Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi
Oila bolaning shaxsi shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy
guruxdir. Oila ijtimoy mikromuhitdir. Ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omillaridan biridir. U bolaning
jismoiny, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga
kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta-
sekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir.
Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamalakat madaniyatiga,
uning ma’naviy-axloq qoidalariga, xalq an’analariga bolani o‘rgatish – ota-onalarning majburiy
vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |