5-bob. Konsepsiyaning amalga oshirilishini monitoring qilish
1. Konsepsiyaning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, umumiy muvofiqlashtirish, respublikada maktabgacha ta’limning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va hal qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
2. Konsepsiyani amalga oshirish monitoringi ilovaga muvofiq Konsepsiyada ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli bajarish bo‘yicha vakolatli organlar faoliyatini baholash indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |