Hunarni asrabon netgumdur oxir?
Olib tuproqqami ketgumdur oxir?
Alisher Navoiy
Yoshlarni kasbga tayyorlashning Yangi mazmuni. O’zgargan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kichik mutaxassislar tayyorlashning ustivor yo’nalishlari.
Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlangan bo’lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa shaxs uchun ham, jamiyat uchun ham foydalidir.
Ongli kasb tanlash o’smirlar yetarli darajadagi umumiy va politexnik tayyorgarlikka ega bo’lgan taqdirdagina mumkin bo’ladi. O’quvchini u yoki bu kasbga maqsadli yo’naltirishdan avval uning shaxsini o’rganish lozim buning uchun uni kuzatish, o’quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila va mehnatdagi amaliy harakatlarini tahlil qilish, so’rovnoma o’tkazish, suhbat, test, intervyu olish mumkin. Kasbga yo’naltirishda turli kasblar, ularga qo’yiladigan talablar, bu kasbni qaerda egallashlari mumkinligi to’ғrisida o’quvchilarga ma’lumot berish katta ahamiyatga ega.
Kasb tanlash – jiddiy va mas’uliyatli ishdir. O’z hayot yo’lini jiddiy suratda belgilab olish oson ish emas. Buning uchun uzoq vaqt maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.
O’quvchilarning kasb–hunarga layoqatini o’rganish uchun ularning aqliy, jismoniy qobiliyatlarini bilish, malaka va ko’nikmalarini o’rganish lozim.
Ishchi mutaxassislarni tayyorlash har doim ham jiddiy masala bo’lib kelgan, chunki ishlab chiqarishning muvaffaqiyatlari ularning malaka darajasiga boғliq bo’lgan. Barcha rivojlangan davlatlar uchun ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida jismoniy mehnatning solishtirma oғirligi barqaror kamayib borish tendensiyasi xarakterlidir.
Ko’pchilik rivojlangan davlatlarda havfli va zararli ishlab chiqarish, monoton va bir xildagi ish bilan boғliq bo’lgan kam malaka talab qilinadigan ishlar mashina va robotlarga yuklatilmoqda.
Mehnat funksiyalarining o’zgarishi yoshlar uchun turli xildagi ishlarning o’ziga tortish mezonini aniq ajratib berdi. Bajarish jarayoni qiziqarli va ijodiy kuch-ғayrat talab qiladigan faoliyat asosiy o’ringa qo’yilmoqda.
Bu mehnat faoliyatining turli yo’nalishlari - sanoat va qishloq xo’jaligidan tortib to xizmat ko’rsatish sohalarigacha tegishlidir.
Dunyo olimlarining tadqiqotlariga ko’ra Yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga shiddat bilan kirib kelish tendensiyasi tez orada barcha joylarni qamrab oladi. Odat bo’lib qolgan ko’pgina ishlab chiqarish jarayonlari o’tmishga aylanmoqda yoki tubdan o’zgarmoqda. Zamonaviy kichik mutaxassis qadimgi hunarmand - ishchilarning eng yaxshi sifatlarini saqlab qolgan holda Yangi texnologiyalarga moslashishi va uni egallashga tayyor bo’lishi lozim.
Shunday qilib, mamlakat sanoati va xalq xo’jaligi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi yoshlarga kasb sirlarini o’rgatishda Yangi yondashuvlarni anglashdan iboratdir.
Bu qadimdan o’quvchilar uchun har doim zarur bo’lgan va ishlab chiqarishning istiqbolli talablarini hisobga oladigan qator sifatlarni shakllantirishdan voz kechishni bildirmaydi. Ular quyidagilar edi:
ishlab chiqarish va texnologik intizomni tarbiyalash;
jihoz va asboblarni asrab-avaylashni singdirish;
olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish;
ishlab chiqarish texnika va texnologiyasi, mehnatni tashkil qilish to’ғrisida, kasbni egallash va ishlab chiqarish malakasining keyingi rivojlanishi uchun zarur bo’lgan hajmda chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish.
Hozirgi bosqichda bo’lғusi mutaxassisdan ishlab chiqarishning o’zgarib borayotgan sharoitlariga oson moslasha oladigan va faol harakat qiladigan, ijodiy o’ylaydigan shaxs sifatlari talab qilinadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, zamonaviy mutaxassis quyidagi sifatlarga ega bo’lishi lozim: mehnat faoliyati davomida o’zini ongli ravishda o’zgartirish va rivojlantirish, kasbga o’zining individual ijodiy ulushini qo’shish, unda o’ziga xos o’rinni egallash. Demak, malakali mutaxassislar tayyorlashning asosiy yo’nalishi yoshlarga faqatgina bilim berishdan iborat bo’lmay, balki hayotning o’zi belgilab beradigan ustivor vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir.
So’nggi yillarda ishlab chiqarish hayotining jonlanishi natijasida malakali kichik mutaxassis xodimlar yetishmasligi sezilmoqda. Shuning uchun e’tiborni kasb-hunar ta’limiga qaratish va uning mazmunini Yangilash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki zamonaviy ishlab chiqarishda oddiy ishchi emas, balki malakali va yuqori malakali kichik mutaxassislar yetishmayapti. Bu vazifani hal qilish yaqin davrlarning eng dolzarb vazifasi hisoblanadi.
XXI asr ta’limi bo’yicha YUNESKO tomonidan taqdim etilgan Xalqaro komissiya ma’ruzasida ta’limning to’rtta asosiy tamoyili ko’rib chiqilgan. Ular qisqa satrlarda bayon qilingan bo’lib, chuqur mazmunga ega:
bilim olishni o’rganish – shaxsning shakllanishi va keyingi rivojlanishi Yangiliklarni uzluksiz kuzatib borish va mustaqil o’rganishni ko’zda tutadi;
ishlashni o’rganish – ishni oddiygina bajarish emas, balki har qanday buyurilgan ishga faoliyatli yondashuv tushuniladi (har bir bosqichdagi ish natijalari va o’z faoliyatini baholash va tahrirlashni bilish);
yashashni o’rganish – tez o’zgarayotgan zamon sharoitlariga moslasha olish, o’zini shaxsiy va oilaviy hayotga, kelajakdagi kasbiy faoliyatga ijodiy safarbar qila olish;
birgalikda yashashni o’rganish – dunyoga, insonlarga, o’ziga nisbatan qadr-qimmatni shakllantirish (jamiyat a’zosi sifatida individning barqaror ijtimoiy muhim jihatlari tizimini tarbiyalash).
Do'stlaringiz bilan baham: |