2.3. Ma’naviy barkamol , sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning
o‘rni.
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishda ma’naviy
barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy
miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z istiqboli,
kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o‘z farzandlarining
ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero, buyuk
ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun
yo hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur».
Bolalarni tarbiyalashda ota-ona, oila, maktab, jamiyat a’zolarining ta’siri hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Shuni inobatga olgan holda, ma’naviy barkamol avlodni
tarbiyalashda ota-onaning, oilaning o‘rni haqida so‘z yuritamiz.Bolaning xarakteri,
tabiati, tarbiyasi, dunyoqarashi, atrofdagilarga munosabati oila sharoitida qaror
topadi. Shuningdek, bola ma’naviyatini shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimi bilan
ham uzviy bog‘liqdir. Bola tarbiyasini qachon boshlash lozim, uning tarbiyasida
nimalarga ko‘proq e’tibor berilish kerak, bu jarayonda oila va o‘quv dargohining
roli qanday? kabi savollar ko‘p ming yillik tarix davomida insoniyatni o‘ylantirib
kelmoqda. Ota-ona bolaning birinchi ustozlaridir. Bola ota-onasining hatti-
harakatlarini ko‘rib, ularni o‘rganib ulg‘ayadi. Bir olimning yoniga uch oylik
chaqaloq bilan kelib, undan “bola tarbiyasini qachon boshlash kerak?”, - deb
so‘raganlarida, olim: “o‘n ikki oy kechikdingiz”, deb javob bergan ekan. Ya’ni,
tarbiyani bola tug‘ilganidan keyin emas, balki homiladorlik davridanoq boshlash
kerak. Bunda onaning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz shoiri va
dramaturgi O. Goldsmit aytganidek, ayollar insoniyatning ilk murabbiylaridir.
Zero, tug‘ilmagan bolaning olamga nisbatan ishonch va ishonchsizlik hissi bolaga
onadan kelib tushuvchi ma’lumotlar asosida shakllanadi. Onaning his-tuyg‘ulari
bola psixikasi va xarakterining shakllanishida yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tug‘ilajak bola jismoniy rivojiga onaning hayot tarzi, ovqatlanish madaniyati,
zararli odatlari bor yoki yo‘qligi ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, agar ota yoki onada salbiy
50
odatlar bo‘lsa, bu ularning farzandlarida qaytalanadi. Bu odatlar bolaning jismoniy
holatigagina emas, balki uning ruhiy-ma’naviy holatiga ham ta’sir qiladi, albatta.
Ota-onaning bolaga go‘daklik chog‘idan sevgi, mehr berishi, to‘g‘ri parvarish va
tarbiya qilishi unda ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Bu davrda ota-ona va farzand
o‘rtasida iliq, yoqimli taassurot uyg‘onadi. Bola boshqalar bilan ham shunday
munosabatga kirishadi. Bolaning o‘ziga ishonishi, o‘zini hurmat qilishi muhim
bo‘lib, ota-ona doimo uni tinglashi, uni rag‘batlantirishi, unda sevgi, mehr, hurmat,
sabr-qanoat va ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishi lozim. Olimlar jamiyatda tez
tushkunlikka tushadigan insonlarni o‘rganib tahlil qilganlarida, ularning
ko‘pchiligi bolalik davrida yaqinlari tomonidan kam e’tibor berilgan yoki umuman
e’tiborsiz o‘sganliklari aniqlangan.
Oilada yetarli mehr va samimiylikni ko‘rgan bola axloqiy qadriyatlarni
o‘zida mujassamlashtirishga intiladi. Valid ibn Numayr ibn Avsdan rivoyat
qilinadi: “U otasining “Solihlik Allohdan, odob otalardan”, - deganini eshitgan
ekan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, bolaning kim bo‘lib yetishishi Alloh taoloning
qadari bilan bo‘lsa ham, uning odobli bo‘lishida ota-onaning o‘rni katta. Zero,
Allohning O‘zi bolaning kim bo‘lib yetishishiga ota-ona tomonidan beriladigan
tarbiyani sabab qilib qo‘ygan. Agar uyda kattalar baqirib chaqirishsa, bunday
oilada ulg‘ayayotgan bolaga sokin va sabrli bo‘lishni o‘rgatish qiyin. Zero, qush
uyasida ko‘rganini qiladi. Bola jamiyat qadriyatlari va madaniyatini oiladan
o‘rganishni boshlaydi. U, eng avvalo, ota va onasidan ibrat oladi. Bola uyda
hamma narsani kuzatishi, eshitishi, ko‘rishi, taqlid qilishini unutmagan holda
harakat qilish lozim. Ota-ona qanchalar yaxshi tarbiya bermasin, o‘z xulq-atvorini
tuzatmasa, bolasining boshqalarga ibrat bo‘ladigan farzandga aylanishini
kutmagani ma’qul. Bolani qattiq nazorat qilish, unga baqirish, yonida janjallashish,
vaqtida ovqatlantirmaslik, atayin yig‘latish – endigina ishonch tuyg‘usi
uyg‘onayogan bolaga katta yomonlik qilish bilan teng. Natijada bola qo‘rqoq,
ichimdagini top, deydigan bo‘lib qoladi. Kattalar buni sezmasliklari mumkin.
Biroq, mutaxassislar fikricha, ota-onaning tez-tez janjallashishlari bolaning
kasalliklarga oson chalinishi, yolg‘on gapirishi va tartibsiz bo‘lishining bosh
51
sababidir. Farzand maktabga ilk qadamini qo‘yganidan boshlab, qiyinchiliklarni
yengishga ishonishi lozim. Savollariga u tushunadigan tarzda javob berish kerak.
Unga dalda bo‘lish, qoqilganida o‘rnidan turib, oldinga intilishni o‘rgatish lozim.
Shuningdek, ularga imkoniyat darajasini inobatga olgan holda topshiriqlar berish
kerak. Bu haqda amaliy psixologiyada quyidagi fikr keltiriladi: “Odamning bironta
faoliyatining muvaffaqiyat bilan bajarilishi, avvalo odamda bo‘lgan bilim saviyasi
va malakasiga bog‘liqdir”. Insondagi malaka esa yillar davomida shakllanib
boradi. Bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish, raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlash mustaqil O‘zbekistonning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu
maqsad yo‘lida katta ishlar olib borilayotgani ham sir emas. Yoshlar bilim olishga
undalmoqda va ularga zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bolalarga yuragidagi
tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalashlari uchun ko‘maklashish darkor. Tuyg‘ularini
ifodalay olmagan bola o‘zini chorasiz his qiladi. Bolaning aytgan gaplari,
so‘zlayotgan voqealari ota-ona uchun shunchaki oddiy gapdek tuyulsada, bola
uchun e’tiborli va muhim bo‘lib ko‘rinadi. Farzandni vaqtida va e’tibor bilan
tinglamaslik, vaqt o‘tishi bilan bola va ota-ona orasida jarlikni paydo qiladi. Hatto,
begonalardek uzoqlashuvga sabab bo‘lib, bunday vaziyatda bolalarda jinoyat
ko‘chasiga kirish yoki o‘z joniga qasd qilish kabi holatlar kuzatilishini ta’kidlash
mihimdir. Olimlar o‘z joniga qasd qilishni ko‘pincha psixologik inqiroz bilan
bog‘laydilar. Bu avvalo shaxsning ichki shaxsiy aloqalarini uzilishi, o‘zi taalluqli
bo‘lgan ijtimoiy guruhdan begonalashuvi oqibatida paydo bo‘ladi. Har bir inson
necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar “meni sevadilar” degan tuyg‘u bilan
yashashni istaydi. Bolani tushunishda va qiynayotgan muammolarini hal qilishda
uning gapirishiga qulay vaziyat yaratish, eshitish muhimdir. Bola so‘zini
tamomlamasdan biron fikrni bildirish yoki qarshi fikr aytish noo‘rin. Bola o‘zini
bezovta qilayotgan narsani tushuntirishda, tuyg‘ularini ifodalashda ba’zan
qiynaladi. Shuning uchun suhbat chog‘ida unga dalda berishlarini xohlaydi.
Bunday vaqtlarda bolaga zarda qilmasdan, muloyimlik bilan so‘zlashish, gap
orasida “shundaymi?”, “Ha, barakalla”, “shunday degin”, “qiziq, keyin nima
52
bo‘ldi” singari dalda beruvchi so‘zlardan foydalanish zarur. Bu bilan bola o‘zining
ishonchli suyanchi, ko‘makchisi, mehriboni borligini his qiladi.
Hozirgi davrda komil insonni shakllanishi va jamiyatda o’z o’rnini topishi
o’ziga xos xususiyat va imkoniyat, qonuniyatlarga egadir. Bularni shakllanishi esa
oiladan boshlanadi. Oila ta’lim-tarbiyaning boshlang’ich mexanizmi bo’lib xizmat
qiladi: unda ta’lim-tarbiya, shaxslararo munosabatlar, milliy an’ana va qadriyatlar,
urf-odatlar hamda ijtimoiy muammolarning kelib chiqishi ham ularni bataraf etish
chora-tadbirlari oilada o’rganiladi. Oila - ijtimoiy, tabiiy omillar asosida
shakllangan kichik jamoa sifatida ikki jinsga mansub bo’lgan shaxslar o’rtasidagi
munosabatlarning birga hayot qurib nasl qoldirish, faqat farzandni dunyoga
keltirish emas, balki ularni ma’naviy va jismoniy barkamol topdirib, hayotga
mustaqil qadam qo’yishiga sharoit yaratishdir.
Professor O.Musulmonova ta’kidlaganidek: “Oilaning asosi er-xotin yoxud
ota-onadir. Modomiki, er-xotin oilaning tamal toshlarini mustahkam bunyod
etishga mas’ul ekanlar, ular unda uchraydigan turmush qiyinchiliklari, hayot
quvonchlari-yu, tashvishlarini boshdan kechirishda, oilani idora etishda, farzand
tarbiyasida mas’uldirlar”
4
.
Farzandni dunyoga keltirish otalik, erkaklik burchining faqat bir tomonidir.
Uning eng asosiy vazifasi esa farzandini yaxshi tarbiyalab, jamiyatda o’zining
munosib o’rnini egallashini ta’minlashdir. Oila jamiyat bag’rida tashkil topadi,
taraqqiyo etib borar ekan, o’zi ana shu jamiyatning kichik bir bo’lagi sifatida
namoyon bo’ladi. Oila taraqqiyotini uch yo’nalishda tanlash maqsadga muvofiqdir:
1.
Oilaning demografik taraqqiyoti
2.
Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti.
3.
Oilaning iqtisodiy taraqqiyoti.
Oilaning demografik taraqqiyoti deganda oilaning miqdori, shaklanishi va
demografik tarkibi ma’lum davrlarda o’zgarib borishi tushuniladi. Oilaning
ijtimoiy taraqqiyoti esa oila a’zolarining ma’lumotliligi darajasi, ijtimoiy mavqei
salomatligi borasida o’zgarish hamda ularning ta’lim-tarbiya, urf-odat, fan va
4
53
madaniyat tabiatda va jamiyatda bo’lgan munosabatlarini takomillashib borishidir.
Oilaning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqa yashash uchun bo’lgan
narsalar bilan ta’minlanishi darajasining o’zgarib borishi uning iqtisodiy
taraqqiyotini belgilaydi. Ko’rinib turibdiki, oila o’z mohiyatin bilan jamiyat
hayotida turli qirralarni aks ettiradi. Oila paydo bo’lganidan to hozirgi davrlarga
qadar uning turlari va ijtimoiy-demografik tarkibi muntazam o’zgarib bormoqda.
Oila turlari va tarkibida sodir bo’lgan o’zgarishlar va ularga ta’sir etuvchi omillarni
jamiyat taraqqiyotinng har bir bosqichlari uchun alohida o’rganish ham oila
sotsiologiyasini asosiy yo’nalishlaridan biri oilaning mohiyati va faoliyatini
o’rganishdir. Oilaning eng muhim vazifasi - bu farzandlarning tug’ilishi, ya’ni
jamiyat davomiyligini ta’minlovchi yangi avlod yaratishdir.Oila bugungi shaklida
oila a’zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, iqtisodiy-mulkiy, ma’naviy-mulkiy,
psixologik munosabatlar, o’zaro javobgarlik his-tuyg’ulari bilan bog’lanib
turadilar. Oilada har bir oila a’zolarining o’z ijtimoiy o’rni bordir. Oila paydo
bo’lib to tugagunga qadar bir qancha bosqichlarda o’tadi.Ular oilaning tashkil
topishi, birinchi farzandi tug’ilishi, oxirgi farzand tug’ilishi, oilasini tashkil etgan
er yoki xotinning dunyodan ko’z yumushi.Yuqorida keltiradigan jarayonlar
oilaning hayoti davrlari bo’lib, oila davomiyligiga muntazam qaytarilib turadi.
Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri
davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan
davrida olar ekan.Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga
oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida
ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi. Yosh avlodni jismoniy va
ma’naviy jihatdan kamol toptirish eng muhim va ustuvor hamda doimiy ravishda
bajarishimiz lozim bo’lgan vazifamiz ekan, oilada farzandlar tarbiyasi va kamoloti
bobida avvalambor, oilada ruhiy muhit sog’lomligi va farzandlar nazoratiga
muhim e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Ma’lumki, sog‘lom bola – deganda jismoniy, aqliy, ahloqiy va ma’nan
yetuk shaxsni nazarda tutamiz yoki yurtboshimiz I.A.Karimovning fikrlariga ko‘ra
“Ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom, hech kimdan kam bo‘lmasdan
54
boshini baland ko‘tarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun
ma’sulyatni o‘z zimmasiga olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni
barpo etishga qodir bo‘lgan barkamol avlod”
5
,. Shunday ekan, sog‘lom bolani
tarbiyalashda
har
qanday
sinalgan,
hayotiy
tajribadan
o‘tgan, milliy
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga tayangan holda jahon
pedagogikasida muvaffaqiyatli tajribadan o‘tgan ta’lim usullarini tanlagan holda
bolani tarbiyalashga yondoshsak hech mubolag‘asiz yuqoridagi vazifalarni hal
etgan bo‘lamiz. Hozirgi kunda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar (maktabgacha
yoshdagi bolalar) tarbiyalashda «Bolaga yo‘naltirilgan muhit metodikasi» keng
qo‘llanilmoqda. «Bolaga yo‘naltirilgan muhit metodikasi» bu bola shaxsiga
yo‘naltirilgan ta’limda maktabgacha ta’lim muassasasining mazmunida
bolalarning kognetiv (aqliy) , muloqatga kirishishi va nutqining rivojlanganligi,
ijtimoiy – xissiy va jismoniy motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash
juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat guruh xonalarida , balki
muassasa hovlida, yo‘laklarida , o‘yin maydonchalarida ham yaratilgan bo‘lishi
shart. Bu yerda bolani sog‘lom etib tarbiyalashda muhit haqida gap ketar ekan,
avvalo bolaga yo‘naltilgan muxitning quyidagi talablarini e’tiborga olish juda
muhimdir.
Bolaning sog‘ligini qo‘llab – quvvatlashga mos: yorug‘likning yetarli
bo‘lishi, toza havo, toza joy, issiq xona.
Bolani noo‘rin hodisalardan xavfsiz saqlaydigan joy bo‘lishi.
Bolani turli kashfiyotlar qilishi, ijodkorligini oshirishi, tajriba – sinov
o‘tkazishga qulay bo‘lishi.
Bolaning aqliy qobilyati, mantiqiy tafakkuri, ruxiy jarayonlarini
taraqqiy ettirishga xizmat qilishi.
Bolada erkinlikni o‘stirishi, mustaqillikni tarbiyalashi, tanlash
imkonini berishni rivojlantirishi.
5
55
Do'stlaringiz bilan baham: |