Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi



Download 0,52 Mb.
bet29/78
Sana14.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#797358
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
Bog'liq
kichik majmua

Gimnastikaning turlari

Sport gimnastikasi


'Sport gimnastikasi' - sportning asosiy turlaridan biri. Ayollar va erkaklarning maxsus gimnastika anjomlari (snaryadlari)da va e in mashklar boʻyicha oʻtkaziluvchi musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Katta jismoniy kuch, chaqqonlik, qoʻrqmaslik, harakatlarni muvofiqlashtirishda aniqlikni talab etadi. Zamonaviy S.g .ga 19-asr boshida nemis mutaxassisi F.L.Yan (F.L.Jahn) asos solgan. 1973 y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tasdiqlagan zamonaviy S.g . dasturiga erkaklar oʻrtasida (erkin mashqlar, otda, halqalarda bajariladigan mashqlar, tayanib sakrash, muvoziy (parallel) qoʻshpoyada va yakkachoʻpda bajariluvchi mashklar) hamda ayollar oʻrtasida (tayanib sakrash, xodada, har xil balandliqsagi qoʻshpoyada bajariladigan va erkin mashklar) oʻtkaziladigan shaxsiy va jamoa birinchiliklari kiradi. Har bir mashqda majburiy (Xalqaro S.g . federatsiyasi tomonidan belgilanadigan) va erkin (rasmiy talablarni inobatga olib sportchilarning oʻzlari tuzadigan) kompozitsiya boʻladi. Mashklarning bajarilishi 10 balli tizim asosida baholanadi. Xalqaro S.g . federatsiyasi FIJ (1881 y. tuzilgan)ga 100 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1896 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1903 yildan jagʻon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Oʻzbekistonda S.g . keng rivojlanib bormoqda. Respublikada mazkur sport turiga ixtisoslashgan 7 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari mavjud boʻlib, ularda 70 nafardan ziyod murabbiy 1000 dan ortiq oʻgʻilqizga ustozlik qiladi. Xalqaro toifadagi sport ustalari O. Chusovshpina, A. Gordeyeva 2004 y. Afinada boʻlib oʻtadigan 28yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Xalqaro toifadagi sport ustalari A. Fokin, A. Markelov, Oʻzbekiston sport ustalari F. Xoʻjayev, A. Ninkova, B. Gayfulina, N. Jalilova, S. Akopyans, K. Hasanov, I. Rahmatov, R. Osimov, I. Ponamarev va boshqa mamlakatimiz hamda xorijda oʻtkazilayotgan yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib keladi.
Badiiy gimnastika
Badiiy gimnastika – sport turi, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilann va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish boʻyicha ayollar musobaqalari.
Xalqaro sport musobaqalarining hozirgi zamon dasturida koʻp kurash (bitta majburiy va buyumlar bilann uchta erkin mashqlar) hamda buyum bilan guruh boʻlib erkin mashqlari mavjud. Gʻoliblar koʻp kurashda, alohida va guruh boʻlib bajariladigan mashqlarda aniqlanadi. Sportchilarning mashqlari 10 balli tartib boʻyicha baholanadi. 40-yillardan badiiy gimnastika musobaqalari oʻtkazila boshlandi. 50-yyillar oxirida Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) badiiy gimnastikani sport turi sifatida tan oldi. 1963-yildan toq yillari jahon chempionatlari oʻtkazilmoqda, 70-yillar boshidan Intervideniye Kubogi uchun yirik xalqaro musobaqalar tashkil qilinmoqda. 1984-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari terma jamoasi 1991-yil Simferopolda oʻtgan ittifoq chempionatida 1-oʻrinni oldi. 1996-yil Osiyo chempionati (Xitoy)da, 1997-yil jahon chempionati (Germaniya)da ishtirok etdi (terma jamoa bosh ustozi A. Malkina, xoreograf V. Vasilyev, jamoa aʼzolari I. Zamyatina, T. Budarina, F. Sharipova, L. Meshcheryakova).
Akrobatika
Akrobatika (yun. akrobotes – oyoq uchila yuraman, yuqoriga chiqaman) – 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi; 2) sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan, kuch, epchillik namoyish qilinadigan va boshqa maxsus jismoniy mashqlar majmuasi, sport turi. Sport A.si 20-asr 30- yillarida paydo bo‘ldi. Bu sport turida sakrash mashqlari quyidagicha bajariladi: ay-lanishlar, do‘mbaloq oshishlar, salto. Bu harakatlarni bajarganda sportchi avvalo o‘z muvozanatini, so‘ng sheriklarining muvozanatini saqlashi zarur. A. musobaqalari kuyidagi turlarga bo‘linadi: akrobatik sakrashlar (erkak va ayollar); aralash juftliklar mashqi (erkak va ayol); erkaklar juftlik mash-klari; ayollar guruhli mashqlari; erka-klar guruhli mashqlari (ikki yoki to‘rt kishi); batut (sakragich) ustida (erkaklar va ayollar) mashklari. Xalqaro sport A. si federatsiyasiga (1973 yil asos solingan) 29 mamlakat a’zo (1987). 1974 yildan jahon, 1978 yildan Yevropa chempionati o‘tkaziladi. A. sporti O‘zbekistonda 1936 yildan rivojlana boshladi. Oʻzbekiston Respublikasida N. Lakiza, M. Teshaboyev, M. Tojiyev, D. Ko-stin, R. Isyanov, V. Babich, M. Qodirova, Ya. Muhamedov mashhur akrobatchilardir; 3) sirk san’ati janri. Misr, Yunoniston, Rim, Vizantiya, Xitoy, Yaponiyada kad.dan ma’lum. O‘rta asrlarda A. Tur-kiston masharabozlik san’atidan o‘rin egallab, dorbozlikda keng qo‘llanilgan. Boshqa mamlakatlarda mim janrida chiquvchilar (Italiyada), jonglyorlar (Fransiyada) faoliyatida namoyon bo‘lgan. 26918-asr oxirlaridan sirkda keng tarqaldi. Asosan, dinamik va statik mashqlarga bo‘linadi. Dinamik mashqlar umbaloq oshish, to‘ntarilish, salto (turgan joyda muallaq holda umbaloq oshib, yana o‘z vaziyatiga kaytish) harakatlaridan; sta-tik mashklar turli vaziyatda muvozanat saqpash, chalqanchasiga ag‘darilib, gavdani "ko‘prikcha" qilish kabi mashqlardan iborat. Kuch A.si (qo‘lda yoki boshda tu-rish, muvozanat saqlash), sakrash A.si (ikki yoki undan ortiq kishining sa-krashi, flik-flyak, saltomortale, g‘ildiraksimon sakrash va boshqalar), yelka A.si (3 kishidan kam bo‘lmagan holda, ulardan biri yelkadan yelkaga sakraydi), komik A. (masharabozlar grimda chiqib tasodifan qoqilib ketgandek bo‘lib, tomoshabinlarni kuldiradi, dor, to‘rnik, batut va manej ustida kulgili mashklar bajaradi) va boshqa A. o‘yinlari bor. Ot ustida A. (chopib ketayotgan ot ustida mashqlar ba-jarish) zamonaviy sirkda asosiy janrlardan biri. O‘zbekiston sirk va estrada dasturlarida A. dan keng foydalaniladi. Maxsus (sirk, teatr) o‘quv yurtlarida A. alohida daryo sifatida o‘qitiladi.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish