SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 1. Texnologiya so`zi qanday ma’noni anglatadi?
2. Texnologiya fani nimani o’rganadi?
3. Texnologiya fani qanday bo`limlarga bo`linadi?
4. Texnologik sistema nima?
5. Texnologik sxema nima?
6. Reaktorlar nima va ular qanday vazifani bajaradi?
7. Hozirgi kunda O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan qanday kimyoviy korxonalarni bilasiz?
MAVZU: KIMYOVIY TEXNOLOGIK ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY TUSHUNCHALARI
REJA: 1. Mahsulot tannarxi va uning strukturasi.
2. Chiqim koeffitsientlari.
3. Material balans va issiqlik balansi haqida tushuncha, ularni tuzish qoidalari.
4. Apparatning unumdorligi.
5. Apparatning intensivligi.
6. Mexanizatsiya.
7. Avtomatizatsiya.
Ishlab chiqarishning rentabelligi ishlab chiqarilgan mahsulotning yuqori sifatli va past tannarxga ega bo`lishi bilan harakterlanadi. Bu ishlab chiqarish esa ishchilarning yaxshi ishlash sharoitlari va muhitni zararli chiqindilar bilan zararsizlantirmaslikka asoslangandir. Bu ko`rsatkichlar doim bir - biri bilan uzviy bog’langan bo`lib, ularni bir - biridan ajratish qiyindir.
Ayni korxonaning mahsuloti ishlab chiqarish va sotish uchun sarflagan barcha harajatlarining puldagi ifodasi mahsulot tannarxi deyiladi.
Tannarxning mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo`lgan sarflari fabrika - zavodlarning tannarxi deyiladi.
Tannarxning turli usullari orasidagi bog’liqlikdan tannarxning strukturasi kelib chiqadi.
Ishlab chiqarish tannarxi quyidagi tarkibiy qismlarni o`z ichiga oladi:
1) homashyo, yarim fabrikat va ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi asosiy materiallar.
Homashyo- qayta ishlanmagan dastlabki mahsulot.
Yarim fabrikat - ayni korxonada sanoat qayta ishlashida oldindan ishlatilgan dastlabki mahsulotlardir.
Asosiy materiallar - boshqa korxonada sanoat qayta ishlashida oldindan ishlatilgan dastlabki moddalar.
2) texnologik maqsadlar uchun issiqlik va energiya.
3) asosiy ishlab chiqaruvchi ishchilarning ish haqi.
4) amortizatsiya.
5) seh chiqimlari; u o`z ichiga asosiy ishlab chiqarish fondlarining remont uchun sarflarini va administratsiya hamda boshqaruvchi shaxslar uchun sarflarni, mehnat muhofazasi va texnik xavfsizligini o`z ichiga oladi.
6) umumzavod chiqimlari.
Asosiy mahsulotning tannarxidan xuddi shu homashyodan olinuvchi qo`shimcha mahsulotlarning narxi chiqarib tashlanadi.
Material balans massaning saqlanish qonuniga asoslangandir. Bunda texnologik jarayonga kirgan modda massasini olingan modda massasi bilan tenglashtiriladi. Material balansni qo`shimcha jarayonlarni hisobga olgan holda asosiy yig’indi tenglama orqali tuziladi. Material balans 2 xil ifodalanadi:
1. Diagramma shaklida.
2. Jadval shaklida.
Mahsulotning material balansini tuzish uchun homashyo materiali, yoqilg’i va energiyaning chiqim koeffitsientlarini aniqlash kerak.
Turli kimyoviy ishlab chiqarishlarda bir xil moddalarning chiqim koeffitsientlari turlicha bo`ladi. Bunda asosiy rolni homashyoning chiqim koeffitsienti o`ynaydi, u tannarxning 60 - 70 % ini tashkil etadi. Yoqilg’i va energiya 10 % ini tashkil etadi, lekin ba`zi elektrotermik va elektrokimyoviy ishlab chiqarishlarda elektroenergiya chiqimning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Kimyo sanoatida asosiy ishchilarning ish haqi tannarxning taxminan 4 % ni tashkil etadi. Ba`zida 20 % gacha ko`tarilishi ham mumkin. Ammortizatsiya 3 - 4 % ni tashkil qiladi.
Mahsulot tannarxi yana mahsulotning texnik - iqtisodiy va texnologik ko`rsatkichlariga ham bog’liq.