Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir yondoshuvlar



Download 12,39 Mb.
bet230/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   569
Bog'liq
boy ota

Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir yondoshuvlar.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri qanchalik kuchli ekanligi ko‘pdan buyon munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, ijtimoiy omillar sirasiga kiruvchi tarbiya inson kamolotiga xizmat qilar ekan, shaxsda ijtimoiy muhitning ta’siri tarbiya orqali namoyon bo‘ladi. Inson bu jarayonda muhit bera olmagan bilim, ma’lumotga ega bo‘lib, unda mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma, malakalar shakllanadi. Zamonaviy pedagogikada shaxs rivojlanishiga doir to‘rt yondashuv mavjud:

1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. U jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.

2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, hayot faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiyla­shadi.

3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.


4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi.

Bolalarning ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirish­qoqligi asab tizimi faoliyatining ta’siri natijasida namoyon bo‘lib, tarbiyachi bu jarayondan voqif bo‘lishi zarur. Shuningdek, kichkintoyning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasidan ham xabardor bo‘lishlari talab etiladi.

Bir yoshgacha bo‘lgan bola nutqqa ega bo‘lmasa-da unda gapni tushunish, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyati kuzatiladi. Shuning uchun ham go‘daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo‘lgan vaqtda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Kichkintoy bir yoshgacha bo‘lgan paytda esa, dastlabki so‘zlarni ayta boshlaydi. Bunda kattalar, asosan, oila a’zolari go‘dakni to‘g‘ri parvarish qilishni yo‘lga qo‘yishlari lozim. “Bola tushunmas ekan” deb unga befarq bo‘lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlarning nomini to‘g‘ri talaffuz qilishlari kerak.

Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar)ning rivojlanish davri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan vaqt mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, kichkintoy musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tu­shishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi rivojlanadi.

Kichik guruh (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qo‘y­ganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg, bo‘yi 90-95 sm.ga yetadi. Tayanch-harakat organlari takomillashib, asab tizimi taraqqiy etib boradi. 3 yoshli jajjilar qisqa muddat davomida o‘z xatti-harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Ularda mustaqil bo‘lishga intilish hissi ortib, sensor idroki, jamoa bo‘lib o‘ynash malakalari rivojlanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi.

Tasviriy hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazla­shadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanib, taxmin qilish imkoniyatlari vujudga keladi.


O‘rta guruh (4-5 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Kichkintoy to‘rt yoshga yetgach, uning jismoniy o‘sishi birmuncha jadallashadi, bo‘yi 105-108 sm.gacha o‘sadi, og‘irligi esa 18-19 kg.ni tashkil etadi. Bu davrda uning miyasi, katta yarimsharlar po‘stlog‘ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib, qiyoslash ko‘nikmasi shakllanadi.

Katta guruh (5-6 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Ushbu davrda bolaning bo‘yi 7-8 sm.ga o‘sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bu yoshda bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli muntazam noto‘g‘ri o‘tirish natijasida qiyshayishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga, gavdani tik tutgan holda o‘tirishga alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Olti yoshga yetganda miya po‘stlog‘ining asab katakchalari rivojlanib, og‘irligi va tashqi ko‘rinishi kattalarnikiga o‘xshaydi.

Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi. 6-7 yoshli bola o‘zini idora qilish va harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yosh­dagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Ushbu davrda kichkintoyning bo‘yi 120 sm.ga o‘sib boradi, og‘irligi 22-24 kg.ga yetadi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga, gigiyenik malakalarni egallashga intiladi.

Bolalar tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun kichkintoy rivojlanishidagi turli yosh davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhim. Chunki bola organizmining o‘sishi, rivojlanishi, ruhiy taraqqiy etishi har bir yosh davrlarida turlicha kechadi.



Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish