Andijon Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi
4-bosqich talabasi Nozimjonov Qudratbek
Tavsifnoma
Amaliyotchi Nozimjonov Qudratbek Qaxramonjon o’g’li 29.02.dan- 04.06. 2022-yil vaqt oralig’ida Paxtaobod tumani 16-maktabida pedagogik amaliyotni o’tadi. Talaba dastlab yakka tartibda o’tiladigon darslarga, keyinroq umumiy tarzda o’tiladigon guruhli darslarga biriktirildi. Amaliyot boshlanishidan tashkilotning ichki tartib qoidalari , tarkibi, me’yoriy ish hujjatlari, hamda o’qituvchilar jamoasi bilan tanishtirildi. Bu davr mobaynid u o’zining ma’suliyatligi, tirishqoqligi, bolalar va o’qituvchilar bilan yaxshi til topisha olishi bilan jamoada yaxshi taasurot uyg’otdi. O’ziga biriktirilgan o’qituvchilar mashg’ulotlarini kuzatdi, taxlil qildi
Dars mashg’ulotlarini o’tishda tadbirlar uyushtirishda va ommaviy tadbirlarda o’zini ko’rsata oldi. Oliy ta’limda olgan nazariy bilmlarini amaliyotda qo’llab, mashg’ulotlarni zamonaviy pedagogik tehnalogiyalar asosida tashkil etdi .
Amaliyotchi o’zining na’munali xulqi, odobi va intizomi bilan xodimlar orasida yaxshi obro’ qozondi. Shu davr mobaynida musiqa maktabda o’tkazilgan turli tadbirlarda qatnashib, bunday tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish borasida ham ma’lum ko’nikma va malakalarga ega bo’ldi.
Talaba turli o’qituvchilarning bolalar bilan aloqalarining natijalarini o’rganib borish orqali o’ziga o’quvchilar bilan qanday muomala qilish yo’llarini o’rgandi. O’qituvchilarning darslariga kirib taxlil qilib o’zi uchun kerakli bilm ko’nikmalarni xato va kamchiliklarini bartaraf etishni o’rgandi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, men talaba Nozimjonov Qudratbekning Musiqa ta’lim sohasini yanada rivojlantirishda o’z hissasini qo’sha olishiga, kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishligiga ishonch bildiraman.
Maktabi direktori: N.Xojimatova
Andijon tumani 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida o’tkazilgan
3-mart kuni bo’lib o’tgan o’qituvchilar yig’ilishi
BAYONNOMASI
4-mart kuni 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yigilishda maktab direktori Qamchiyev Kozimjon va maktab o’qituvchilari ishtirok etdilar.
Yig’ilishning asosiy mavzusi maktabning ichki nazorati, yakka va guruhli jurnallarining vaqtida yuritilishi kamchilik va xatolari ularni bartaraf etish, ularni o’z vaqtida yurgizib borish, o’quvchilarning davomati, darslarga o’z vaqtida kelib ketishliklarini nazorat qilib turish to’g’risida bo’ldi. Hamda ertangi 5-mart kuni bo’ladigon 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami tadbiri senarisi ko’rib chiqildi hamda maqom ansanbli tayyorgarliklari haqida ansanbl rahbari gapirib o’tdi, direktor hamda maktab jamoasi tomonidan ushbu tadbir asarlari tinglab hato va kamchiliklari bartaraf etildi.
Shu bilan birgalikda bahor faslining eng go’zal bayramlardan yana biri 21-mart ,,Navro’z bayrami”ga tayyorgarlik ko’rish tadbir senariylarini tuzish va maktabni bahor fasliga mos atrof muhitni bezatish to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi.
Darslarni o’z vaqtida o’tilishini nazorat qilish o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosariga zimmasiga yuklandi va nazoratni kuchaytirish topshirildi. Ota onalar bilan suhbat qilib turishliklari o’quvchilarni o’z vaqtida kelib turishliklarini ta’minlashini nazorat qilish o’qituvchilar zimmasiga yuklatildi.
Maktab direktori: N.Xojimatova
Do'stlaringiz bilan baham: |