Tajriba o’rganish va umumlashtirish metodi. Pedagogik tajriba tushunchasi ko’p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng ma'nosi ta'lim va tarbiya amaliyotidir. Pedagogik tajribaning asosiy maqsadi — maktabgacha muassasalarda olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlari qay darajada amalga oshirilayotganini o’rganishdir. Pedagogikadagi mavjud muammolarni hal etish uchun ta'lim-tarbiya jarayonini o’rganish, amaliy xodimlarning ijodiy nashrlarini nazariy asosda idrok etish va qayta ishlab chiqish, ya'ni ilg’or tajribani umumlashtirish, yoyish katga ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |