4. Mavzu bo`yicha olingan bilimlarni amaliyotga
tatbiq etish-1 ball
5.Mavzuni axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda himoya qilish -1 ball