Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi mutaxassislik fanlarini o


Axborotli ta’limiy resurslardan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasi



Download 1,58 Mb.
bet74/142
Sana12.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#779715
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142
Bog'liq
OUM mutaxassislik fanlarni o\'qitish metodikasi

2.Axborotli ta’limiy resurslardan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasi.


O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardagi elektron axborot materiallari asosan quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Darslik
• Audio va video darsliklar
• Onlayn darslar
• Elektron kutubxonalar
• Testlar
• Multimedia - elektron darsliklar
Elektron darslik bu–ma’lum ketma-ketlikda tizimlash-tirilgan va noqog‘oz axborot tashuvchi (CD, DVD va h.k.) yoki internet texnologiyalarga asoslangan o‘quv kursidir.
Elektron darsliklarning qaysi fan yoki sohaga yo‘naltiril-ganligidan qat’iy nazar, asosiy yo‘nalish boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq natijalarni vizuallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalish joriy va yakuniy natijalarni ko‘rish imkoniyatini berish bilan birga uni tahlil etishga sharoit yaratadi.
Mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib borayotgan Respublikamiz olimlaridan N.A.Muslimovning ta’kidlashicha elektron darsliklar quyidagi talablarga javob berishi zarur:
1) o‘quv dasturi va o‘quv-metodik ishlarini nashr etilishida qo‘yiluvchi talablarga javob bera olishi (ilmiy-metodik kengash tomonidan tasdiqlanadi). Darslik muayyaan soha yo‘nalishi bo‘yicha birinchi bor taqdim etilayotgan yoki avval nashr etilgan metodik qo‘llanmaning elektron versiyasi sifatida tayyorlanganligi va mazmunan umumiy, maxsus yoki fakultativ kursga taalluqligi;
2) ma’lum o‘quv kursi (yoki uning bir qismi)ning mazmunini ochib berish hamda o‘quv-metodik maqsadlarga erishishga imkon bera oladigan darajada hajmga egaligi;
3) o‘quv-metodik maqsadlarga erishishga yordam beruvchi ko‘rgazmali elementlar (maksimal darajada kompyuterning multimedia imkoniyatlaridan foydalanish ikoniyati)ga egaligi;
4) materialning monitor ekranidan ko‘rish va tarmoq bo‘ylab joylashtirish xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqilganligi;
5) matnda giperko‘rsatmalarining mavjudligi bilan birga, zarur hollarda WYEB manbalariga va boshqa axborot resurslarining ko‘rsatilganligi;
6) materialni o‘zlashtirish darajasining ta’lim oluvchi tomonidan mustaqil baholanishiga imkon beruvchi nazorat savollarining mavjudligi;
7) ko‘plab tillarda ishlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalar uchun maxsus sharoitlarning yaratilganligi.
Elektron darsliklar tugallangan multimediya materiali hisoblanib,odatda mualliflik muhiti yordamida ma’lum bir dasturlash tilida HTML –gipermatn bichimida yaratiladi.
Elektron darsliklarga qo‘yiladigan vazifalar:
Elektron darsliklar o‘quv qo‘llanmalar, asosan ta’lim oluvchiga beriladigan bilim darajasini oshirish, ya’ni fanni o‘zlashtirish darajasini oshirish.
Milliy axborot resurslarini shakllantirish.
O‘quv tarbiya jarayonida ta’lim oluvchining boshlang‘ich va yakuniy bosqichdagi bilim darajasini nazorat qilish;
O‘quv tarbiya jarayonini hayot va ishlab chiqarish bilan bog‘lash imkoniyatini berish;
Ta’lim berishning an’anaviy usullaridan innovatsion texnologiyalarga asoslangan usullarga o‘tish;
Elektron darslik turlari:
1.Mustaqil ta’lim olish uchun mo‘ljallangan va uslubiy materiallardan tashqari qo‘shimcha tarzda so‘rovnomalar, glossariyalar, o‘quv materialining ilmiy tasnifi, ularni algoritmik o‘zlashtirish bo‘yicha mashqlar va malaka ro‘yxatini qamrab olgan darslik (gipermatn);
2. O‘quv materialiga harakat bag‘ishlovchi videoma’ruzalar (bunda axborotni qabul qilishning eshitish va ko‘rish kanallaridan foydalaniladi), shuningdek, tinglovchiga hissiy ta’sir ko‘rsatish orqali o‘quv materialini o‘zlashtirishni kuchaytiruvchi yozib olingan audio ma’ruzalar;
3.O‘rganilayotgan fanlarning ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab almashtirilib, kodoskop va proyektor yoki multimedia proyektor imkoniyatlaridan foydalangan holda seminar shaklida tashkil etiladigan dars (faol seminar)larga olib chiqiladigan o‘quv materiallari (ta’lim jarayonida faol ishtirok etish);
Elektron darsliklarga qo‘yiladigan talablar:
Elektron darslik quyidagi talablarga, ya’ni ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarning muloqot doirasini kengaytirish, ta’lim oluvchining ma’lum bir mavzu ustida ishlagan vaqti, uni o‘zlashtirish uchun sarflagan vaqti, o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish, o‘quv kursini boshlashdagi o‘quvchining bilim darajasiyu-kurs tugagandagi bilim darajasini nazorat qilish imkoniyatini berishi zarur. Bularning barchasi elektron kitobga qo‘yiladigan birlamchi talablardir.
Bundan tashqari elektron kitoblarga quyidagi talablar ham qo‘yiladi:
pedagogik talablar, o‘quv-uslubiy talablar, funksional talablar.
Elektron darsliklarga qo‘yiladigan pedagogik talablarga:
-o‘rganiladigan kurs materialining osonroq o‘zlashtirilishi uchun qog‘oz nusxadan farqli o‘laroq, ovoz fayllari, animatsiya, hissiy ta’sir va boshqalar;
-ta’lim oluvchining bilim darajasiga moslashuvchan, uning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq holda ishlaydigan, uning hissiy va jismoniy imkoniyatlarini ham hisobga olishi;
-imkoniyat doirasida dars mazmuniga bog‘liq asosiy mazmunni animatsiya yoki boshqa shu kabi audiovizual vositalar yordamida vizullashtirish (ko‘rish retsptorini ishga tushirish);
-katta hamjmdagi hisob-kitoblardan ozod qilish, o‘rganiladigan fan mazmuniga ko‘proq e’tibor berish, masala va misollar yechish uchun sharoit yaratish;
-o‘rganiladigan fan bo‘yicha istalgan bosqichda o‘z-o‘zini mavzular kesimida nazorat qilishga imkoniyat yaratish;
-o‘rganiladigan fan bo‘yicha tayyorlanadigan yozma ishlarni istalgan axborot tashuvchiga o‘tkazish va disk yoki axborot tashuvchi yordamida taqdim etish imkoniyatini yaratish;
-fanni o‘rganishda imkoniyat doirasida kalit so‘zlar, qo‘shimcha adabiyotlar, giperko‘rsatmalar va yordam funksiyalaridan foydalanish kiradi.
Elektron darsliklarga qo‘yiladigan o‘quv-uslubiy talablarga esa: ko‘p miqdordagi masalalarni yechish yoki birlamchi ma’lumotlarni o‘zgartirish orqali tahlil qilish, grafik interpretatsiyalardan foydalanish;
-ta’lim beruvchiga darsni mustaqil dars ko‘rinishda o‘tkazishga sharoit yaratish, bu holatda ta’lim beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etish;
-o‘qituvchiga ta’lim oluvchilar o‘zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan) testlar yordamida nazorat qilish imkoniyatini berish;
-darslarga tayyorgarlikni o‘qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat yaratish (slayd, matn, prezentatsiya, videomaterial va h.k.) kiradi.
Elektron darsliklarga qo‘yiladigan funksional talablarga esa:
-mazmun-qog‘oz variantdagi kitobga o‘xshash tarzda, kalit so‘zlarni qidirish imkoniyati mavjud, fanni to‘ldiradigan qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitilgan;
-moslashuvchanlik-ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq holda, o‘tilgan mavzuni qaytarish, mavzu ustida ishlashlarni individual tempda amalga oshirish;
-ko‘pterminalli-statik ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati mavjud, sinfdagi o‘quvchilarning darslikdan foydalanish chastotasi, test natijalari, to‘g‘ri-noto‘g‘ri javoblar, o‘quvchilarning qaysi savollarda ko‘proq adashganlarini tahlil qilish imkoniyatlari;
-interaktivlik-tabiiy muloqotni imitatsiyalash, ya’ni darslik matni bilano‘quvchi o‘rtasida muloqot o‘rnatib, o‘qituvchi mavjudligi hissini berish (so‘rovnoma, verbal, noverbal ovoz va h.k. yordamida);
Elektron darslikning asosiy tashkil etuvchilari va uning mazmunini quyidagicha talqin etish mumkin, ya’ni ta’lim jarayonida eng ko‘p qo‘llanilayotgan elektron darsliklar quyidagi tashkiliy komponentlarni o‘zida jo etishi zarur:
Nazorat va tahlil-elektron darslik o‘quvchilar tomonidan beriladigan savollarni tahlil qilishga yordam beradi, o‘quvchilar tomonidan kursni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi;
-qaytar aloqani ta’minlash va individuallik – ta’lim olish jarayonida kursni to‘ldiruvchi va maslahat beruvchi dasturlar yordamida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatishga imkoniyat berishlar kiradi.
Elektron darslik yoki elektron o‘quv qo‘llanmasi o‘ziga xos ko‘rinishdagi«tashqi ko‘rinishga-interfeysga» ega bo‘ladi. O‘z navbatida interfeysga qo‘yiladigan asosiy talab uning intuitivligi hisoblanadi. Interfeysning boshqaruv elementlari foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishi, uni matn yoki zarur mazmun bilan ishlashdan chalg‘itmasligi, kitobni sahifalash uchun qo‘llaniladigan boshqaruv elementlari esa uning har bir sahifasida bo‘lishi zarur. Haqiqatda elektron kitoblarning turi ko‘p bo‘lishiga qaramasdan uning asosini gipermatnlar tashkil etadi. Hozirda eng ko‘p qo‘llaniladigan elektron kitoblar gipermatn ko‘rinishidagi resurslar hisoblanadi.Amaliyotda qo‘llanilayotgan elektron kitoblarning aksariyati WEB resurslaridir. WEB shaklidagi elektron kitoblardan lokal, global tarmoqlarda va kompakt disk ko‘rinishidagi tashuvchilarda ham foydalanish mumkin. Yuqorida qarab chiqilgan elektron kitoblar uchun qo‘yiladigan barcha talablar mazkur darsliklar misolida ta’lim jarayoniga tatbiq etildi va ta’lim jarayoni uchun elektron kitoblar tarmoq versiyalarini yaratish borasida va ulardan foydalanadiganlar uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Elektron axborot-ta’lim resurslariga qo‘yiladigan talablar



Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish