Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


§2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish



Download 12,39 Mb.
bet40/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   569
Bog'liq
boy ota

§2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish

Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.

Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:

1) maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;

2) maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‘tkazish;

3) maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

4) «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;

5) tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;

6) rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

7) maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;

8) mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;

9) bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;

10) maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o‘qitish asoslarini joriy etish;

11) bolaning kelgusida o‘zini o‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish;

12) maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim xizmatlari turlari: pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish.
§3. Bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish

Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish bo‘yicha vazifalarni hal etish birinchi navbatda maktabgacha ta’lim muassasalari quvvatlarini oshirishni taqozo etadi.

Maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishning hozirgi hajmi, tug‘ilishning o‘sishi dinamikasi saqlanib qolayotgan bir paytda, maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini mavjud darajada saqlab turishni ta’minlab beradi, ammo uning o‘sishiga yordam bermaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘larining cheklanganligini e’tiborga olib, nodavlat sektor maktabgacha ta’lim muassasalari soni o‘sishining harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo‘lishi, davlat-xususiy sherikchiligi esa xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etishning asosiy mexanizmiga aylanishi lozim.

Maktabgacha ta’limning hammabopligini, shu jumladan respublikaning olis tumanlarida hamda maktabgacha ta’limning standart shakllarini kengaytirish qiyin bo‘lgan joylarda ta’minlash yangi muqobil shakllarni joriy etish hisobiga ham amalga oshirilishi lozim.

Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:

1) O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida va boshqa manbalardan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yangi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

2) maktabgacha ta’lim sohasida qulay investitsiya muhitini yaratish, xususiy sektorni maktabgacha ta’lim muassasalarining quvvatlarini oshirishga yanada rag‘batlantirish va manfaatdorligini oshirish;

3) maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchiligini, jumladan uning quyidagi shakllarini yanada rivojlantirish:

mavjud davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy sherikka nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun yer uchastkalarini yoki mavjud davlat ta’lim muassasalari binolarini bepul asosida berish;

ko‘p kvartirali turar joy binolari quruvchilari uchun davlat buyurtmasini joylashtirish;

davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini xususiy sherikka ishonchli boshqaruvga berish;

konsessiya asosida qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino ajratish;

homiylik va boshqalar;

4) fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilishda uslubiy qo‘llab-quvvatlash;

5) bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari va sobiq maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlamayotgan binolari negizida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazish;

6) hamma joyda bolalarni umumiy boshlang‘ich ta’limga bepul majburiy bir yillik tayyorlashning yagona tizimini joriy etish;

7) maktabgacha ta’limning moslashuvchan ish jadvali hamda rivojlantiruvchi, tuzatuvchi xizmatlar va tadbirlarning keng ko‘lamini o‘z ichiga olgan quyidagi muqobil shakllarini joriy etish va rivojlantirish:

har xil yoshdagi bolalar uchun qisqa muddatli maktabgacha ta’lim guruhlari — «Pley-guruhlar»;

maktabgacha yoshdagi bolalarga uyiga borib maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish dasturi — «Nome visits»;

maktabgacha ta’lim muassasalari korporativ guruhlari va boshqalar;

8) yengil qurilish konstruksiyalari va zamonaviy energiya samarador materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq quriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi binolar loyihalarini ishlab chiqish (shu jumladan rivojlanishida jismoniy va ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit elementlarini hisobga olgan holda);

9) maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va samarali tashkil qilish zaruratini hisobga olgan holda, qurilayotgan turarjoy komplekslari va boshqa ob’ektlarni kerakli ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash;

10) respublikaning barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini ichimlik suvi, isitish tarmog‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan, shu jumladan zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;

11) ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning variativligi hisobiga rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish;

12) maktabgacha ta’limning bola shaxsini shakllantirishdagi roli va muhimligi haqida tushuntirish tadbirlarini olib borish, ushbu faoliyatga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ota-onalarni faol jalb qilish.



Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish