Bakteriyalar va ularning sistematikasi.
Bakteriyalar tashqi ko‘rinishi ham xar xildir. Ularni sharsimon, tayoqchasimon va egilgan (buralgan) shakllarga ajratilgan. Sharsimon shakllardagi bakteriyalar ham xar xil bo‘ladilar va har xil nomlanadilar. Agar bitta shardan iborat bo‘lsa, monokokki, ikkita sharligi diplokkokki, to‘rtta sharligi tetrokokki, ko‘p sharligi, ammo munchoqsimon tuzilganlari streptokokki, agar hujayralar bo‘linishi 3ta perendikulyar tomonga bo‘lsa sarsina deb nomlanadilar. Har xil yo‘nalishda, uzum shingilini eslatuvchi ko‘rinishda bo‘lishi va ko‘rinishda bo‘lganlarini stafilokka deb nomlanadi. Sharsimon bakteriyalardan spora hosil qilmaydiganlarni basillar deyiladi. Buralgan shakllardagi bakteriyalar spirillalardir. Verglsimon, ozgina buralgan shakldagi bakteriyalarni vibrional deyiladi. Yon o‘simtasi mavjud bo‘lgan uzun tayoqcha va ipsimon bakteriyalarni mikobakteriyalar guruhiga birlashtirilgan.
Ko‘p hujayrali ipsimon va shilimshiq va shilimshiq bakteriyalarni miksobakteriyalar deyiladi. Bakteriyalar shakliga qarab har xil kattalikda bo‘ladilar. Sharsimonlarning diametri 1-2 mikron silindrsimonlarining uzunligi 1-4 mikron, eni 0,5-1 mikron bo‘lsa, oltingugurt bakteriyalarning uzunligi 50 mikrongacha boradi.
Bakteriyalarning xilma-xilligi va ko‘pligi uchun ularni o‘rganishda ma’lum yaqin belgilarga qarab klassifikatsiyalangandir. Bunday belgilarga a) morfologik belgilar: b) kulturada namoyon bo‘lgan belgilari: v) fiziologik belgilari kiradi. Bakteriyalarni bir sistemaga solishda ko‘p fikrlar bo‘lgan.
N.AyuKrasilnikov bakteriyalarni xilma-xil gruppalardan iborat deb hisoblangan va 4ta gruppaga ajratgan. 1. Aktinomisetlar. 2.Bakteriyalar; 3.miksobakteriyalar; 4.Spiroxetalar.
Aktinomitsetlar
Aktinomitsetlar, nursimon zamburug‘lar – shoxlangan hujayralar yoki giflarni hosil qiluvchi bakteriyalar. Ular tuzilishida zamburug‘larga xos xususiyatlar ham mavjud. Aktinomitsetlarga chin Aktinomitsetlar, mikobakteriyalar, streptomitsetlar va boshqa kiradi; 700 ga yaqin turi bor. Nursimon zamburug’lar yoki aktinomitsеtlar tuban o’simlik bo’lib, bir xujayrali organizm xisoblanadi. Asosan tuprokda ko’p tarqalgan. Aktinomitsetlar substratdan nursimon o‘sib chiqqan ingichka 78 ipchalardan iborat (nursimon zamburug‘ nomi shundan kelib chiqqan). Zamburug’lar kabi ipsimon buton shakliga ega. Iplar bir-biriga uralib mitsеliylarni xosil kiladi. Ular sporalar yordamida kupayadi. Ipcha (miseliy) shoxchalarining uchida sporalar bo‘ladi.
Aktinomitsetlar shu sporalardan ko‘payadi. Tuproq, suv havzalari, havo va o‘simlik qoldiqlarida uchraydi. Ularning xujayralari nozik butoqsimon iplar shaklida bulib giflar diamеtrlari 0,2-1 mkm ga tеng bo’ladi.
Aktinomitsеtlar baktеriyalar va zamburuglarga o’xshashdir. Ular baktеriyalar kabi nuklеotid turidan yadroga ega, bir xujayradan iborat, qobig’iga ega, gramm musbat. Ba’zilari odam va hayvonlarda (aktinomikoz, sil, difteriya), shuningdek
o‘simliklarda parazitlik qiladi.
Antibiotiklarni hosil qiluvchi turlari (asosan, streptomitsetlar), pigmentlar, vitaminlar va mikrobiologiya sanoatida foydalaniladi, shuningdek Aktinomitsеtlar sanoat axamiyatiga ega. Ularning ba'zi bir turlaridan antibiotiklar olinadi. Ba'zi bir aktinomitsеtlar insonlarda - aktinomikoz kasalligini chakiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |