3-BOB. Tarbiyada ota-ona va farzandlar munosabatlarining dinamik
xarakteri.
3.1.Oilada bola tarbiyasini tashkil etish usullari va ularning amaliy
taxlili.
Har bir inson kelajakda o’z mavqeyiga ega bo’lishni, jamiyatda o’zining
o’rnini topib, kamol topish uchun tinimsiz harakat qiladi. Aslida esa u o’zining bu
xatti-harakatlarining barchasini uyida oila deb atalmish muqaddas dargohda uni
hamisha intiqlik bilan kutib, dadajon yoki oyijon deb kutib oladigan jonidan aziz
farzandi har kuni ertalab turib, qo’llarini duoga ochib kuzatadigan va kutadigan
ota-onasi va hamisha og’ir damlarida qo’llab-quvvatlab, shodon kunlarida u bilan
birgalikda quvongan umr yo’ldoshi, ishdan va muammolaridan charchagan vaqtda
beg’ubor tabbasumi-yu, shirin so’zlari bilan ko’nglini tog’dek ko’taradigon
farzandlari uchundir. Dunyoda har bir ota-ona faqat farzandining kamolini, baxt-u
iqbolini ko’rishni xohlaydi.Oila jamiyatning asosiy kichik bo’g’inidir. Go’yoki bu
kichik bo’g’in ya’ni oila mustahkam va barqaror ekan jamiyat barqarordir.
Jamiyatning kichik bo’g’ini bo’lmish oilani barqarorligini saqlash uchun barcha
mamlakatlarda xususan yurtimizda ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bular
jumlasiga;
I.
Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr) 16-
moddasida berilgan
II.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-66-moddalarda bayon
etilgan;
III.
O’zbekiston Respublikasi oila kodeksining (1998-yil 30-aprelda qabul
qilingan) 8-bo’lim 238-moddadan iborat.
IV.
Va boshqa shular doirasida qabul qilingan normative huquqiy
hujjatlar.
Inson huquqlari umum jahon deklaratsiyasi 16-moddasi;
1.Balog’at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniy
belgilari bo’yicha hech qanday cheklanishlarsiznikohdan o’tishga va oila qurishga
56
haqli. Ular nikohdan o’tishda nikohda turgan vaqtlarida bekor qilish vaqtida bir xil
xuquqlaridan foydalaniladi.
2. Nikoh har ikki tomonning erkin va to’liq roziligi asosidagina tuzilishi
mumkun.
3. Oila jamiyatning tabiiy asosiy xujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat
tomonidan himoya qilinishga haqli.
Bu borada yurtimizda 1997-yil 5-dekabrda konstitutsiyamizda qabul
qilingan 5 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali yig’ilishda mamlakatimiz
rahbari I.Karimov ma’ruza qilib 1998-yilni “Oila yili” deb e’lon qilgan edilar
Hammamizga ayon bo’lishi ta’biiyki oila sog’lom ekan-jamiyat mustahkam,
jamiyat mustahkam ekan-mamlakat barqarordir. Oilaning mustahkamligi esa, ota-
onalarning zimmasiga tushadi, Yurtboshimizning 2016 yilni “Soglom ona va
bola yili” deb e’lon qilishi esa mamlakatimisda oilaga bo’lgan e’tiborni yanada
yuqoridanligi dalolat beradi. Har qaysi millatning o’ziga hos ma’naviyatini
shaklllantirish va yuksaltirishda shak shubhasiz, oilaning o’rni beqiyosdir. Chunki
insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari
birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Zero oilaning inson hayotidagi yaxshi va
yomon fazilatlarini shakllantirishda oila asosiyligi uqtiriladi.
Ota-onaning har bir qilayotgan yaxshi va yomon xatti-harakati
farzandlarining tarbiyasiga ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Chunki oilada ota-ona
qanday bo’lsa ,uning tarbiyasini olgan va o’sha muhitda ulg’aygan bola ham
albatta ularga taqlid qiladi. Shunday ekan farzand tarbiyalashning muhim
omillaridan biri avvalo oilada ota-onaning tarbiyali va madaniyatli bo’lishidir.
Bundan tashqari, ota-onalarimiz o’z sog’ligini saqlash maqsadida gigenik
qoidalariga rioya qilishi , har kuni ertalab sport bilan shug’ullanishi va oilada
o’ziga hos tartib-qoidalariga asoslanishi ham katta ahamiyatga ega. Bu esa
farzandlarga hayotdagi yashash qoidalarini yolga qo’yish uchun andozadir.
Albatta farzand eng oliy ne’mat bo’lganligidek ,farzandli bo’lish ham buyuk
bir baxtdir. Lekin bu aziz ne’mat bo’lmish, farzandlarini erkalatib yubormaslik,
bolalarning injiqlik va qaysarliklarida ham me’yorga rioya qilish ham uning
57
tarbiyasidagi omillardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Afsuski, ba’zan shunday
oilalarga va ota-onalarga duch kelamizki, ular farzandning tarbiyasiga befarq
bo’lganligi yetmaganidek, ular barcha istak va hoxishlarini hech ikkilanmay
amalga oshiradilar. Buyuk fransuz olimi Jan Jak Russo ta’biri bilan aytganda ,
“Farzandingizning tolesiz qilishning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi ,-u
nima desa hammasiga ho’p deng “
Qaysi bir ilmiy ma’noda ijobiy fikr, ammo bugungi kunda bu tarbiya
sohasida jiddiy muammolar tugdirayotgan savoldir. Bizning fikrimizcha, bunday
ota-onalar farzandlarini og’zidan chiqqanini muhayyo qilish orqali ularni xursand
qilishdan ko’ra o’zining tinchligini o’ylaydiganlar desak adashmaymiz.Eng
achinarlisi shuki, bunday ota-onalarning tarbiyasini olgan bolalar kelajakda
o’zgalar manfaatidan ko’ra o’zining manfaatini o’ylaydigan, turmushdagi
arzimagan qiyinchiliklariga dosh berolmaydigan, insonlar bo’lib yetishib
chiqmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Yana shuni ham e’tibordan chetda
qoldirmaslik kerakki, aksariyat ota-onalar yuqoridagi salbiy holatlar o’z farzandlari
bilan yuz berganda nega shunday bo’lganligini o’ylaydilar.
Oila a’zolarining o‘zaro muomalalarini organish shuni ko’rsatdiki
maktab o‘quvchilarining o‘qishga va mehnatga bo‘lgan munosabatiga
bevosita ta’sir qiluvchi oila muhitidagi holatlar va omillar alohida o’rin
tutadi.
Birichidan: ota-onalarning jamoatchilik faoliyati ularning mafkuraviy
qarashlari va ishga nisbatan munosabatlari bola tarbiyasiga ta]siri kuchli
bolar ekan,.
Ikkinchidan: oila ichidagi munosabatlari ota va ona munosabati, ota-
onalarning buva va buvisiga munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning
o‘zaro munosabatlari.
Uchinchidan: ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyat ularning
tarbiyaviy
muammolari,
qiziqishlari
maktab
bilan
hamkorliklari,
o‘quvchilarga darya tayyorlash kezida ota-onalarning yordami, ularning
tarbiyaviy ahamiyati.
58
To’rtinchidan: oilada bolalalarning ta’limga munosabatlari va
ijtimoiy normalarni bajarishllari vaboshqalar.
Demak oila muhitini uch toifaga: ijobiy, o‘zgaruvchan va salbiy
toifalarga ajratish imkoniati tug’ildi. Bu esa, oilada shaxsni shakllantirish
jarayonini o‘rganish baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchli hamjihatlikning
hamda ota-onalarning bolalariga g‘amxo‘rligining samarasidir, degan
xulosaga keldi. Shu asosda oilada farzand tarbiyasiga yondashishning
oilalarni yo‘nalishiga qarab, uch toifaga mansub ekanligini ko‘rsatib berish
mumkin.
1.Ijtimoiy ilg‘or yo‘nalishdagi oilaga xos bo‘lgan oilalar bizdagi
oilalarning ko‘pchilik qismini tashkil qiladi. Bunday oilalarda shaxslararo
munosabatlar axloq prinsiplari va qoidalaridan kelib chiqqan holda amalga
oshiriladi, shuningdek har tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy
ideali nazarda tutiladi. Ijtimoiy ilg‘or yo‘nalishdagi oilalarning voyaga
yetgan a’zolari ishlab chiqarishda, korxonada, jamoat ishlarida faol
qatnashadilar, ilg‘or madaniyatga nisbatan qiziqishlarini namoyish qiladilar,
shuning bilan birga bu narsaga o‘z farzandlarida ham havas uyg‘otadilar.
Oilada goho namoyon bo‘ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda
hamjihatlik bilan bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo‘jalik
ashyolari, asboblari, qimmatbaho materiallar har xil ehtiyojlarni qondirish
vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqboli bilan
mutlaqo bog‘lanmaydi.
2.Ziddiyatli yo‘nalishga ega bo‘lgan oilada barqaror yo‘nalish
bo‘lmaydi. Oilaviy turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron -bir
g‘oyaning boshqa g‘oya bilan o‘zaro niqoblangan kurashi bosqichida
bo‘ladi, u yoki bu qarashlarning ustunligi, istiqboli hech qanday ahamiyat
kasb etmaydi. Bunday holatning ko‘zga tashlanishi eskilik bilan yangilik
o‘rtasidagi kurashni anglatmaydi. Er-xotinning yoki boshqa voyaga yetgan
oila a’zolarining murosasiz pozitsiyalari ko‘pincha ularning fe’l-atvor
xususiyatlaridagi tafovut negizi bilan bog‘liq bo‘lib, mutlaqo eskilik sa rqiti
59
mohiyatidan kelib chiqmaydi. Oilada so‘z bilan ish birligi masalasi bir -
biriga qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi. Faqat burch hissigina, muayyan
majburiyatni bajarishgina oila a’zolarni o‘zaro birlashtirib turadi. Mana
bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta’sir o‘tkazish uchun kurashi,
raqobati yaqqol namoyon bo‘ladi.
3.Past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oilalarda ko‘pincha
ishchanlik udumi va ideallari hokimlik qiladi. Mazkur oilalarda barcha narsa
yagona narsaga bo‘ysundirilgan, ya’ni mol-dunyo to‘plashga, moddiy-
maishiy jihatdan ustunlikka erishishiga qaratilgan boladi. Voyaga yetgan
oila a’zolarining, ota-onalarining korxona, muassasada, tashkilotda mehnat
qilishi ana shu ko‘zlangan maqsadga yetish vositasi sifatida, har qanday
mehnat esa, ish haqi miqdori bilan o‘lchanadi. Oila boshlig‘ining
zo‘ravonligi, zolimligi, unga ko‘r-ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishlik, sajda
qilishlik, zaif va nimjon oila a’zolari farovonligini poymol qilishga intilishi
va hokazolar ustun bo‘ladi. Meshchanlik ideal iva diniy e’tiqod doirasidan
tashqari chiqish hollari (kitob o‘qish ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok
etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflab deb baholanadi.
Shu boisdan past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oilalardan
xudbin, qo‘rqoq, jamiyat uchun kam nafi tegadigan o‘g‘il-qizlar yetishib
chiqishi mumkin. Jumladan, har bir oila a’zolarining yashayotgan
mikromuhitda tutgan o‘rni va erishgan obro‘li, oilalarda er-xotin
munosabatlari, ota-onalarning farzandlarga nisbatan muomalalari, turli
yoshdagi
farzandlarning
o‘zaro
muloqoti,
ularning
ota-onalarga
munosabatlari, oila a’zolarining begona kishilar bilan muloqotga kirishishi
xususiyatlari, ular o‘rtasida o‘zaro yordam va birdamlilik xususiyatlari, uy -
ro‘zg‘or yumushlari taqsimoti, xordiq chiqarish, oila a’zolarida muloqot
ko‘lamining kengayishi kabi shaxslararo munosabatlarning rang -barang
jihatlarini oilada bola ongiga sngdirishs maqsadga muvofiqdir
Oilaning har bir a’zosi, ota-onalar ham bolalar ham muayyan
intellektual saviyaga ega. Har bir oila a’zosi butun oilaga va oila o‘zining
60
har bir a’zosiga ta’sir etadi. Aytish mumkinki, farzandlarning aqliy
tarbiyasida oiladagi umumiy intellektual saviyaning yuksalishi uchun
zaruriy sharoitlarni yuzaga keltirish benihoya muhim. Bolaning to‘kis aqliy
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oilaviy muhitni ma’naviy-ma’rifiy saviya
va tegishli tajribaga ega, mustaqil fikrli, dunyoqarashi keng, milliy an’ana
va qadriyatlardan boxabar ota-onalargina yaratib bera oladilar. Oila
tarbiyasi kabi kata ma’suliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga
tushadi.
Shu o‘rinda bir narsani alohida o‘qtirish kerakki, bolalar tarbiyasida
asosiy ta’sirchan kuch-qudrat, bu-Onadir.
Darhaqiqat ota ko‘pchilik xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlarini
qondirish va ta’minlash, qolaversa oilaning xo‘jalik ishlari bilan band
bo‘ladi. Bu o‘zbek oilalari tarixidan ma’lum bo‘lgan haqiqat va ota -
bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan an’anadir
1
. Oilada bola tarbiyasida
oilaning har bir a’zosi ya’ni, bobo, buvi, ota-ona, opa, aka, amma, xola,
tog‘a. Qo‘yingki qo‘ni-qo‘shni, mahalla, maktab, jamoatchilik birdek
ma’suldir. Xalqimizda «Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona», «Bir tog‘a yetti
ota o‘rnida», «Mahallang-otang-onang» kabi maqollar bejiz aytilmagan.
Shuning uchun bola tarbiyasida barchaning tal abi, munosabati bir xil
bo‘lmog‘i lozim. Tarbiyachilar o‘rtasidagi tarbiya ullarining, talab va
fikrlarining har xilligi bolani tarbiyasizlikka olib keladi. Pedogagik
qarovsizlik ham oiladan boshlanadi. Oila, maktab va mahallaning hamkorligi davr
talabi darajasida bo‘lmasa, ayniqsa, ota-onaning o‘zaro munosabatlaridagi
nuqsonlar bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Psixologiya fanida o‘z-o‘zini tarbiyalashning motivlari chuqur o‘rganilgan
bo‘lib, “ Maktab- oila” hamkorligi doirasida bolani o‘z-o‘zini tarbiyalashi, ya’ni
o‘z-o‘zini idora etishi, o‘z-o‘zini to‘g‘ri boshqarishi, o‘z faoliyatini tahlil qilib, o‘z-
1 Oila etikasi psixologiyasi. 1991 yil. O‘qituvchi 70 bet.
2
Oila ma’naviyati milliy g‘urur. T. O‘q. 1999 yil. 49-50-bet.
1 Оила этикаси психологияси. 1991 йил. Ўқитувчи 70 бет.
61
o‘ziga baho bera olishi muhim omil sanaladi. Bolaning nazoratsizligi hamda
qarovsizligi deviant xulq- atvorni keltirib chiqaruvchi omil hisoblanadi.Bu
jarayonda asosan ota-ona, ularda bola tarbiyasiga nisbatan befarqlik sabab bo‘ladi.
Bolaning ish va bo‘sh vaqti uni maqsadli yo‘naltirishda tarbiya muassasasi ota-
onalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi lozim.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |