2 - joriy nazorat bo’yicha baholash mezoni
Agar talaba tajriba, seminar mashg’ulotlarga muntazam va faol qatnashib, o’qitishni tashkil qilish shakllari, o’qitishning psixologik asoslari, o’qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatining hususiyatlari, o’qituvchi pedagogik faoliyatning sub’ekti sifatida, o’qituvchining o’quv faoliyati. o’quv faoliyatining tuzilishi,o’quv faoliyatining strukturasi, o’quv maqsadlari, ularni qo’yish usullari, o’quv mashg’uloti va uning tuzilishi, turlari, o’quvchilarning o’quv faoliyatini shakllantirish, o’quv faoliyatida o’quvchining o’rni, O’rta asrlar davridagi Markaziy Osiyo mamlakatlari kasb-hunar ta’limini tahlil qilish va o’rganish sabablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (o’mkht) mutaxassislari, ularning vazifalari, o’qitish nazariyasi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari, o’zlashtirish darajalari, o’zlashtirish jarayoni, tahlil qilish, o’zlashtirish jarayonining o’quv faoliyatidagi o’rni, pedagogik faoliyat tizim sifatida, ularning tarkibiy qismlari, seminar treninglar o’tkazish metodikasini o’rganish, ta’lim ijtimoiy hodisa sifatida, ta’lim maqsadlarini to’g’ri belgilash. , ta’lim va o’qitish mazmuniga qo’yiladigan talablar, zamonaviy ma’ruza va unga qo’yiladigan talablar mavzulari boyicha to’la tushunchaga ega bolsa, tushunchalarini izohlay olsa, mavzular bo’yicha savol va topshiriqlarni uzluksiz ravishda daftariga qayd qilib borsa belgilangan ballning 86-100 % miqdorida, ya’ni 12 - 13 ball bilan baholanadi.
Agar talaba barcha tajriba, seminar mashg’ulotlariga muntazam qatnashib, yuqoridagi mavzular boyicha umumiy tushunchaga ega bolsa, biroq tushunchalarini izohlashga bir oz qiynalsa, mavzular bo’yicha savol va topshiriqlarni daftariga qayd qilib borsa belgilangan ballning 71-85 % miqdorida, ya’ni 10 - 11 ball bilan baholanadi.
Agar talaba yuqoridagi mavzular haqida qisman tasavvurga ega bo’lsa, dars qoldirmagan, avvalgi nazorat turlarini to‘la topshirgan, vazifalarni bajargan, mavzuni reja asosida yoritgan, lekin o‘quv materialiga ijodiy yondashishga qiynalgan, mavzuga doir ilmiy tushunchalarni izohlashda qiynalgan, darsda sust qatnashgan, mavzular bo’yicha savol va topshiriqlarni daftariga qayd qilib borishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’ygan talabalarga belgilangan ballning 55-70 % miqdorida, ya’ni 7. 5 - 9 ball bilan baholanadi.
Agar talaba muntazam ravishda dars qoldargan, yuqoridagi mavzular bo’yicha tasavvurga ega bo’lmagan, daftar yuritmagan talaba belgilangan ballning 0-54 % miqdorida, ya’ni 0 - 7 ball bilan baholanadi va fanni o’zlashtirmagan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |