Fakulteti Biologiya yo’nalishi I bosqich 101-guruh talabasi Isoqjonov In’omjonning gistologiya va embriologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishisi Tayyorladi: Isoqjonov In’omjon Tekshirdi: Tashboyev Sherzodbek Epiteliy to’qimasi. Teri epiteliysi. Epiteliy to’qimasi - Epiteliy to’qimasi – ko’p hujayrali hayvonlarda – tanani va tana bo’shlig’ini qoplab turuvchi, ko’pchilik bezlarning asosiy funksional tarkibini tashkil etuvchi to’qima. Embriogenezda epiteliy har uchchala murtak varaqlaridan hosil bo’ladi va tana qoplag’ichi, ularning hosilalari hamda ko’pchilik bezlarning hosil bo’lishida qatnashadi. Epiteliy tez eskirib qolishi tufayli kuchli regeneratsiya qilish xususiyatiga ega. Epiteliy bazal membrana bilan chegaralangan, unda tomirlar bo’lmaydi; oziq moddalarni unga yaqin joylashgan biriktiruvchi to’qimadan oladi. Epiteliy to’qimasi o’ziga xos morfologik tuzilishga ega bo’lib, hujayralari zich,ya’ni qatlam-qatlam bo’lib joylashgan. Bu to’qima orqali organizm bilan tashqi muhit o’rtasida moddalar almashinuvu sodir bo’ladi. Ma’lumki, epiteliy terminini birinchi marta 1701-yilda Ryuish tomonidan qo’llangan. Epi-ustidan qoplovchi, tele- so’rg’ich degan ma’noni ifodalaydi. Epiteliy tanani ham tashqi, ham ichki muhitdan ajratib turadi. U mana shu ajratib turish vazifasi tufayli chegaralovchi to’qima deb ham yuritiladi.
Epiteliy to’qimasi- qoplab turadigan bezlarga qalqonsimon va ayrisimon bezlar hamda gipofiz, ya’ni odenogipofiz epiteliysi kiradi.Bundan tashqari, soda hayvonlarda uchraydigan endostil, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar hamda baliqlarda uchraydigan bronxial tanachalar ham epiteliy to’qimasiga o’xshab tuzilgan. Epiteliy to’qimasi cheklovchi, himoya, moddalar almashinuvi(so’rish va ajratish) secret ajratish funksiyasini bajaradi. Funksiyasiga binoan, qoplovchi va sekretor epiteliyga ajratiladi. Qoplovchi epiteliylar- chegara to’qimalar hisoblanadi. Ular ichki a’zolar (oshqozon,ichak,chiqaruv naylari) shilliq pardalari, ikkilamchi bo’shliqlar(plevral, qorin parda) yuzasini qoplab yotadi. Qoplovchi epiteliylar so’rish, sekretsiya, chegara to’siq, ekskretsiya, himoya kabi qator vazifalarni bajaradi . Qoplovchi epiteliylari ichida eng ahamiyatga egasi teri epiteliysi hisoblanadi. - Epiteliy to’qimasi- qoplab turadigan bezlarga qalqonsimon va ayrisimon bezlar hamda gipofiz, ya’ni odenogipofiz epiteliysi kiradi.Bundan tashqari, soda hayvonlarda uchraydigan endostil, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar hamda baliqlarda uchraydigan bronxial tanachalar ham epiteliy to’qimasiga o’xshab tuzilgan. Epiteliy to’qimasi cheklovchi, himoya, moddalar almashinuvi(so’rish va ajratish) secret ajratish funksiyasini bajaradi. Funksiyasiga binoan, qoplovchi va sekretor epiteliyga ajratiladi. Qoplovchi epiteliylar- chegara to’qimalar hisoblanadi. Ular ichki a’zolar (oshqozon,ichak,chiqaruv naylari) shilliq pardalari, ikkilamchi bo’shliqlar(plevral, qorin parda) yuzasini qoplab yotadi. Qoplovchi epiteliylar so’rish, sekretsiya, chegara to’siq, ekskretsiya, himoya kabi qator vazifalarni bajaradi . Qoplovchi epiteliylari ichida eng ahamiyatga egasi teri epiteliysi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |