Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


-- MAVZU:Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish



Download 12,39 Mb.
bet280/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   569
Bog'liq
boy ota

27-- MAVZU:Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish.
Reja:

1.Bolalarning xuquqiy madaniyati tushunchasi, uning mohiyati va o`ziga xos tomonlari.

2.Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiya berishning shakllari, tizimi va samaradorligi.

3.Huquqiy madaniyatni shakllantirishga texnologik yondashuv

Tayanch so‘z va iboralar: huquq, madaniyat,huquqiy tarbiya,fuqaro,ijtimoiy guruh
1.O`zbekistonda davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishning hozirgi bosqichida fuqarolarning huquqiy madaniyatiga bo`lgan talab va ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Huquqiy madaniyat shaxsning siyosiy faolligi, demokratik islohotlarga intiluvchanligi, chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ko`rsatkichidir jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko`rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko`maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi omildir.Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor munosabatlariga o`tish, adolatli fuqarolik jamiyati qurish davrida milliy uyg`onish, milliy tiklanish, demokratik tamoyillarning qaror topishi fukarolar ongida va madaniyatida tubdan o`zgarishlarni talab etadi. Yuksak huquqiy madaniyat jamiyat taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri xisoblanadi.

Darxaqiqat, demokratik huqquiy davlatni vujudga keltirishning ilk va asosiy shartlaridan biri jamiyat a'zolarida zarur darajadagi huquqiy madaniyatni shakllantirishdir. Jamiyat iqtisodiy, siyosiy hayotining tub islohat etilishi huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun shart- sharoitlarni yaratib bermoqda, insonlarni haq-huquqlarini kafolatlamoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov huquqiy madaniyat mavzusiga to`xtalar ekan shunday deydilar: «...xar bir kishi o`z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi, o`z huquqlari va erkinliklarini ximoya qila olishi lozim. Buning uchun, avvalo mamlakatimiz axolisining huquqiy madaniyatini oshirish lozim»1.

Biz ko`rib chiqmoqchi bo`lgan yana bir yondashuv madaniyat tushunchasini sub'ektiv (insonning, guruxning, jamiyatning) ma'naviy rivojlanish darajasi bilan bog`lab o`rganishdir. Huquqiy madaniyatni o`rganishda bu fikr o`ziga xos ahamiyat kasb etadi, chunki sub'ektining huquqiy madaniyat darajasi huquqiy madaniyatni tasnivlashda uni o`rganishda asosiy yo`nalish bo`lib xizmat qiladi. Ushbu yondashuvda madaniyat taraqqiyoti ijtimoiy faoliyatning istagan sohasidagi shaxsning rivojlanishiga to`g`ri keladi.

1. Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirishning o`ziga xos tomonlari Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, uni o`rganish jamiyatimizning kelajakdagi huquqiy holatini qay darajada bilishligini baxolashga, tasavvur qilishga imkon yaratadi.

Bolalarni jamiyatning aloxida ijtimoiy guruhiga ajratish uchun, faqat ularga xos bo`lgan yosh va psixologik xususiyatlari bilan emas, balki yoshlar bajaradigan o`ziga xos ijtimoiy o`rni bilan o`lchaydi. Bu o`rin avvalgi ajdodlar tajribasi, qadriyatlari, madaniyatini, o`zlashtirib olish va ularni yangi jixatlar va xususiyatlar bilan boyitishdan iboratdir. Huquqiy madaniyat o`zbek millatining turmush tarzida, an'anaviy madaniyatida, milliy dunyoqarashi va mafkurasida muhim o`rin tutadi. Bolalarda huquqiy madaniyatni to`la qaror topishda milliy, ma'naviy, diniy-axloqiy, davlat huquqiy va tarixiy merosimizga, mafkuramiz g`oyalariga tayanmoq, kerak.

O`zbek milliy mafkurasining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: birinchidan, mustaqillik his-tuyg`usi va istiqlolni to`la idrok etish; ikkinchidan, o`zbekchilik; uchinchidan, ko`p millatli O`zbekiston xalqining vatanparvarligi tashkil etadi. Uning negizini esa, milliy g`urur, o`zbek millatining asosiy fazilatlari va nihoyat buyuk milliy- madaniy meros tashkil etadi.1

Milliy mafkura keng qamrovli dunyoqarashni shakllantirish va tarbiyalash omilidir. U xilma-xil va ba'zi tarqoq qarashlarni umumiy maqsad yo`lida yaqinlashtiradi va birlashtiradi. Yangi mafkura milliy ong, tuyg`uni

Huquqiy va siyosiy madaniyat bilan qo`shish muhim o`rin egallaydi. Chunki bu mafkura bolalarning ongi, tafakkuri, qarash va tushunchalari, e'tiqodi, dunyoqarash va bilim darajasi turlicha ekanligini e'tiborga oladi.

Shuning uchun bolalarni tarbiyalashda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan o`zbek xalqi milliy qadriyatlari, an'analari, Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlariga asoslanmoq, kerak. Islom dinining asosi bo`lgan Qur'oni Karim va hadisi sharif, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Bobur, Naqshband, Ahmad Yassaviy, Al Buxoriy, At -Termiziy, Marrinoniy va boshqa allomalar asarlarida olg`a surilgan g`oyalarni insonparvarlik, halollik, poklik, millatni sevish, Vatan bilan g`ururlanish mehnatsevarlik, hurfikrlilik kabi g`oyalarni bolalar ongiga singdirishga harakat qilmoq lozim.

Bolalarning turli huquq sohasi me'yorlarini, huquqiy printsiplarini, davlat organlarini, shu jumladan huquqni muxofaza qilish organlarini tashkil etish tartibini va uning faoliyatini bilishi yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishning zarur shartidir.

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-

2021 yillarga mo‘ljallangan dastur 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari;

2. 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlarini tasdiqlash vazifalarini belgilab oldi.

Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

- Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;

- Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

- Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;

- Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish;

- 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 528- sonli qarorda quyidagilar:

1-ilova Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida nizom;

2-ilova Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida nizom;

3-ilova Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida nizom;

4-ilova Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

1-ilova: “Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida

NIZOM”:

- davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilashi;

- davlat maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena me’yoriylari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o‘qish va chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy- estetik rivojlanishini ta’minlashi;

- davlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustaviga amal qilishi;

- davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga ega bo‘lishi;

- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ma q sadi :

- Bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

- Ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli

tayyorlash;

- Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazi fa lari :

- Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;

- Bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish;

- Bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang‘ich ta’limni olishga tayyorlash;

- Bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) engil

nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;

- Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.

2-ilova “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida

NIZOM

- nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.



Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ma q sadi :

- Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual,

axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

- Ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;

- Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazi falari :

- Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

- Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;

- Bola shaxsini sog‘lom va etuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;

- Bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

- Bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) engil

nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;

- Bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.

3-ilova. “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi

to‘g‘risida NIZOM

jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog‘lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.

- Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish ma qsa di da tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining va zi fa lari :

- maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim-tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta’minlash;

- korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;

- bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya muhitini yaratish;

- bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;

- bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.

30.09.2017da O‘zbekiston Prezidentining PF-5198-son “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va Prezidentning 30.09.2017 yildagi PQ-3305- son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

“Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning – samarasi va natijasi etarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 31 foizni tashkil etadi. SHuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi.

Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha -ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali - bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash” maqsadida ushbu farmon qabul qilindi.

YUqoridagi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hama Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ham qabul qilindi.

Ushbu me’yoriy hujjatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash, eng asosiysi bolajonlarimizning barkamol, sog‘lom bo‘lib rivojlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Darhaqiqat, bolalarda huquqiy madaniyatni shakllanishining o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`lib, bularni yoshlar huquqiy tarbiyasini tashkil etishda e'tiborga olish zarurdir.

Bola larda huquqiy madaniyatni shakllanishining o`ziga xos tomonlaridan biri – ob'ektivlik va sub'ektivlik xususiyatga egaligidir. Buning ma'nosi shundaki, huquqiy madaniyatning shakllanishi, bir tomondan yoshlarning xohish istagiga bog`liq bo`lmagan holda ro`y bersa, ikkinchi tomondan, u har bir yoshning xatti harakatlari, intilishlari hamda faoliyat natijasiga bog`liq bo`ladi. Bola larda huquqiy madaniyatning shakllanishidagi ob'ektivlikning mohiyati ularning huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Bola larning huquqiy munosabatlarda va o`zgarishlarda qanday ishtirok etishi yoki ularga qanday munosabat bildirishidan qat'y nazar, bu jarayon ob'ektiv hodisa sifatida ro`y beradi. Bolalarda huquqiy madaniyat shakllanishini to`xtatib qo`yish mumkin emasligining o`zi uning ob'ektiv xususiyatga ega ekanligini ko`rsatadi.

Huquqiy madaniyatning shakllanishi ob'ektiv jarayon bo`lishi bilan birga, u sub'ektiv faoliyatning ham natijasi hisoblanadi. Har bir bola jamiyatning, huquqiy munosabatlarning o`ziga xos sub'ekti sifatida huquqiy voqea- xodisalarga ma'lum darajada ta'sir ko`rsatadi. Masalan, saylovlarda ovoz berish, bilim olish, mehnat qilish huquqlaridan foydalanish, u yoki bu huquqiy munosabatlarda sub'ekt sifatida ishtirok etishi bola ning huquqiy madaniyatining shakllanishidagi sub'ektivlikni ifoda etadi.

Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllanishida o`ziga xos xususiyatlardan ikkinchisi: asta-sekinlik xususiyatidir. Bola larda huquqiy madaniyatning shakllanishi bir lahzada yoki juda qisqa davr ichida ro`y bermaydi. Yoshlar ulg`ayib borgan sari huquqiy voqea-hodisalarning mohiyatini, ularning kelib chiqish sabablarini va oqibatlarini asta-sekinlik bilan anglab boradi. Yoshlar huquqiy munosabatlarda va jamiyat huquqiy hayotida ro`y berayotgan o`zgarishlarning mohiyatini ko`proq bilib borsa, o`zining bu munosabat va o`zgarishlardagi o`rni va ishtirokini ham shunchalik ko`p anglab boradi.

Bundan tashqari huquqiy voqea-hodisalar jamiyat taraqqiyotining alohida bir bosqichiga xos bo`lgan xususiyat emas. - Jamiyat rivojlanar ekan, qabul qilingan qonunlar, farmonlar o`z kuchini yo`qotib yangilari ishlab chiqilishi mumkin. Bu uzluksiz jarayon yoshlar ongiga asta-sekinlik bilan ta'sir eta boradi. Bola larda huquqiy madaniyatning shakllanishiga xos bo`lgan asta-sekinlik xususiyati, faqat yoshlarning bola lik davridagina emas, balki uzoq yillar davomida o`sib, rivojlanib borishini ifoda etadi. Davlat va jamiyatdagi rivojlanish bir yerda to`xtab qolmaganligi singari, bola larning huquqiy madaniyati ham bir xil darajada qotib qolmaydi, balki yangi huquqiy hayotdagi o`zgarishlar ta'sirida o`zgarib, rivojlanib boradi.

Eski huquqiy tasavvurlarning yangilari bilan almashib borish jarayoni yoshlarning huquqiy madaniyatining, ongining o`zgarib borishini ifoda etadi. Masalan: sobiq ittifoq davrida inson huquqlariga bo`lgan munosabatlardagi eski tasavvurlarning o`zgarishi bu sohaga yangicha yondoshishlarni vujudga keltirdi va bu hol yoshlar huquqiy ongining, huquqiy madaniyatining o`zgarishiga ma'lum darajada ta'sir ko`rsatdi. Keyingi yillarda qonunchiligimizda umumjahon andozalariga mos keladigan o`zgarishlar yoshlarda eskicha tasavvurlardan voz kechishga olib keldi.

Uchinchi xususiyati bola larda huquqiy madaniyatning shakllanishida alohidalik xususiyatidir. Bola larda huquqiy madaniyatga xos bo`lgan belgilar bir vaqtda shakllanmaydi. Bola larning har biriga xos bo`lgan shunday alohida xususiyatlar borki, ana shu xususiyat huquqiy madaniyat belgilarining har bir bola da, jamiyatning alohida a'zosi sifatida alohida-alohida ro`y berishini ifoda qiladi. Shunga ko`ra bir yerda yashayotgan yoki bir joyda ta'lim olayotgan ikki bola ning huquqiy madaniyat darajasi ikki xil bo`ladi. Buning ma'nosi shundaki, huquqiy madaniyatning belgilari barcha bolalarda oz yoki ko`p, u yoki bu darajada shakllanib boradi.

To`rtinchi bir muhim xususiyati - umumiylik xususiyatidir. Huquqiy madaniyatning har bir belgisi bola larda jamiyatning bir a'zosi sifatida alohida-alohida ko`rinishda namoyon bo`lmasligining o`zi ham bola lar huquqiy madaniyatining shakllanishidagi umumiylik xususiyatining mohiyatini aks ettiradi.

Bundan tashqari huquqiy madaniyatning ijtimoiy guruhlar faoliyatida namoyon bo`lishi ham huquqiy madaniyat shakllanishiga xos bo`lgan umumiylikni ifoda qiladi. Masalan, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, bolalar va boshqa guruhlarning har birida huquqiy madaniyat darajasida bir muncha yaqinlik bo`ladiki, bu hol huquqiy madaniyat shakllanishiga xos bo`lgan umumiylikni ifoda qiladi. Chunki umumiylik alohida bir bola tomonidan emas, balki barcha bolalar faoliyati orqali namoyon bo`ladi. Buning sababi shundaki, barcha bolalarning huquqiy onglilik darajasi deyarli o`zaro yaqin bo`ladi. Shuningdek, bola larning ta'lim olish, turmush sharoitlari va mashg`ulot turlaridagi umumiy u har bir yoshning xatti-harakatlari, intilishlari hamda faoliyat natijasiga bog`liq bo`ladi. Bola larda huquqiy madaniyatning shakllanishidagi ob'ektivlikning mohiyati ularning huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Bolalarning huquqiy munosabatlarda va o`zgarishlarda qanday ishtirok etishi yoki ularga qanday munosabat bildirishidan qat'i nazar, bu jarayon ob'ektiv hodisa sifatida ro`y beradi. Bolalarda huquqiy madaniyat shakllanishini to`xtatib qo`yish mumkin emasligining o`zi uning ob'ektiv xususiyatga ega ekanligini ko`rsatadi.

Huquqiy madaniyatning shakllanishi ob'ektiv jarayon bo`lishi bilan birga, u sub'ektiv faoliyatning ham natijasi hisoblanadi. Har bir bola jamiyatning, huquqiy munosabatlarning o`ziga xos sub'ekti sifatida huquqiy voqea- hodisalarga ma'lum darajada ta'sir ko`rsatadi. Masalan, saylovlarda ovoz berish, bilim olish, mehnat qilish huquqlaridan foydalanish, u yoki bu huquqiy munosabatlarda sub'ekt sifatida ishtirok etishi bola ning huquqiy madaniyatining shakllanishidagi sub'ektivlikni ifoda etadi.

Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllanishida o`ziga xos xususiyatlardan ikkinchisi: asta-sekinlik xususiyatidir. Bola larda huquqiy madaniyatning shakllanishi bir lahzada yoki juda qisqa davr ichida ro`y bermaydi. Yoshlar ulg`ayib borgan sari huquqiy voqea-hodisalarning mohiyatini, ularning kelib chiqish sabablarini va oqibatlarini asta-sekinlik bilan anglab boradi. Yoshlar huquqiy munosabatlarda va jamiyat huquqiy hayotida ro`y berayotgan o`zgarishlarning mohiyatini ko`proq, bilib borsa, o`zining bu munosabat va o`zgarishlardagi o`rni va ishtirokini ham shunchalik ko`p anglab boradi.

Bundan tashqari huquqiy voqea-hodisalar jamiyat taraqqiyotining alohida bir bosqichiga xos bo`lgan xususiyat emas. - Jamiyat rivojlanar ekan, qabul qilingan qonunlar, farmonlar o`z kuchini yo`qotib yangilari ishlab chiqilishi mumkin. Bu uzluksiz jarayon yoshlar ongiga asta-sekinlik bilan ta'sir eta boradi. Bola larda huquqiy madaniyatning shakllanishiga xos bo`lgan asta-sekinlik xususiyati, faqat yoshlarning bola lik davridagina emas, balki uzoq yillar davomida o`sib, rivojlanib borishini ifoda etadi. Davlat va jamiyatdagi rivojlanish bir yerda to`xtab qolmaganligi singari, bola larning huquqiy madaniyati ham bir xil darajada qotib qolmaydi, balki yangi huquqiy hayotdagi o`zgarishlar ta'sirida o`zgarib, rivojlanib boradi.

Eski huquqiy tasavvurlarning yangilari bilan almashib borish jarayoni yoshlarning huquqiy madaniyatining, ongining o`zgarib borishini ifoda etadi. Masalan: sobiq ittifoq davrida inson huquqlariga bo`lgan munosabatlardagi eski tasavvurlarning o`zgarishi bu sohaga yangicha yondoshishlarni vujudga keltirdi va bu hol yoshlar huquqiy ongining, huquqiy madaniyatining o`zgarishiga ma'lum darajada ta'sir ko`rsatdi. Keyingi yillarda qonunchiligimizda umumjahon andozalariga mos keladigan o`zgarishlar yoshlarda eskicha tasavvurlardan voz kechishga olib keldi.

Uchinchi xususiyati bola larda huquqiy madaniyatning shakllanishida aloxidalik xususiyatidir. Bola larda huquqiy madaniyatga xos bo`lgan belgilar bir vaqtda shakllanmaydi. Bola larning har biriga xos bo`lgan shunday alohida xususiyatlar borki, ana shu xususiyat huquqiy madaniyat belgilarining har bir bola da, jamiyatning alohida a'zosi sifatida alohida-alohida ro`y berishini ifoda qiladi. Shunga ko`ra bir yerda yashayotgan yoki bir joyda ta'lim olayotgan ikki bola ning huquqiy madaniyat darajasi ikki xil bo`ladi. Buning ma'nosi shundaki, huquqiy madaniyatning belgilari barcha bolalarda oz yoki kup, u yoki bu darajada shakllanib boradi.

To`rtinchi bir muhim xususiyati - umumiylik xususiyatidir. Huquqiy madaniyatning har bir belgisi bola larda jamiyatning bir a'zosi sifatida alohida-alohida ko`rinishda namoyon bo`lmasligining o`zi ham bola lar huquqiy madaniyatining shakllanishidagi umumiylik xususiyatining mohiyatini aks ettiradi.

Bundan tashqari huquqiy madaniyatning ijtimoiy guruhlar faoliyatida namoyon bo`lishi ham huquqiy madaniyat shakllanishiga xos bo`lgan umumiylikni ifoda qiladi. Masalan, ishchilar, Deqqonlar, ziyolilar, bolalar va boshqa guruhlarning har birida huquqiy madaniyat darajasida bir muncha yaqinlik bo`ladiki, bu hol huquqiy madaniyat shakllanishiga xos bo`lgan umumiylikni ifoda qiladi. Chunki umumiylik alohida bir bola tomonidan emas, balki barcha bolalar faoliyati orqali namoyon bo`ladi. Buning sababi shundaki, barcha bolalarning huquqiy onglilik darajasi deyarli o`zaro yaqin bo`ladi. Shuningdek, bola larning ta'lim olish, turmush Sharoitlari va mashg`ulot turlaridagi umumiy sharoitlar ularning huquqi onglilik va huquqiy madaniyatlilik darajasiga ham ta'sir etadi.

Bolalar huquqiy madaniyatining o`lchovlaridan biri, uning qay darajada ekanligidir. Huquqiy madaniyat shakllanishining darajasini huquqiy savodxonlik va uning amaliy faoliyatdagi natijalariga qarab belgilash mumkin. SHu jihatdan qaraganda, bola larning huquqiy madaniyati mezonlari quyidagi uch turni tashkil etadi: huquqiy madaniyatning yuqori darajasiga erishilgan bola lar; huquqiy madaniyati o`rtacha darajada bo`lgan bola lar va huquqiy madaniyati past darajada bo`lgan bola lar.

Bola lar huquqiy madaniyatining yuqori darajada bo`lishi huquqiy jarayonlar va huquqiy munosabatlarda faol ishtiroki, huquqiy savodxonligi, qonunga itoatkorligi, hurmati bilan ulchanadi. Huquqiy madaniyati yuqori bo`lgan yoshlar qonunni hurmat qiladi, uni qonun himoya qilishini biladi, har bir qabul qilingan qonunning mohiyatini o`rganib chiqib, unga itoat etadi, insonga oliy qadriyat sifatida qaraydi, jamiyatning huquqiy hayotida faol ishtirok etadi, huquqbuzarlarga nisbatan murosasizlik tuyg`usiga ega bo`ladi. Bunday yoshlar boshqalarga o`rnak bo`lishi bilan birga, ko`pchilikning ishonchi va hurmatiga ham sazovor bo`ladi. Huquqiy madaniyati yuqori darajada bo`lgan yoshlar nafaqat huquqiy balki, axloqiy, siyosiy madaniyatini ham namoyon eta oladilar.

Huquqiy madaniyati o`rtacha darajada bo`lgan yoshlar huquqiy savodxonligi ham o`rtacha bo`ladi. O`zi egallagan huquqiy bilimlarni hayotga tadbiq etishda ehtiyojdan kelib chiqqan holda amalga oshiradilar. Huquqiy madaniyati past darajada bo`lgan bola larda boshqalarga nisbatan namuna bo`ladigan sifatlar kam bo`ladi, davlatning huquqiy hayotiga loqaydlik, o`zgalar bilan qiziqmaslik, shuningdek, huquqbuzarlar, qonunbuzarlarga nisbatan befarq bo`ladilar. Bunday bola larda huquqiy madaniyatlilikka nisbatan huquqiy madaniyatsizlik ustunlik qiladi. Boshqalarni, qonunlarni mensimaslik, xaqoratlash singari xislatlar madaniyatsizlikning amaldagi ko`rinishi hisoblanadi. Huquqiy savodxonlik darajasi ham past bo`lib, qonunlarga itoatsizligi bilan ajralib turadi. Huquqiy madaniyati past darajada bo`lgan bola lar ana shu turdagi kishilar guruhiga kiradilar.

Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda, alohida e'tibor berilishi lozim bo`lgan o`ziga xos shart-sharoitlar va xususiyatlari ham borki, unga ta'lim tarbiya berishda, albatta hisobga olish zarur. Zero, bola larda huquqiy madaniyat turli yo`llar va shart-sharoitlar asosida shakllanadi:

Birinchidan. bola larning ta'limning turli sohalarida ishtirok etishlaridan iborat bola lar oliy ta'lim jarayonida ishtirok etish bilan o`zlarining bilim darajalarini oshirib boradilar. Ular turli fan sohasidagi bilimlar bilan birga huquqiy fanlar beradigan bilimlardan ham xabardor bo`lib boradilar. Hozirgi kunda O`zbekistonda 60 ta oliy o`quv yurtida 158064 bola o`qiydi, shundan 27377 tasi qizlardir. Oliy va o`rta maxsus ta'lim Vazirligiga qarashli oliy o`quv yurtlarida esa 103000 bola ilm oladi, shundan 75000 kunduzgi bo`lim bola lari xisoblanadi. O`quv yurtlarida olinayotgan bilimlar mamlakatimiz yoshlarining ko`pchilik qismi huquqiy madaniyatining o`sishida muhim ahamiyatga ega bo`lmoqda. Huquqiy bilimlarni o`rganuvchilarning madaniyatni shakllantirishda umumiy huquqiy asos bilimlarni berish bilan birga, iloji boricha o`z mutaxassiligiga ta`lluqli bo`lgan huquqiy bilimlarni berishga qulay sharoit va aniq asos bo`ladi. Masalan, noyuridik o`quv yurti hisoblangan moliya oliygohi bo`ladigan bo`lsa, ko`proq moliya huquqiy xo`jalik huquqiy kabi sohalar bo`yicha chuqurroq bilim olishlariga e'tibor berih lozim bo`ladi.

To`rtinchidan. bola larga jamiyatning ijtimoiy guruhlaridan biri bo`lgan yoshlarning ham alohida bir guruhi sifatida qarash lozim. Bunda ularning yosh sifatlariga e'tibor beradigan bo`lsak, bola lar guruhining aksariyatini 16-30, asosan 16-22 yoshdagi yoshlar tashkil etishadi. Shu sababli huquqiy ta'lim-tarbiya berish vositalari va usullarini tanlashda ularning yosh psixologiyasiga ham e'tibor berish lozimdir.

Beshinchidan. Oliy o`quv yurtida ta'lim olayotgan bolalarimizning aksariyati o`z uylaridan uzoqda boshqa viloyat va tumanlardan, hatto boshqa davlatlardan kelishgan. Bu bola lar mustaqil yashab, bilim oladilar, qisqa qilib aytganda ota-onalaridan, oilalaridan uzoqda bo`ladilar. Bu esa ta'lim-tarbiya jarayonidagi o`rta ta'limdan farqliroq, ota-onalar va ta'lim muassasalari o`rtasidagi aloqaning birmuncha zaiflashishiga, bu aloqani o`rnatishga qiyinchilik tug`diradi. Albatta buning o`ziga xos ob'ektiv sabablari bor. Shu sababli bola larda huquqiy madaniyatni shakllantirayotganda ushbu sharoitlarni hisobga olish zarurdir. Bola larning yashash sharoiti, yotoqxonalarning ahvoli, u yerdagi huquqiy sohadagi ishlarning qay darajada ekanligi, bola mustaqil hayotga qadam qo`yar ekan, uning bu yo`lda adashmasligi uchun oliy o`quv yurti xodimlarining va murabbiylarning pedagogik vazifalarini nazorat qilish zarur.

Oltinchidan ommaviy axborot vositalari hamda bosma nashrlar va ular ishining tashkil etilishi qam bola larning huquqiy madaniyati va ongining shakllanishidagi muhim sharoit hisoblanadi. Bu vositalar va bosma nashrlar orqali berilayotgan huquqiy ma'lumotlar, axborotlar, ilmiy-nazariy bilimlar bola larning ongi va madaniyatining oshishiga katta ta'sir ko`rsatadi.

Yuqoridagi fikrlardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. Bola larda huquqiy madaniyatni shakllantirishda o`ziga xos xususiyatlar mavjud bo`lib, ular ob'ektivlik va sub'ektivlik, asta-sekinlik, alohidalik hamda umumiylik xususiyatlaridir. Shu bilan bir qatorda, bola larda huquqiy madaniyatni shakllantirishda e'tibor berish lozim bo`lgan, o`ziga xos shart-sharoitlar ham mavjuddir. Bular bola larning ta'lim sohasining sub'ekti ekanligi ularning jamiyatning huquqiy va siyosiy hayotida bevosita ishtirok etishi aniq bir soxaning bo`lg`usi mutaxassisi bo`lishi bola lar yoshlarning ham alohida bir guruhi sifatida qaralishi, ularning yosh psixologiyasi bola lar ko`pchiligining o`z uylaridan uzoqda yashashlari. Ushbu o`ziga xos xususiyatlar hamda shart-sharoitlar bola larga huquqiy tarbiya berishda albatta hisobga olish lozim.

Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiya berishning shakllari, tizimi va samaradorligi. Umumiy ta'lim jamiyat rivojida zarur tayanch bo`lsa, huquqiy ta'lim-tarbiya demokratik huquqiy davlatning poydevoridir. Chunki huquqiy ta'lim va madaniyat har qanday demokratik mamlakatda xalqning erkin yashashi, farovon turmush kechirishi, xoqish-irodasini hech qanday tuzatishlarsiz amalga oshirishi, ezgu maqsad va niyatlarni amalga oshirishida muhim kafolatdir.

Huquqiy ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifasi barcha o`quv muassasalaridagi tinglovchilarga qonunlarimizni, birinchi navbatda, Konstitutsiyami chuqur o`rgatish va hokimiyat shakllantirishdan iboratdir. Shu nuqtai nazar hozirgi kunda huquqiy ta'limning ahamiyati ta'lim-tarbiya asosida o`z huquqlarini va burchalar jamiyat a'zolarigina ijtimoiy hayotning hamma ravishda mehnat qiladi va ularning, yaratuvchanlik faoliyati ancha yuqori bo`ladi. Fuqarolarning huquq va burchlarini yaxshi bilishidan faqat shaxslar manfaatdor bo`lmay, balki davlat ham manfaatdordir. Sobiq Ittifoq davrida aholi o`z huquqlarini qanchalik past darajada bilsa, bu shunchalik qulay edi. Ammo mustaqillik sharoitida taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qilishi ravshan bo`lib qoldi.

Bu ko`rsatmalar nafaqat yuridik o`quv yurtida ta'lim-tarbiyani yaxshilashni balki, u butun ta'lim tizimida huquqiy bilimlarni uqitishni yaxshilash, takomillashtirish, yangi talabga javob beruvchi o`quv-uslubiy qo`llanmalar, dasturlar va darsliklar yaratishni nazarda tutadi.

Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda bir asosiy narsaga e'tibor berishimiz lozim. Ya'ni bola lar o`z huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan bevosita o`zlari manfaatdor ekanliklarini tushunib yetishlariga erishmoq kerak. Bola larning o`zlari huquqiy bilimlarni o`zlashtirishiga qiziqishgandagina, biz olib borayotgan chora-tadbirlar o`z natijasini bera oladi. Shu sababli ham huquqiy tarbiya berishda, avvalo huquqiy bilimlarning, qonunlarning inson hayotidagi tutgan muhim o`rnini ularga tushuntirib berishimiz lozim.

Huquqiy tarbiya hozirgi zamon tarbiya tizimida yuridik fikrlash nuqtai nazaridan yuqori inqilobiy burilishni yasashi kerak. Huquqiy davlat qurish, yangilanish sharoitida huquqiy tarbiyaning nazariy va amaliy masalalari eksicha nuqtai-nazardan hal qilinishi mumkin emas. Bu sohada ishlab chiqilgan ko`pgina nazariyalar bo`layotgan jarayonlardan nafaqat orqada qolgan, balki hozirgi kunda jamiyat hayotidagi yangi real o`zgarishlarni aks ettirishga ham ulgura olmayapti. Huquqiy tarbiya - murakkab va ko`p qirrali hodisadir uni bir yoqlama ta'riflash qiyin. Huquqiy tarbiya bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko`rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko`nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko`zlagan holda ta'sir ko`rsatilishidir.2

Yuqoridagi ta'riflardan kelib chiqqan holda bolalar huquqiy tarbiyasi tushunchasiga ta'rif beradigan bo`lsak, bu bulg`usi yosh mutaxassislarning huquqiy bilimlari, huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini tashkil qilishga yo`naltirilgan oliygohlarning ta'lim-tarbiya faoliyatini tashkil etadi.

Shuni unutmaslik kerakki, huquqiy tarbiya berish huquqiy ta'limdan yoki huquqshunoslikni o`qitishdangina iborat emas. Oliygohlarda huquqiy tarbiya tizimi va shakli bolalarning huquqiy tarbiyasiga har tomonlama yondoshishdan kelib chiqadi. Xuddi shu yerda huquqiy tarbiyaga elementar yondoshishdan voz kechish zarurligini aytib o`tishimiz zarur. Zamonaviy huquqiy jamiyat davlat, iqtisod, siyosat, ma'naviy-madaniy tarbiya va boshqa tizimlarni chuqur har tomonlama «amalda o`rganishni keskin xis qiladi.

Bolalarning huquqiy madaniyatini shakllantirishda, huquqiy tarbiya berishda «Davlat va huquq asoslari» hamda «Inson huquqlari» O`quv fanlarining o`qitilishi eng samarali usul bo`lib, huquqiy tarbiya berishda markaziy o`rin sifatida asosiy e'tibor qaratilgan.

Masalan, «Insonga taalluqli bo`lgan asosiy huquq va erkinliklarni sanab o`ting» degan savolga ma'ruzadan oldin so`rovda ishtirok etgan bola larning 45,1 % i o`z huquq va erkinliklarini sanab o`tgan bo`lsa, kurs tugagandan keyin 93,33 % bola sanab o`tgan. Bunda natija o`rtacha 48,23 % ijobiy tomonga o`zgargan.

«Mamlakatimizda yoki chet elda inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bormiq Sanab o`ting» degan savolga ma'ruzagacha 53,3 % bola qoniqarli javob bergan bo`lsa, ma'ruzadan keyin 93 % bola ushbu tashkilotlarni sanab o`tgan. Bu yerda ham natija 40 % ijobiy tomonga o`zgargan.

«Insonlar nima sababdan qonunlarga rioya qilishadi:» degan savolga ma'ruzagacha 81,67 % jamiyatda tartib bo`lishi uchun, 15% jazodan qo`rqqanligi uchun, 3,33 % javob bermagan, ma'ruzadan keyin 83,33 % jamiyatda tartib bo`lishi uchun, 13.33 % jazodan qo`rqqanligi uchun, 3,33 % javob berishmagan. Bu natijalar ikkala so`rov o`rtasidagi farq unchalik katta emasligini ko`rsatadi.

3. Huquqiy madaniyatni shakllantirishga texnologik yondashuv.O`quv jamoalarida huquqiy tarbiyaga kompleks yondoshishni amalga oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy va ilmiy-metodik printsiplarga amal qilgan holda rahbarlik qilish kerak.

Demokratik printsip - bu asosiy ijtimoiy-siyosiy qoida bo`lib, u davlatchilik, huquq va qonunchilik masalalarini demokratik qadriyatlar orqali yoshlarga tushuntirishni nazarda tutadi.

Huquqiy tarbiyaning hayot bilan bog`liq, ravishda olib borish printsipi yoshlarni huquqiy amaliyotga kirib borishiga, hayotimizda uchrab turadigan huquqiy voqea-hodisalarga yoshlarning o`zlarini jalb etish, masalan, qonuniy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish, saylov ishlarini olib borish kabi tadbirlar, ularda qonunga bo`lgan hurmatni tarbiyalashga yordam beradi.

Tashkiliy printsiplar ichida esa asosiy o`rinni rejalashtirish egallaydi. U o`quv jamoasida qonuniylikning ahvoli va axloqiy ruhiy ko`rsatkichlarini, bola larning huquqiy ong darajasini har tomonlama o`rganishni nazarda tutadi. Bu esa, kelajakdagi mafkuraviy ishlarni aniqlab olishga, yoshlar huquqiy ongiga ta'sir ko`rsatishining samarali usullaridan foydalanishga yordam beradi.

Ushbu rejalarni tuzib chiqish uchun pedagoglar, jamoat tashkilotlari, huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlaridan iborat bo`lgan maxsus guruhlarda tuziladi va bir nechta bir-biriga o`rnak bo`lgan bosqichlarni bosib o`tadi: a) tashkiliy; b) taxushliy; v) tayyorlov (rejani tuzish, muddatini belgilash, javobgarlik, tadbirni amalga oshirishning nazorat shakllari); g) jamoada muhokama qilish va uni tasdiqlash.

Bu ishlab chiqilgan rejalar huquqiy tarbiya ishlarining hamma yo`nalishlarini o`z ichiga olgan bo`lishi kerak: huquqiy targ`ibot (og`zaki yoki ko`rgazmali); huquqiy bilimlarni tarqatish (targ`ibot); huquqiy ta'lim; bola larni ijtimoiy-huquqiy amaliyotga jalb etish; huquqbuzarlikni oldini olish;huquqiy tarbiya jarayonini boshqarishni takomillashtirish bo`yicha tadbirlar tizimini nazarda tutadi. Shuningdek, ko`zda tutilgan ishlarning amalga oshirilishini, bajarilishini nazorat qilish ham tashkiliy ishlarning muhim printsiplaridan biridir. a) tashkiliy; b) taluqliy; v) tayyorlov (rejani tuzish, muddatini belgilash, javobgarlik, tadbirni amalga oshirishning nazorat shakllari); g) jamoada muhokama qilish va uni tasdiqlash.

Huquqiy tarbiya tadbirlarning davriy va istiqboldagi nazorati mavjud bo`lib, davriy nazoratda tadbirlar qanday bajarilganligi, qo`yilgan kamchiliklar tahlil qilinadi. Kelgusidagi nazoratda esa, huquqiy tarbiya rejalarini sifatini, nazarga olingan ishlar bilan bajarilgan ishlar o`rtasidagi farqlar, aloqalar tahlil qilinadi. Bu ikki usuldagi nazoratni birligi va o`zaro aloqasini o`rnatish juda muhimdir. Chunki bu nazorat jarayonini va huquqiy tarbiya tadbirlarini bajarilishini birlashtirishga yordam beradi.

Huquqiy tarbiyada kompleks yondoshuvni amalga oshirishda ilmiy-uslubiy qoidalar muhim ahamiyatga ega. Shulardan biri o`quv jamoasida qonuniylik ahvolining hisobi va bola lar huquqiy ongining darajadaligidir. Bu shuni bildiradiki:

a) Huquqbuzarlikning tarqalganligi va xarakterini o`rganish (sifati va soni jihatidan);

b) Huquqbuzarliklarning sodir etilishining sababi va sharoitlarini tahlil qilish;

v) Huquqbuzarliklarni va ularni sodir etuvchilarning aniq hisobini yuritish.

g) bola lar huquqiy ongidagi kamchiliklarni nima sababdan paydo bo`layotganligi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Ammo huquqiy tarbiyaga kompleks yondoshish hamma narsaga va sohaga birdan yopishib olish degani emas. Shuning uchun bu yerda differentsial qoidaga amal qilish lozim. Differentsial yondoshuv quyidagicha:

Har bir jamoasining ijtimoiy-siyosiy va boshqa o`ziga xos tomonlarini hisobi ya'ni mutaxassiligi, yosh xususiyatlari, axloqiy ruhiy muhiti, umumiy savodxonlik darajasi; guruhiy va individual huquqiy ongga mafkuraviy ta'sir ko`rsatish shakllarini nazarga olish.

Bu yondoshuvda har bir shaxeanik, bir ijtimoiy-huquqiy tavsifga ega ekanligini yoddan chiqarilmaslik kerak. Uni bir-biriga zid bo`lgan tarkibiy qismlar tashkil etadi:

-shaxsning huquqiy maqomi (umumiy yoki maxsus);

-huquqiy ongi;

-huquqiy xulq-atvori. huquqiy maqom bir tomondan shaxsning huquq va erkinliklarini, boshqa tomondan, yuridik majburiyatlar va javobgarlikni o`z ichiga oladi. Shaxsga bo`lgan hurmat va talabning birligi qoidasi esa fuqaroning konstitutsiyaviy maqomidan ya'ni uning jamiyat va davlat oldida huquqlari va burchlaridan kelib chiqadi. Bola larga xizmat va talabchan munosabatlarda bo`lish, huquqiy tarbiya jarayonida bir-biridan ajratib bo`lmas vazifalardir.

«Iloji boricha, insonga ko`proq talabchan bo`lish kerak, shu bilan birga unga shuncha hurmat ko`rsatish lozim»,-deb ta'kidlaydi A.S.Makarenko. Bola larga hurmat va ishonch bildirilsa-yu, hech narsa talab qilinmasa, nazorat bo`lmasa, bu ularda javobgarlik hissini uyg`otadi, huquqiy nigilizmni paydo qiladi.

Huquqiy tarbiya berishda uning samaradorligi haqida so`z yuritar ekanmiz, umuman «samaradorlik» tushunchasiga to`xtalib o`tishimiz darkor. Bu muammo ustida ko`plab jamiyatshunoslarimiz izlanganlar, jumladan, faylasuflar samaradorlik deganda maqsadli imkoniyatlarning o`lchovini tushunishadi.

«Samaradorlik», «samara» atamalari arab, fors-tojik tilidan o`zbek tiliga o`zlashgan bo`lib, «natija», «oqibat», «meva», «sermaxsullik» degan ma'nolarni bildiradi.

Bu muammo ustida ishlayotgan iqtisodchilar samaradorlikni iqtisodiy zaruriy natijalarga erishish bilan bog`lashadi. Rejalashtirilgan maqsadga yaqinlashish bosqichini samaradorlik o`lchovi, deb qarashni taklif qilishadi. Ammo iqtisodiy samaradorlik, ma'lum ma'noda ketgan xarajatlar bilan asoslanadi.

Shu sababli samaradorlikni iqtisodiy tomondan tushunib, to`g`ridan-to`g`ri huquqiy tarbiya sohasiga o`tkazish, qo`llash mumkin emas. Bu yerda iqtisodda uchraydigan mahsulot ishlab chiqarish, sarf bo`lgan moddiy xarajatlar, degan tushunchalar o`rnida, ularga nisbatan murakkabroq hosil bo`lgan natijani baholash, uzoqdan ko`ra bilish qiyin bo`lgan mafkuraviy faoliyat yotibdi.

Huquqiy tarbiya samaradorligi avvalo maqsadga erishish darajasiga bog`liq Ammo sotsiologiya sohasidagi mutaxassislar samaradorlikni, moddiy va moliyaviy, insoniy ressurslarni kam sarf qilgan holda yuqori natijalarga erishish mumkinligi bilan bog`lanadi.

Yuqoridagi muloxazalardan ma'lum bo`lishi xamma fanlar uchun samaradorlik tushunchasining yagona bir ishlangan shakli ishlab chiqilmagan. Shunday bo`lsada, «natija», «maqsad» kabi tushunchalarning bu sohada ishlatilishi, samaradorlikning umumilmiy tushuncha ekanligini anglatadi. Bu tushunchalarga huquqiy tarbiya samaradorligining tarkibini tuzuvchi tushunchalar sifatida qarashimiz mumkin.

Samaradorlik tushunchasiga turli huquqiy tarmoqlarida turlicha qarashlar mavjud. Ayrim mualliflar aytishadiki, huquqiy normalarning samaradorligi, ularning hayotda qanday faoliyat ko`rsatayotganligi bilan aniqlanadi. Bu fikr ham huquqiy tarbiyada o`zining qimmatiga ega, chunki huquqiy tarbiya ham ijtimoiy faoliyatning bir turi hisoblanadi.

Huquq normalarining samaradorliki tushunchasini tadqiqlar ekan U. Tojixonov, huquq samaradorligining muayyan mezonlari va ko`rsatkichlari mavjudligi, har bir tarmoq tuzilma, huquq normasi o`zining qo`shimcha xususiyatlariga ega ekanligini ta'kidlaydi. Ushbu fikri asosida konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirishning samaradorligi tushunchasi, uning mezonlari va ko`rsatkichlarini oydinlashtirib beradi.

Biz esa tadqiqotimizda huquqiy sohada samaradorlik tushunchasini, huquqiy tarbiya doirasida tadqiq qilishni lozim topdik.

«Samaradorlik», «samara» kabi atamalar qatori «samarasiz», «kam samarali» kabi tushunchalar ham ishlatiladi. Shundan kelib chiqib, huquqiy tarbiya samaradorligini to`rtta bosqichga ajratish maqsadga muvofiqdir: - yuqori samarali, o`rta samarali, kam samarali, samarasiz. Yuqori samarali deb, shunday huquqiy faoliyatga aytiladiki, unda oldiga qo`yilgan maqsadga erishiladi. O`rta samarali huquqiy faoliyatda esa, rejalashtirilgan vaqtga aniq maqsadlarga erishiladi va u zamonaviy talablar darajasiga javob beradi. Kam samarali huquqiy faoliyatda, ijobiy natijalar o`ylanganidan ko`ra sezilarli darajada past bo`ladi. Nihoyat, samarasiz huquqiy faoliyat deb, berilgan yo`nalish bo`yicha ijobiy natijalar berishga qodir bo`lmaslik, sarf bo`lgan moddiy ma'naviy, mehnat tartiblarini oqlay olmaslik tushuniladi.

Tahlilimiz so`nggida huquqiy tarbiyada samaradorlik tushunchasiga to`xtaladigan bo`lsak, uni ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqib quyidagi asoslash mumkin. Real tarbiya vositalaridan unumli foydalangan holda, optimal muddatda va eng kam ma'naviy, moddiy va tashkiliy xarajatlar bilan bola larning huquqiy bilimlarini egallashlarini, ularning e'tiqodi, asoslari va amaliy harakati ko`rsatmalari jamiyat talablari bilan muvofiqlashganligi bolalarning huquqiy tarbiyasining samaradorligidir. Vaholanki, huquqiy tarbiya o`zining pirovard natijasi bilan huquqiy bilimlarni oshirihi va qonunlarning izchil bajarish kerakligi e'tiqodini shunday jamiyat voqeligidan izlash kerak bo`lar ekan, ular huquqiy bilimlar darajasini, qonun buzilishlariga toqat qilmasligini anglatadi.

Bu ko`rsatkich (tanlangan guruhda a'zolardan qanchasi huquqiy tarbiyaga jalb etganligining foizi), samaradorlikning faqatgina bir tomonini, ya'ni son jihatdan tavsiflaydi. Qaysiki, bu ko`rsatgich fuqarolarning xulq-atvori, huquqiy ongidagi o`zgarishlarni aniqlashga asos bo`lib xizmat qoladi.

Shuningdek, huquqiy tarbiyaga oid har bir o`tkazilayotgan tadbir samaradorligini tahlil qilish ham maqsadga muvofiqdir. Biror bir huquqiy mavzudagi ma'ruzaning samarasini aniqlash uchun quyidagi reja asosida tahlil qilish mumkin:

-ma'ruza mavzusi dolzarbligi jihatidan to`g`ri tanlanganmiq

-tanlangan mavzu tinglovchilarning oldiga qo`yilgan maqsadlariga muvofiqmiq

- tinglovchilar oldindan bo`lishi kerak bo`lgan ma'ruza haqida ma'lumotga ega bo`lishganmi, (bu ularning ma'ruza bo`yicha o`ylash va savollar berishga tayyorgarligiga yordam berishi kerak);

-ma'ruzaning o`tkaziladigan joyi, uning jihozlanishi;

-ma'ruzaning mazmuni: uning dolzarbligi, yangilik tomonlari, tinglovchilarning huquqiy ongi, yoshi, mutaxassisligiga mos yoki mos emasligi;

- ma'ruzachining mahorati: bilimi, mavzuni tinglovchiga yetkaza bilishi, ularda qiziqish uyg`ota olishi, mahalliy hayotiy misollarni mohirona qo`llay bilishi;

- ma'ruzaning borishi; qatnashuvchilarning soni, kim tomonidan olib borilishi, tinglovchilarning faolligi, e'tibori, ularning bergan savollari va tanqidlari, tinglovchilarning qoniqishi, ma'ruzachi o`z oldiga qo`ygan maqsadga erishganligi va nihoyat ma'ruza bo`yicha umumiy taasurotlar hamda ma'ruzachiga takliflardan iboratdir. Bu albatta, namunaviy yo`llanma bo`lib hisoblanadi. Ammo ushbularga e'tibor bergan holda, huquqiy tarbiya samarasini aniqlash uchun, har bir tarbiyachi o`ziga xos shakllarda ishlab chiqishi va tahlil qilishi mumkin.

Huquqiy tarbiya samaradorligini oshirishning yana bir muhim tomoni shundaki, tarbiyachilarning o`zlari zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan bo`lishi va bola larda huquqiy ongni shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish uslubiyotini egallashi lozim huquqiy ong-ijtimoiy ong shakllaridan biri bo`lib, mavjud huquqiy voqea-hodisalarni, shuningdek huquq yordamida tartibga solinishi mumkin bo`lgan hodisalarni aks ettiradi yoki qisqa ma'noda huquqiy ong-huquqni anglash demakdir.

Huquqiy ongda quyidagi besh elementni ajratib ko`rsatish mumkin: huquqni bilish, huquq haqidagi tasavvur, amaldagi huquqqa munosabat, huquqqa qo`yiladigan talablar, huquqiy ko`rsatmalarning ijro etilishiga munosabat. Ularning xammasi bir-biri bilan o`zaro chambarchas bog`langan va o`zaro aloqadorlikdir. Shu bilan birga ular o`ziga xos shakllanish xususiyatiga ega va huquqiy ong «faoliyati» da turli rollarni o`ynaydigan har xil elementlar bo`lib, buni albatta huquqiy tarbiya jarayonida hisobga olish zarur. Ya'ni huquqiy ta'lim-tarbiyada yuqorida ko`rsatib o`tilgan huquqiy ong elementlarining bola larda shakllantirmoq zarur. Mabodo, bola huquqni bilsa, tasavvur qilsa-yu, ammo huquqiy ko`rsatmalarning ijro etilishiga passiv munosabatda bo`lsa, bu huquqiy ongning to`laqonli shakllanmaganligini yaqqol ko`rsatadi.

Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida, doimo huquqiy ma'rifatni takomillashtirib borib, tarbiya ta'sirining yuksak samarasiga erishish lozim. Buning uchun bola lar e'tiborini huquqiy xarakterdagi ma'lumotlarni o`rganish yo`llari kabi chuqur tadqiqotlarga qaratish kerak. Bunda iloji boricha bola larning huquqiy ma'lumotlarini qabul qilishi, tushunishi va eslab qolishiga e'tibor berish lozim. Bu tadqiqotlar asosida qanday qilib, qaysi yo`llar bilan bola lar auditoriyasiga ta'sir ko`rsatish, iloji boricha unga ishonarli tarzda, oson o`zlashtirishiga yordam beradigan, unda taassurotlar qoldira oladigan ta'lim-tarbiya yo`llarining aniq yo`l-yo`riqlarini ishlab chiqish zarur.

Ma'lumki, huquqiy tarbiya quyidagilarni o`z ichiga oladi barcha huquqlar va ularning ko`rsatmalari mazmunini o`rganish (yoki tarbiyaning intellektual tomoni);

a) huquqning zarurligi, adolatliligi, hamma uchun tengligi, foydaliligiga bo`lgan ishonchni shakllantirish (tarbiyaning baholash tomoni);

b)tarbiyalanuvchilarda huquqiy faollikni, huquqiy me'yorlarga rioya etishni, huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlikni shakllantirish (tarbiyaning irodaviy elementi).

Albatta, yuksak darajadagi ta'lim, huquqiy normalar mazmunini bilish bo`yicha bilimning keng va qat'iyligi, huquqiy me'yoriy axloqning shakllanishidagi faktorlardan biridir. Lekin huquqni bilishlik, unga itoat etishlikni kafolatlamaydi. Bu yerda, shu narsaga e'tibor berish kerakki, bola larda huquqiy ko`rsatmalarning mazmunini o`rganishga ketgan kuch, unchalik e'tiborga loyik, emas. Chunki bola lar intellektual rivojlangan, turli ma'lumotlarni tezda qabul qilib olishadi, shuning uchun huquqiy ma'lumotlarni o`zlashtirib olishi ham osonlikcha kechishi mumkin.


Nazorat savollari:

1. Qonun va qonun osti hujjatlarini bir-biridan farqlab bering.

2. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadini aytib bering?
Adabiyotlar ro‘yhati

1.Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

2.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y

3.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013 y

4.Tojieva M. Yangi kasb egalarini tayyorlash. Maktabgacha ta'lim j., 2008. 3-son. 2-3 b.

5.Bolalar entsiklopediyasi. 2-nashr. –T. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. -664 b.

6.Kutsakova L.V., Merzlyakova S.I. Vospitanie rebyonka-doshkolnika. Programm. Metodich. Posobie. –M. Gumanitarno`y izdatelskiy sentr. Vlados. Rosinka. 2004. -386 st.

7.Kozlova S.A,Kulikova T.A. Doshkolnaya pedagogika. M., «Prosveщenie». 2000.


Qo‘shimcha adabiyotlar

8. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b.

9.Sh. M. Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonni

10.Sh.M. Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarori

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-son farmoni

13.O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi  “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

14.“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma. T:, 2001.

15.F.Qodirova, SH.Toshpo‘latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2013

Internet saytlarii

1. www. tdpu. uz

2.www. pedagog. uz

3.www. Ziyonet.uz


Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish