Andijon davlat universiteti qoshidagi pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar o



Download 15,16 Mb.
bet4/5
Sana03.06.2022
Hajmi15,16 Mb.
#632327
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hind okeanining tabiy sharoiti

Oqimlari
Hind okeani akvatoriyasidagi oqimlarning hosil bo‘lishi va ularning yo‘nalish harakteri atmosfera sirkulyatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Okeanning shimoliy qismidagi oqimlarning hosil bo‘lishiga musson shamollari va ularning mavsumiy almashinishi ta’sir ko‘rsatadi. Musson shamollari yil fasllariga qarab suv harakati yo‘nalishini o‘zgartiradi, suv massasining vertikal sirkulyatsiyasini vujudga keltiradi. Natijada mavsumiy shakllangan oqimlar tizimini ham o‘zgartirib yuboradi. Musson shamollari ta’sirida yozda shimoli-sharqiy va sharqiy musson oqimlari harakat qiladi. Ekvator atrofida musson oqimiga qarama-qarshi ekvatorial yoki passatlararo qarshi oqim harakat qiladi. Musson oqimlarining maksimal tezligi yoz oylarida 100 sm/sek. ni tashkil etadi.
Organik dunyosi
Hind okeani akvatoriyasining asosiy qismini tropik mintaqalardan boshlab to mo‘’tadil kengliklargacha joylashishi organik dunyoning rivojlanishi uchun juda qulay iqlimiy va gidrologik sharoit vujudga keltiradi. Tropik mintaqaning sayozroq joylarida marjonlar, ohaqli qizil suvo‘tlar-litotamnilar va ohaqli yashil suvo‘tlar-xolimedalar ko‘p tarqalgan. Ular orollar va atollar hosil qiladi. Arabiston dengizida ko‘k-yashil suvo‘tlar ko‘p uchraydi, hatto ular suv osti o‘tloqlarini hosil qiladi. Okeanda baliqlar ko‘p tarqalgan. Uning o‘rta va shimoliy qismlarida sardanella, skumbriya, uchar baliq nur sochuvchi anchous, korifen, tunes, miktofid vaturli xil akulalar yashaydi. Janubiy qismida sovuq, iqlim sharoitaga moslashgan hayvonlar: baliqlardan oqqonli baliq (muzbaliq), qushlardan fregat, albatros, pingvinlar bor. Bulardan tashqari okeanda sudralib yuruvchilardan ulkan dengiz toshbaqalari, zaharli dengiz ilonlari, sut emzuvchilardan ko‘k kitlar, kashalotlar, delfinlar, tyulenlar, dengiz fillari yashaydi. Okeanda kalmarlar, qisqichbaqasimonlar, meduzalar, mollyuskalar, dengiz tipratikonlari, sifonoforlar, radiolyariyalar vaboshqa hayvon turlari ham mavjud.
Okeanning tabiat zonalari Okean yuzasidagi zonalar. Hind okeanining tabiiy sharoiti va gidrologik xususiyatlari xilma-xil bo‘lishi hamda uning akvatoriyasini shimliy va janubiy yarim sharda joylashganligi sababli Dunyo okeaniga xos bo‘lgan tabiat zonalarining aksariyati bu yerda o‘z ifodasini topgan. Okean akvatoriyasini shimoldan janubga qarab kuzatar ekanmiz, quyidagi tabiat zonalari borligini guvohi bo‘lamiz. Tropik zona. Okeanning shimoliy qismidagi tropik zonada tevarak atrofdagi quruqliklar ta’sirida suv massalari turli xil xususiyatlarga ega bo‘lgan komplekslar tarkib topgan. Tropik zonaning g‘arbiy qismida (Arabiston dengizining g‘arbida) atmosfera yog‘ini 100 mm atrofida tushadi, harorat ancha baland, bug‘lanish miqdori 1400 mm atrofida, quruqlikdan chuchuk suv deyarli quyilmaydi. Suvning sho‘rligi 36,5dan oshadi. Bu yerda suvi iliq va sho‘rligi katta bo‘lgan tabiat kompleksi hosil bo‘lgan. Tropik zonaning shimoli-sharqiy_qismida (Arabiston dengizining Sharqida va Bengaliya qo‘ltig‘i) aksincha atmosfera yog‘ini 3000 mm gacha yog‘adi, daryolar Ximolay tog‘laridan ko‘p miqdorda chuchuk suv keltiradi. Natijada suvning sho‘rligi 30 gacha pasayadi. Ana shunday omillar ta’sirida tropik zonaning sharqiy qismida suv massasining ancha chuchuklashgan tabiat kompleksi vujudga keladi. Janubiy tropik zonada barqaror passat shamollari esadi. Uning g‘arbiy qismida yoz va kuz oylarida kuchli dovullar bo‘lib turadi.
Subekvatorial zona. Bu zonada tropik va ekvatorial havo massalari fasllarga qarab almashinib turish harakteriga ega. Okeanning g‘arbiy qismida shimoliy va janubiy subekvatorial zonalar bir-biri bilan tutashib ketadi. Yilning muayyan katta qismida passat shamollari, yozda esa janubi-g‘arbiy musson shamollari hukmronlik qiladi. Suvning o‘rtacha yillik harorati 25°S, sho‘rligi 33-34‰. Yog‘ingarchiliq ko‘p bo‘ladi. Biomassalar 50-75 mg/m3 ni tashkil qiladi.
Ekvatorial zona. Hind okeani akvatoriyasida ekvatorial zona sidirg‘asiga tarqalmagan. Uning geografik joylashishi okean ekvator kengligining o‘rta va sharqiy qismiga to‘g‘ri keladi. Bu zonada ekvatorial havo massasi hukmronlik qiladi. Suv yuza qatlamining harorati 26-28°S. Atmosfera yog‘inlari juda ko‘p (3000 mm gacha) yog‘adi. Suvning sho‘rligi tropik va subtropik zonalarga nisbatan ancha past. Yillik radiatsiya balansi 115 kkal/sm2 ga teng. Organik dunyosi juda boy va xilma-xil. Biomassa miqdori 100-150 mg/m3 gacha boradi.
Subtropik zona. Janubiy subtropik zona ham shimoliy tropik zonaga o‘xshash tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu yerda ham ikkita yirik kompleksni - iliq va sovuq, suv massalaridan tarkib topgan tabiat komplekslari mavjud. Subtropik zonaning g‘arbiy qismi iliq oqimlar ta’sirida bo‘lganligi sababli yil davomida uning suvi iliq, harorati ancha yuqari bo‘ladi. Atmosfera yog‘inlari 1000 mm atrofida yog‘adi. Zonaning sharqiy qismi esa sovuq oqimlar ta’sirida bo‘lganligidan u yerda yil davomida suvning harorati past bo‘ladi, yog‘ingarchilik miqdori 500 mm dan oshmaydi.

Download 15,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish