Suniy intellekt (artifical intelligence) - inson intellektining ba’zi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar majmausi.
Pedagogik axborot texnologiyalari – kompyuter, tarmoq texnologiyasi va didaktik vositalarni foydalanishga asoslangan texnologiyalar.
Taqdimot/prezentasiyalar (ing. presentation) – audiovizual vositalardan foydalanib ko‘rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli.
Ta’lim jarayonini masofaviy o‘qitish texnologiyasi – zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o‘quv jarayonini masofadan turib ta’minlaydigan o‘qitish usuli va vositalari hamda o‘quv jarayonlarini boshqarish majmui.
Ta’lim maqsadi – tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, faollik va mustaqillikni rivojlantirish, butun dunëqarashni shakllantirish va rivojlantirish.
Ta’limning kompyuter texnologiyasi - kompyuter texnikasi, kommunikatsiya vositalari, shuningdek, axborotlarni ifodalash, uzatish va yig‘ish, bilish faoliyatini nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘qituvchining vazifalarini modellashtiruvchi interaktiv dasturiy mahsulotlar asosida pedagogik sharotini yaratishning metod, shakl va vositalari majmui.
Teleanjuman – turli geografik joyllashtirilgan ikki va ko‘proq foydalanuvchilar guruhlarini o‘qitish maqsadida tv-texnologiyalari orqali axborotlar almashinish shakli
Test
№1
Elektron universitetlar bu …
Internetdan foydalangan holda ta’limning yangi texnologiya va shakli.
kompyuter texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi
nomlangan satr va ustun ko‘rinishidagi tartiblangan va turli tipdagi axborotlarni qayta ishlaydigan dastur.
elektron axborot-ta’lim resurslari majmuasi.
№2
Elektron darslik bu …

№3
Elektron jadval bu ….

№4
Elektron kutubxona bu …

№5
Multimediali darsliklar bu ….
multimedia texnologiyasi yordamida axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi darslik.
elektron axborot-ta’lim resurslari majmuasi.
nomlangan satr va ustun ko‘rinishidagi tartiblangan va turli tipdagi axborotlarni qayta ishlaydigan dastur
kompyuter texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi
№6
Didaktik vositalar bu ….
o‘quv fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshiruvchi pedagogik vositalar.
multimedia texnologiyasi yordamida axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi darslik.
kompyuter texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi
Internetdan foydalangan holda ta’limning yangi texnologiya va shakli.
№7
Virtual laboratoriya bu …
o‘rganilayotgan haqiqiy ob’yektlarda bo‘layotgan jarayonlarni kompyuter imitatsiyasi orqali taqdim etish va masofaviy kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan dasturiy majmua
o‘quv fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshiruvchi pedagogik vositalar.
multimedia texnologiyasi yordamida axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi darslik
nomlangan satr va ustun ko‘rinishidagi tartiblangan va turli tipdagi axborotlarni qayta ishlaydigan dastur.
Kalitlar barcha testda birinchi qatorda to’g’ri javob keltirilgan.