Andijon Davlat Universiteti Tabiiy fanalar Fakulteti Biologiya yo‘nalishi



Download 201,88 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2022
Hajmi201,88 Kb.
#516255
  1   2   3
Bog'liq
murodjon


Andijon Davlat Universiteti
Tabiiy fanalar
Fakulteti Biologiya yo‘nalishi
II-bosqich 204-guruh talabasi
Boqiyev Murodjonning
mikrobiologiya fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Aktinomitsetlar
Reja:
  • Mikroorganizmlarni organik olamdagi o‘rni.
  • Mikroorganizmlarning ximiyaviy tarkibi.
  • Bakteriyalar va ularning sistematikasi.
  • Aktinomitsetlar
  • Aktinomikoz

Mikroorganizmlarni organik olamdagi o‘rni.
Mikroorganizmlarni organik olamdagi o‘rni biz bilan va bilmagan holda juda kattadir. Chunki mikroorganizmlar xilma-xil bo‘lib ba’zilari o‘simlik olamiga taalluqli bo‘lsa, ikkinchi bir xillari hayvonot va insoniyatga taalluqlidir. Ammo, mikroorganizmlarning atmosferadagi, suvda, tuproqda, yerning chuqur qatlamlarida ham tarqalganligini, ularning butun organik va anorganik dunyo bilan munosabati juda murakkabligini hisobga olinsa uning organik va anorganik olamdagi o‘rni kattaligini bilamiz. Ko‘pchilik mikroorganizmlar biri hujayralik bo‘lib faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin.
Mikroorganizmlar ichida mogor zamburuglari, achitkilar va soda hayvonlar ancha yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, ular uncha tashvish tugdirmaydi.
Ammo, bakteriyalarning o‘rni haligacha ham aniq emas, ularning ba’zilarini bir hujayrali suv o‘tlariga o‘xshatish mumkin, lekin xlorofill yo‘q, mikroskopik zamburug’ o‘xshatilsa ulardan ham farqi katta, (asosan harakatchanlikda va tana takomillashuvida, axir ko‘pchilik zamburuglar misellarga ega, bakteriyalarda yo‘q va xakazo). Shuning uchun ham bakteriyalar bilan boshqa organimzlar o‘rtasidagi kelib chiqishdagi boglanish xanuzgacha to‘liq o‘rganilmagan, ammo ularning organik olamdagi o‘rni kattadir.
Mikroorganizmlarning ximiyaviy tarkibi.
Mikroorganizmlarning ximiyaviy tarkibi ham yuksak o‘simliklar va hayvonlarning hujayralari kabi 75-85% suv (hayvonlarda 65-70% bo‘ladi) 15-25% hujayraning umumiy ogirligi hisobidan quruq moddalardan iborat bo‘ladi. Mikroblar hujayrasida organogen elementlar uglerod, azot, kislorod va vodorod 90-97% tashkil etadi. Kuruq moddasining asosiy qismi 80% ga yaqin mikroblar hujayrasida oqsillarga to‘gri keladi. Uglevodlar ko‘proq polisaxaridlar uchraydi. Lipidlar protoplazma yuzasida va asosan hujayra po’stida uchraydi. Tuzilishiga kelsak prokariot (bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari,) aktinomisitlar va xakazo) mikroorganizmlarda shakllangan yadro (mag’iz) yo‘q. Bakteriyalar prokariotlarga mansub bo‘lsa ham yadrosi takomillashgan eukariotlar hujayralari singari murakkab tuzilishiga egadirlar.
Bakteriyalar hujayra po‘sti rangsiz, uglevod, pektin, lipoid va xitin moddalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Hujayradan hujayra po‘sti orqali muxitga sitoplazmatik o‘simtalar chiqadi. Bu o‘simtalar xivchinlar deyiladi. Hujayra pusti ustida ipsimon ingichka va uzunligi 0,3-0,4 mm keladigan o‘simtalar (PILI) sitoplazma membranalarida joylashadi. Pililar muhitdagi buyumlar va boshqa hujayralarga yopishib turish vazifasini bajaribgina qolmasdan ba’zilari jinsiy organ rolini bajarishda ham ishtirok etadi. Sitoplazma mayda donali, rangsiz, yarim suyuq modda bo‘lib, uning 80% suv 20% organik va anorganik moddalarga to‘gri keladi. Ular asosan xivchinlari yordamida xarakatlanadilar.
Ayrim mikroorganizmlarda (spiroxeta va spirillalar) xivchinlar bo‘lmaganligi uchun siljib, sirgalib (ilonga o‘xshash) xarakatlanadilar. Xamirtrush zamburugi bir joydan ikkinchi joyga siljimaydi, bir joyda xarakatlanib turadilar.

Download 201,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish