Aktinomikoz – turli nursimon zamburug‘lar – aktinomitsetlar keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Odamda kam uchraydi; ko‘pincha hayvonlar (aksari qoramollar) kasallanadi. Aktinomikoz bilan asosan jag‘ va bo‘g‘im sohasi, qori bo‘shlig‘i a’zolari, shuningdek o‘pka kasallanadi. Aktinomikoz paydo bo‘lgan joyning tagi qattiq tortib, berchlashadi va madda yig‘ib, bir qancha vaqtdan keyin yoriladi; bunda yaradan yopishqoq yiring oqib chiqadi; shu yiringda ko‘pincha aktinomitsetlar bo‘ladi. Yara bitib ketganidan keyin chandiq bo‘lib qoladi. Aktinomikoz vaqtida davolanmasa. u badanning boshqa joylariga ham tarqalib ketishi mumkin. Zamonaviy davo usullari ko‘pincha bemorning butunlay sog‘ayib ketishiga imkon beradi.
Xulosalar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak mikroorganizmlar dunyosi juda katta va murakkabdir mikroorganizmlar ham boshqa tirik mavjudodlar singari organik olamning bir bo‘lagi hisoblanadilar. Shuning uchun ular o‘zlari yashab turgan muhit omillari ta’siridan chetda qololmaydilar.
Ularning havoda, suvda tuproqda, o‘simlik va hayvonlarda tarqalishi, hayot faoliyati ana shu muhit omillari ta’siriga moslashuvidan kelib chiqadi. Aks holda hayot kechira olmas edilar. Faqatgina zamburuglarning o‘zi 70 mingdan ortiq
turga egaligi ham fikrimizning dalilidir. Ana shu mikroorganizmlar tuproqda turli-tuman faoliyat ko‘rsatib, o‘simliklarning oziqlanishi uchun, tuproq unumdorligi oshirilishi uchun juda katta samara beradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar Mishustan E.N., Emsev V.G. Mikrobiologiya. M. Kolos, 1987. Nizametdinova YA.F., Mansurova M.L., Muzaffarova I.A., Kondratьeva E.V., Vaxabov A.H., Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar . Metodik qo’llanma. Toshkent. ToshDU. 1992 Vahobov A.H. O’simlik viruslarini aniqlashda immunologiya usullarini qo’llash (Uslubiy ko’rsatma) ToshDU 1991. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent. "O’qituvchi", 1975. Toshkent. ToshDU nashriyoti. 1999 y. Vahobov A.H., Inog’omov M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent «O’qituvchi», 1999. Inog’omov M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent. «O’qituvchi». 1983. Musaea SH. M., Xolmuradov A.G’. Mikrobiologiya atamalarining ruscha – o’zbekcha izohli lo’g’oti. Toshkent “Fan” 1995. Mustafaev S., Nazarov O., Suvonov P. Tabiat muhofazasi va ekologiyasiga oid ruscha – o’zbekcha izohli lug’at. Toshkent “Mehnat” 1995. Mustaqimov G. D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent. «O’qituvchi» - 1977
Do'stlaringiz bilan baham: |