Guruh yetakchisi: R.Do’lanov
Fakultet yetakchisi: D.Umarov
Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti MG’MAHT yo’nalishi 1-kurs 101-guruhi talabasi Mamatqulov Ulug’bekning 7-dekabr kuni olib brogan ishlari yuzasidan
HISOBOTI
2016-yil 7-dekabr kuni “8-dekabr– O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan ARMda, “Siz qonunni bilasizmi?”, “Biz qonunni o’rganamiz” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirni ochi berish uchun Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor A.Xamraqulov o’z so’zida Bu yil respublika bo’ylab O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi nishonlanmoqda. Yurtimizning barcha aholisini mazkur umumxalq bayrami munosabati bilan chin dildan muborakbod etdi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 128 moddadan iborat. U „Mustaqillik Deklaratsiyasi", „O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida"gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar haqida gapirib o’tdi.
Tadbirda Konstitutsiyamizda belgilangan qonunlar ko’rib chiqildi. Kiritilgan o’zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Talabalari o’rtasida munozara tarzida guruhga bo’lgan holda musobaqa tashkil etildi. Bir-birlaridan qolishmaslik maqsadida talabalar o’zlarining bor mahoratini ko’rsatishga xarakat qilishdi.
Men ushbu tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam berdim.
Guruh yetakchisi: R.Do’lanov
Fakultet yetakchisi: D.Umarov
Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti MG’MAHT yo’nalishi 1-kurs 101-guruhi talabasi Mamatqulov Ulug’bekning 10-dekabr kuni olib brogan ishlari yuzasidan
HISOBOTI
2016 yil 10-dekabr kuni Universitetning kichik majlislar zalida “10 – dekabr – O`zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha bo’lim boshlig’I A.Akbarov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti yetakchisi E.Xolmirzayev va talabalar ishtirok etdi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 24-yil to‘ldi. Davlatimiz madhiyasi xalqimizning bosh qo‘shig‘i sifatida dunyo bo‘ylab baralla yangramoqda. Bu qo‘shiq bizning hech qachon hech kimdan kam bo‘lmaganimiz va kam bo‘lmasligimizning yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri, O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamiz ko‘nglimizdan chuqur joy olgan. Uni har gal tinglaganimizda vujudimizda sirli hayajon uyg‘onadi, tomirlarimizda Vatanga muhabbat va sadoqat, istiqlolga shukronalik tuyg‘ulari jo‘sh uradi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |