Ko’rgazmalilik metodi. Ko’rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo’lib, uning yordamida ko’ruv o’quvi va tafakkur o’zaro uyg’unlashadi. Ko’rgazmali metodlarning quyidagicha turlari mavjud:
-Illyutsratsiya metodi og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqatni tortish.
Demonsratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor ko’rsatuvlaridan, videotasvirdardan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Tabiiy ko’rgazmalar-narsalarning o’zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko’rsatish. Ko’rgazmali metodlar eshitish va ko’rishni o’zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalansh ta’limning samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |