ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI
INFORMATIKA KAFEDRASI
Kasb ta’limi metodikasi
5111000-Kasb ta’limi (5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari )
bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun
Kasb ta’limi metodikasi fanidan o‘quv yuklamasi hajmi.
Ma`ruza - 26 soat
Tajriba mashg`ulot - 26 soat
Seminar mashg`ulot - 24 soat
Mustaqil ta`lim - 34 soat
Maksimal ball - 100
Saralash bali - 55
Fan bo`yicha reyting tizimi
Ma`lumki, reyting tizimi talabalarning fanni muntazam tizimli ravishda, ya`ni belgilangan muddatlarda va hajmda o`zlashtirishni tashkil etishga bir tomonda qaratilgan bo’lsa, o`qituvchining baholashga xolisligini ta`minlashga qaratilgan.
Bu tizimda talabalarning bilimlarini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy baholash og`zaki,test va yozma tarzda amalga oshiriladi.
Joriy va oraliq baholashlar soni fanning umumiy o`quv soatlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi. 2,3- kurs talabalari Kasb ta’limi metodikasi fanidan umumiy hajmi 166 soat bo`lgan, ya`ni 40 soat ma`ruza , 40 soat tajriba, 36 soat seminar hamda 50 soat mustaqil ta’lim hajmida bo`lgan dars soati ajratilgan. Joriy baholashlar har bir seminar va tajriba mashg`ulotlarda 100 ballik tizim asosida baholanadi. Oraliq baholash ham shu tarzda amalga oshiriladi.
ADU talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi nazоrati O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrug’I bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10 iyulda 1981-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan reyting tizimi to’g’risidagi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son Buyrug’i bilan Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-1-son bilan davlat ro’yxatidan qayta o’tkazilgan nizom asоsida amalga оshiriladi.
4 semestr
Fan nomi
|
Soatlar
|
Joriy baholash
|
Oralik baholash
|
Ya B
30
|
Ma’ruza
|
Tajriba
|
Seminar
|
Mustaqil
|
amaliy
|
mustaqil
|
Ma’ruza
|
mustaqil
|
soni
|
Ball
|
jami
|
Soni
|
ball
|
jami
|
soni
|
ball
|
jami
|
soni
|
ball
|
jami
|
Turi
|
Kasb ta’limi mеtodikasi
|
14
|
14
|
12
|
16
|
1
|
25
|
25
|
1
|
10
|
10
|
1
|
25
|
25
|
1
|
10
|
10
|
Yozma
|
5 semestr
Fan nomi
|
Soatlar
|
Joriy baholash
|
Oralik baholash
|
Ya B
30
|
Maruza
|
Tajriba
|
Seminar
|
Mustaqil
|
amaliy
|
mustaqil
|
Ma’ruza
|
mustaqil
|
soni
|
Ball
|
jami
|
Soni
|
ball
|
jami
|
soni
|
ball
|
jami
|
soni
|
ball
|
jami
|
Turi
|
Kasb ta’limi mеtodikasi
|
26
|
26
|
24
|
34
|
1
|
25
|
25
|
1
|
10
|
10
|
1
|
25
|
25
|
1
|
10
|
10
|
Yozma
|
NAZORAT TURLARINI O`TKAZISH TARTIBI
1. Joriy nazoratni o`tkazish tartibi:
Ushbu nazorat turi auditoriyada akademik guruhning barcha talabalari ishtirokida quyidagi shakllarda o`tkaziladi:
amaliy mashg`ulotlarni va tajrba mashg’ulotlarni ijrosini tekshirish;
mustaqil ish topshiriqlarini tekshirish.
2. Oraliq nazoratni o`tkazish tartibi:
Ushbu nazorat turi auditoriyada potok yoki akademik guruhdagi barcha talabalar ishtirokida quyidagi shakllarda o`tkaziladi:
kollokvium;
test sinovlari o’tkazish.
3. Yakuniy nazoratni o`tkazish tartibi:
Ushbu nazorat turi auditoriyada oqim yoki akademik guruhning barcha talabalari ishtirokida 4 semestrda “Yozma” tartibida o`tkaziladi.
5 semestrda esa “Yozma” tartibida o`tkaziladi, jami variantlar soni 25 ta. Har bir variant 3 ta nazariy savol va 2 ta amaliy topshiriqdan iborat.
“Kasb ta’lim metodikasi” fanidan talabalar bilimini rеyting tizimi asosida baholash mеzoni.
Dars qoldirmagan, avvalgi nazorat turlarini to‘la topshirgan, vazifalarni to‘la bajargan, darsda faol qatnashib, mavzuni reja asosida ijodiy yoritgan, ilmiy tushunchalarni izohlay olgan va ular bilan bog‘liq tushunchalarni anglay olgan, nazariy ma’lumotlarni amaliy materialga tatbiq qila olgan, xulosa va qaror qabul qila olgan, ijodiy fikrlay olgan, mustaqil mushohada yurita olgan, olgan bilimlarini amalda qo`llay olgan, mohiyatini tushungan talabalarga - 86-100 %
Dars qoldirmagan, avvalgi nazorat turlarini to‘la topshirgan, vazifalarni to‘la bajargan, darsda faol qatnashib, mavzuga tegishli ilmiy tushunchalarni izohlay olgan, biroq mavzuga oid tushunchalarni va ular bilan bog‘liq ta’riflarni bilgan, mustaqil mushohada yurita olgan, olgan bilimlarini amalda qo`llay olgan, mohiyatini tushungan, mavzuga oid matndan qisman yod bilgan talabalarga - 71-85 %
Dars qoldirmagan, avvalgi nazorat turlarini to‘la topshirgan, vazifalarni bajargan, mavzuni reja asosida yoritgan, lekin o‘quv materialiga ijodiy yondashishga qiynalgan, mavzuga doir ilmiy tushunchalarni izohlashda qiynalgan, mavzu mohiyatini tushungan darsda sust qatnashgan talabalarga - 55-70 %
Ko‘p dars qoldiradigan, avvalgi nazorat turlarini topshirmagan, uy vazifalarini bajarmaydigan, aniq tasavvurga ega bo`lmagan, fanni bilmagan talabalarga - 0-54 %
Do'stlaringiz bilan baham: |