1.3. Mitoxondriyalar bilan bog‘liq irsiylanish. Mitoxondriyalarni irsiylanishini birinchi marotaba XX asrning 50 yillarida Efrussi va Slonimskiy tomonidan o‘rganilgan. Ular achitqi zamburug‘larida normal formalar bilan birga kichik hajmli mitti mutant achitqilar borligini aniqlaganlar. Bunday mutant formalar vegetativ urchish mobaynida hosil bo‘lishini e’tiborga olib ular «vegetativ mitti» achitqilar deb nomlandi. Vegetativ mitti achitqi zamburug‘laridan tashqari boshqa mutant yadro genlarini o‘zgarishi tufayli hosil bo‘lgan mitti achitqi zamburug‘lar ham tajribada olindi. Odatda achitqi zamburug‘lari chatishtirilganda ikkita organizm sitoplazmasi va yadrosi zigota hosil bo‘lishida to‘liq qatnashadi. SHunga qaramay mutant va normal achitqi zamburug‘lar irsiylanishida yadro hamda sitoplazmaning rolini alohida-alohida baholash mumkin. 195 rasmda mitti vegetativ hamda xilma-xillik beruvchi achitqi zamburug‘larining normal formalari bilan chatishtirish natijalari berilgan. Bu mitti achitqi zamburug‘i normal kattalikdagi achitqi zamburug‘i bilan chatishtirilsa hosil bo‘lgan diploid to‘plamli zigota ikki xil gaploid sporalarni hosil qiladi. Ularni 50% normal achitqi zamburug‘lariga, 50% mutant mitti achitqi zamburug‘lariga o‘xshash bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan olingan bunday mutant mitti achitqi zamburug‘i yadrodagi genining mitoxondriyaga ta’sir etishi tufayli hosil bo‘lganligidan dalolat beradi. YAdro genii o‘zgarganligi tufayli hosil bo‘lgan mitti achitqi zamburug‘i sitoplazmadagi mitoxondriyalarda yuz bergan mutatsiya natijasida paydo bo‘lgan vegetativ mitti achitqi zamburug‘lar Bilan chatishtirilganda ham zigotalar normal bo‘ladi. Ulardan hosil bo‘lgan sporalar ikki xil bo‘ladi. Vaholanki, normal achitqi zamburug‘lar vegetativ mitti achitqi zamburug‘lar bilan chatishtirilsa diploid zigota bir xil gaploid normal sporalarni hosil qiladi. Binobarin normal va vegetativ mitti achitqi zamburug‘lari sitoplazmasi farqlansa ham ularning genomlari o‘xshashdir. Askasporadan bir xil rangdagi, normal kattalikdagi achitqi zamburug‘lar mutant mitoxondriyalarga ega achitqi zamburug‘larga nisbatan tez bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadilar va tez orada mutant mitoxondriyalarni siqib chiqaradilar.
Ultrabinafsha nurlar hamda kimyoviy modda akriflovin bilan ta’sir etish orqali achitqi zamburug‘larida ko‘plab mutant formalarni olish mumkin. Aksariyat ko‘p organizmlarda (achitqi zamburug‘laridan tashqari) chatishtirilganda ota-ona organizmlarning mitoxondriyalari zigotada aralashib ketmaydi. Umurtqali hayvonlar spermatozoidlarida ko‘p miqdorda mitoxondriyalar bo‘lsada, uzoq muddat mobaynida ulardan ba’zilarigina yashab qoladi. CHunki spermatozoid mitoxondriyalari urug‘langach yo‘qoladi. Achitqi zamburug‘larida aksincha zigotada «ota» va «ona» formalarning mitoxondriyalari zigotada to‘liq aralashib ketadilar. SHunga ko‘ra ular orasidagi rekombinatsiya oddiy hol sanaladi.
Sitoplazmatik irsiylanishga qorinoyoqli mollyuskalarda (Limnocea) chig‘anog‘i o‘ng tomonga va chig‘anog‘i chap tomonga buralgan formalarini chatishtirishdan olingan duragaylarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. CHig‘anoqning chapga va o‘ngga buralishi bitta gen allellariga bog‘liq bo‘lib, o‘ng tomonga buralashi D alleli, chap tomonga buralishi d alleli bilan ifodalanadi. Qayd etilgan qorinoyoqli mollyuska germofrodit ya’ni o‘z-o‘zini urug‘lantiradigan, shu bilan birgalikda o‘zaro chatishib nasl beruvchi to‘g‘ri va retsiprok chatishtirishda organizmlar genotipi Dd bo‘lsa ham ularning fenotipi bir-biridan tafovut qiladi. DD x dd chatishtirishdan hosil bo‘lgan qorinoyoqli mollyuskaning chig‘anog‘i o‘ng tomonga, dd x DD dan olingan individniki esa chap tomonga buralgan bo‘ladi. G‘1 duragay qorinoyoqli mollyuskalar o‘z-o‘zi bilan urug‘langan bo‘lsa, G‘2 dagi hamma individlar chig‘anog‘i o‘ng tomonga buralgan bo‘ladi. Mabodo G‘2 duragay qorinoyoqli mollyuskalar o‘z-o‘zini urug‘lantirsalar, u holda G‘3 da 75% individlarning chig‘anog‘i o‘ng tomonga, 25% individlarning chig‘anog‘i esa chap tomonga buralgan bo‘ladi. Irsiylanishning bu tipi G‘3 individlarning fenotipini ular rivojlangan zigota genotipi emas, balki boshlang‘ich ona organizm (R) genotipiga bog‘liq bo‘lishidan dalolat beradi.