Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana03.01.2021
Hajmi0,59 Mb.
#54082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

Ilovalar._______________________________________________ 

 



 

Kirish. 



Tarbiya biz uchun yo hayo-yomamot, yo najot, yo haloqat, yo saodat, yo 

falokat masalasidir 

 

 

 

        

 

 

 

 

  (A.Avloniy

Barkamol  inson  haqida,  uning  mehnati  va  turmushi,  ma’naviy    taraqqiyoti 

haqida  g‘amxo‘rlik  jumxuriyatimizning  asosiy  maqsadidir.  Inson  o’ziga  hos 

xususiatlari  uning  mehnatga,  ma’naviy,  g‘oyaviy  va  madaniy  boyliklarga 

munosabatining asoslari oilada shakll anadi.Jamiyat  mustahkam,  ma’naviy  va 

ahloqiy  jihatdan  sog‘lom  oila  bo‘lishidan  manfaatdordir.  Shu  sababli 

jumxuriyatimiz  oilani  mustahkamlashni,  bolalar  tarbiyasi,  shuningdek,  ijtimoiy 

turmush  sharoitlarini  yaxshilashda  yordam  berishni  davlat  ahamiyatiga  molik  ish 

deb  biladi.  Keyingi  yillarda  respublikamiz  tomonidan  qabul  qilingan  bir  qator 

qaror va yo‘l-yo‘riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta’minlovchi 

fikrlar,  tavsiyalar  berildiki,  bular  respublikamizning  asosi  –  oilalarning  ijtimoiy-

iqtisodiy va ma’naviy  kamolotida muhim rol o‘ynamoqda. Chunki oilalarning har 

tomonlama  yuksalishi,  ta’bir  joiz  bo‘lsa,  jamiyatning  yuksalishi  demakdir.  Xuddi 

shu ma’noda 

1

yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti muhim masaladir. Ikkinchi 



tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo‘lgan talabi ham kun sayin ortib 

bormoqda.  Zotan,  ota–onalarning  bolalar  tarbiyasi  yuzasidan  ma’suliyatini 

kuchaytirish,  tarbiyalashga  oid  layoqatini  oshirish,  oilaviy  va  ijtimoiy  tarbiya 

birligini ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir. 

 Mavzuning dolzarbligi. 

Ma’lumki,  insoniyat  jamiyati  taraqqiy  etib  borgan  sari  odamlarning  o‘zlari 

ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo 

munosabatlar  orasida  eng  samimiy,  eng  yaqin  bo‘lgan  oilaviy  munosabatlar  ham 

takomillashib,  o‘ziga  xos  tarzda  murakkablashib  boradi.  Sababi:  hozirgi  zamon 

fan-texnika  taraqqiyoti,  ishlab  chiqarish  munosabatlari,  vositalari  taraqqiyoti, 

qishloq  xo‘jaligi,  sanoat  ishlab  chiqarishi,  umuman  xalq  xo‘jaligining  barcha 

                                                           

1

 

Karimov. I. A.  Yuksak ma’naviyat -  yengilmas  kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008 - 176 b. 



 


 

jabhalarida  yangi  texnologiya,  texnik  jarayonlarning  jadal  joriy  etilishi  bevosita 



shu  jarayonlarning  yaratuvchisi,  ishtirokchisi  bo‘lgan  inson  omiliga,  inson 

shaxsiga  ham  o‘ziga  xos,  yangicha  talablar  qo‘ymoqda.  Ishlab  chiqarish 

munosabatlari,  jamiyat  taraqqiyoti  bir  tomondan,  odamlarning  o‘zlarida  ro‘y 

berayotgan  ijtimoiy-psixologik,  fiziologik  va  boshqa  o‘zgarishlar  odamlarning 

o‘zaro  muloqot  munosabatlari  doirasini  ma’lum  darajada  chegaralanib  qolishiga, 

ularda o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga 

va  oqibatda  inson  ruhiyatida  mumkin  qadar  hissiy,  emotsional  zo‘riqishlarning 

yuzaga  kelishga  asos  bo‘lmokda.  Bularning  ta’siri  oilaviy  hayot  va  undagi 

psixologik  iqlimda  xam  o‘z  ifodasini  topadi.  Oilaviy  munosabatlar  o‘zining  ko‘p 

qirraliligi  bilan  alohida  xususiyat  kasb  etib,  jamiyat  taraqqiyotini  belgilashda, 

ma’nan  barkamol,  ruhan  sog‘lom  avlodni  voyaga  yetkazish  jarayonida  ularning 

ijobiy  yechimi  katta  ahamiyatga  egadir.  Agar  har  bir  oilani  tashkil  etuvchilar  o‘z 

muammolarini  bahamjihatlik  bilan,  o‘zaro  kelishuv  asosida  hal  qilsalar,  oiladagi 

tinchlik  kafolatlanib,  uning  ma’naviy  asoslari  mustahkam  bo‘ladi.  Alohida 

ta’kidlash  joizki,  er-xotin, qaynona-qaynota,  kelin-kuyov  munosabatlarida,  fikrlar 

va qarashlardagi paydo  bo‘ladigan  ayrim  kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, 

ziddiyatlarni  uni  tashkil  etuvchi  shaxslar  o‘zaro  kelishib,  muammoni  konstruktiv 

tarzda  yechishga  qodir  bo‘lsalar,  oiladagi  ijtimoiy-psixologik  hamda  ma’naviy 

muhit  yosh  avlod  ongida  insoniy  munosabatlar  to‘g‘risida  teran  va  ijobiy  

tasavvurlar  shakllanishiga  imkon  beradi.  Shu  bois  ham  mamlakatimizda  oila  va 

uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko‘tariladi. 

Mamlakatimiz  birinchi  prezidenti  I.A.  Karimov,  oilada  hukmron  bo‘lishi 

lozim bo‘lgan  ma’naviy muhit va noyob udumlarimizning xosiyatlari haqida fikr 

bildirib:  “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari 

o‘z  burchlarini  ado  etmasa,  bir-birlariga  nisbatan  ezgulik  bilan  mehr  oqibat 

ko‘rsatmasa,  yaxshi  va  munosib  tarzda  yashash  mumkin  emas...  O‘zbeklarning 

aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining qarindosh-

urug‘lari  va  yaqin  odamlarning,  qo‘shnilarining  omon-esonligi  to‘g‘risida 




 

g‘amho‘rlik  qilishni birinchi  o‘ringa  qo‘yadi.  Bu  esa  eng  oliy  darajada  ma’naviy 



qadriyat, inson qalbining gavharidir”.

2

 deb ta’kidlaganlar. 



Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  oilaviy  munosabatlar  har  doim  ham  bir 

tekisda  silliq,  risoladagidey  kechavermaydi.  Uy-ro‘zg‘or  yumushlarini  ado  etish, 

er-xotinlik 

burchlari, 

ota-onaning 

farzandlar 

oldidagi 

majburiyatlari, 

farzandlarning  kattalar  oldidagi  huquq  va  burchlarini  ado  etish  jarayonida 

murakkab  rollararo  muomala  va  muloqot  jarayonlari  kechadiki,  ularning  deyarli 

barchasida  shaxsiy  va  ijtimoiy  manfaatlar  to‘qnashadi,  ayrim  xolatlarda  fikr  va 

qarashlardagi 

ziddiyatlar, 

qarama-qarshiliklar, 

kelishmovchiliklar, 

anglashilmovchiliklar  shaxslararo  nizolar  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Bu  xolatlar 

al,atta  farzandlar  tarbiyasiga  ta;sir  etmay  qoymaydi.  Bu  esa  tarbiya  jarayonida 

ijtimoiy  normalarni  amal  qilishi  yoki  buzilishida  nomoyon  bo’ladi.  Ayni  shu 

maslalar mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi. 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish