Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega



Download 1,78 Mb.
bet56/258
Sana28.12.2020
Hajmi1,78 Mb.
#53930
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   258
Bog'liq
УМУМИЙ ПС. 18-20. ИНЯЗ

A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:

  1. Yo‘nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi.

  2. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.

  3. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi tizim. O‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar.

  4. Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi.

  5. Mashqlar tizimi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlaydi.

Shaxs doimo faoliyatda bo‘ladi va shu turli-tuman faoliyat jarayonida uning faolligi yuzaga chiqadi. Shaxsning faolligi uning o‘z muhitiga ta’siri yordamida amalga oshadi. Odam o‘zining faol harakatlari orqali o‘z tevarak-atrofiga ta’sir qilib, uni o‘ziga bo‘ysundiradi, o‘zgartiradi hamda o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, shaxsning faolligi uning individual-psixologik xususiyatlari - qobiliyati, qiziqishlari yunalishi, dunyoqarashi, ishonch-e’tiqodi va ehtiyojlarida ham namoyon bo‘ladi.

Avstraliyalik psixolog Z.Freyd (1856-1939) fikricha, shaxs faolligi uning ajdodlaridan nasliy yo‘l bilan o‘tgan instinktiv mayllarining namoyon bo‘lishi tufaylidir. Bu ta’limotga muvofiq instinktiv mayllar jinsiy instiktlar shaklida bo‘ladi. Bu bilan Freyd shaxs faolligi manbai jinsiy mayllardir, degan g‘oyani olg‘a suradi. Ammo, bu g‘oya haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki jamiyat talablari, undagi jamoaviy hayot shaxsning instinktiv mayllarini tartibga soladi, cheklab qo‘yadi va odamni o‘z jinsiy mayllarini tiyishga majbur etadi.

Psixologik qonuniyatlarga muvofiq tiyib qo‘yilgan mayllar odam bosh miyasining ongsizlik qismiga o‘tadi va bu qismdagi har turli “kompleklarga” birlashadi. Freyd bu “komplekslarning” namoyon bo‘lishini inson shaxsi faolligining asosiy sababidir deydi. Ko‘rinib turibdiki, Freydning bu fikri ham inson shaxsi faolligini ta’minlovchi manbalar haqidagi ilmiy haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ilmiy psixologik ta’limotga ko‘ra, inson shaxsi faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlari bo‘lib, bu ehtiyojlar odamni ma’lum sifat bilan harakat qilishga, faollik ko‘rsatishga undaydi. Shaxsning moddiy ehtiyojlari - yeyish, uyqu, ichish, issiq-sovuqdan saqlanish, kiyim-kechak, uy-joy kabilarning qondirilishi faqat uning harakatlariga bog‘liq bo‘ladi va bu ehtiyojlar qondirilmasa, odam o‘z hayotini davom ettira olmaydi. Shaxsni faollikka undovchi yana bir sabab uning ma’naviy ehtiyojlari - boshqa odamlar bilan muloqot, bilim olish, kitob o‘qish, ashula, muzika tinglash, kino, spektakl ko‘rish kabilarni qondirishga yo‘naltirilgan harakatlardir. Agar bu ehtiyojlarning har biri o‘z o‘rnida qondirilmasa, shaxs yetuk inson sifatida o‘zini namoyon qila olmaydi, taraqqiyotdan orqada qoladi.

Mustaqil O‘zbekistonda yashovchi har bir shaxsga xos bo‘lgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlar jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan umumaxloq qoidalariga asoslanadi. Respublikamizda halol mehnat qilish, elim deb, yurtim deb, xalqim deb yashash uchun intilish sof vijdonli har bir insonning muqaddas burchi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida bunday deyiladi; “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”.

Umumiy psixologiya qoidalariga muvofiq inson shaxsi faolligi ma’lum motivlarga (sabablarga) asoslanadi. Shaxsda moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning turli ko‘rinishlari bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p mazmunli motivlar borki, bu motivlar uni hamisha harakatga undaydi.

Bu harakatlar jarayonida shaxs nafaqat o‘z ehtiyojlarini qondiradi, balki o‘zidagi barcha psixologik sifatlarning har jihatdan mukammallashuviga ham erishadi, aqliy va jismoniy kamolotga ko‘tariladi.

Shaxs sifatida tanilmoq uchun odam psixik kamolotning muayyan darajasiga erishmog‘i va o‘zini boshqalardan farq qilib turadigan bir butun vujud deb bilmog‘i lozim.

Psixologik jihatdan shaxs deganda muayyan qarashlar va munosabatlari mavjud bo‘lgan, o‘zining axloqiy talablari, faollik darajasi va boshqa muhim xislatlari bilan ajralib turuvchi inson tushuniladi.

Shaxsning tarkib topishida ta’lim-tarbiya, ijtimoiy muhit, faol faoliyatdan tashqari, tabiiy shart-sharoitning ham katta ahamiyati bor. Darhaqiqat, odam hamisha tabiatni bilishga intiladi, undagi yangi-yangi qonuniyatlarni kashf etadi va tabiiy hodisalarni o‘ziga xizmat qilishga majbur etadi. Jamiyat taraqqiyoti odam mehnat faoliyatining uzluksiz taraqqiy etish va takomillashish jarayonidir. Bu jarayon o‘z navbatida odam shaxsiy sifatlarini tarkib toptirib, takomillashtiradi, unda yangi mazmundagi ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi, qiziqish va ehtiyojlarni vujudga keltiradi.

Davr shaxsining tarkib topishida uning o‘zi alohida faollik ko‘rsatishiga jiddiy e’tibor bermoq zarur. Shaxsning psixologik taraqqiyotini ta’minlaydigan manbalar va vositalar to‘g‘risida, ayniqsa, shaxsning kamolga yetishida tabiiy, irsiy va ijtimoiy nisbatlar to‘g‘risida milliy psixologik g‘oyalarning muhim amaliy ahamiyati bor.

Milliy psixologik ta’limotga binoan odam tabiatning bir qismi bo‘lib, tirik mavjudot sifatida maxsus tabiiy va hayotiy kuchlarga egadir. Bu kuchlar shaxsning tarkib topishida muayyan rol o‘ynaydi. Shuni ham hisobga olmoq zarurki, irsiy kurtaklar noqulay ijtimoiy sharoitda noto‘g‘ri tarbiya ta’sirida mutlaqo kamol topmay keladi.

Shaxsning hozirgi zamon nazariyalari



Shaxsning hozirgi zamon tuzilishi



Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish