Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Download 1,78 Mb.
bet106/258
Sana28.12.2020
Hajmi1,78 Mb.
#53930
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   258
Bog'liq
УМУМИЙ ПС. 18-20. ИНЯЗ

Ambivalent (ikkiyoqlama) hissiyotda rohatlanish bilan azoblanish tuyg‘ulari o‘zaro qo‘shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan, balki uyg‘unlashgan, aralashgan holda ularning kechishi muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Masalan, rashk hissida muhabbat bilan nafrat bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Xo‘randa qorni ochligi uchun sho‘r ovqatni yeb biologik ehtiyojni qondirib, bir tomondan rohatlanishi, ikkinchi tomondan esa noxush hisni kechirishi mumkin. Tashnalikdan iliq suvni ichib ham rohatlanishi, ham noxushlikka berilishi kuzatiladi. Kiyimi yupun shaxsga qalinroq to‘n berilsa, bir tomondan quvonadi, ikkinchi tomondan esa uyaladi. Oshiqlarda sevish va o‘zidan nafratlanish holati kechadi yoki hijron shirin qayg‘u, lekin yoqimli istirob tarzidagi kechinmalar ikkiyoqlama hissiyotga yorqin misoldir.

Shaxsning emotsional dunyosi uzluksiz tarzdagi ziddiyatlar, nizolar va ularning hal qilinishi, oldining olinishini aks ettirishdan iborat jarayonlar majmuasidir. Asosan ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama hissiyotni keltirib chiqaradigan omillar quyidagilardan iboratdir: 1) shaxs bilan muhit o‘rtasidagi (tabiiy muhit, ijtimoiy muhit orasidagi) har xil mazmun hamda shakldagi munosabatlar; 2) tana a’zolari, ichki organizm tarkiblari muhitidagi munosabatlarning nisbiy muvozanati o‘zgarib turishi; 3) favquloddagi vaziyatlar tufayli yuzaga keladigan har xil kechinmalar va boshqalar.

His-tuyg‘ularning yana bitta (to‘rtinchi) sifati shaxsning hissiyot ob’ektlariga nisbatan emotsional munosabatlarining qisqa muddatli aks ettishini ta’minlovchi tashqi ta’sirining noaniqligi ifodalanishidir. Shuningdek, ob’ektlarning taassurotlari uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lsa, bunday emotsional holatlar munosabatlarning sifati bo‘lishi mumkin; Shaxs o‘zining turmush tajribasiga noma’lum, yap-yangi narsalarga duch kelsa, bu voqelik uni to‘lqinlantirishi, hayratlantirishi, unda havas va qiziqish uyg‘otishi mumkin. Bu hissiy voqelik (hodisa) yangi taassurotni anglashning hissiy jabhasi bo‘lib hisoblanadi. Tabiiy va ijtimoiy muhitning anglab olish chigal hodisasi ehtiyoj bilan bog‘lanishdan hamda muayyan barqaror munosabat yuzaga keltirishdan oldin hissiy holatning predmetiga aylanadi. Shuning uchun ma’lum kechinmalarning negizida tanho «bu nima refleks»ini tushunish ehtiyoji yotadi. Bilish faoliyati bilan uyg‘unlasha borgan anglash hissi beqarorligi, qisqa muddatliligi bilan tafovutlanadi hamda ob’ektga nisbatan yengilroq salbiy yoki ijobiy munosabat sifatiga aylanadi.

Hissiyotning mazmuni turli-tuman bo‘lib, u shaxsning hayoti va taraqqiyoti imkoniyatlari bilan bog‘liq ob’ektlarga, hatto bevosita rohatlanish (azoblanish) hislarini yuzaga keltiruvchi narsalarga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi. Demak, shaxsning hissiyotlari turlicha moddiy va madaniy ehtiyojlariga asoslanadi, ularni qondirishga yordam beradigan omil ijobiy emotsiyani yuzaga keltiradi, so‘ng barqaror hissiyot singari mustahkamlanadi. Inson ehtiyojini qondirishga xalaqit beradigan narsa salbiy emotsional holatni vujudga keltiradi hamda hissiyot tariqasida mujassamlashadi.




Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish