I. Ustonglilik holatlari.
II. Faoliyatning anglashilmagan qo‘zg‘atuvchilari.
Anglashilmagan motivlar va ma’no anglatuvchi ustanovkalar, odatda ular shaxsga oid ma’no kasb etib, kelajakka xohish, istak orqali shartlangandirlar. Bunday holatlarning turkumi gipnoz holatidan chiqqan sub’ektning xatti — harakatini o‘rganishda qo‘lga kiritilgan, ushbu jarayonda unga aniq harakat dasturi orqali kuchli ta’sir o‘tkazilgan (masalan, bozorga borish va aytilgan narsalarni harid qilish kabilar). Qo‘yilgan dasturiy topshiriqlarni bajarish jarayonida inson o‘z xulq —atvori sabablarini izohlay va tushuntira olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Mazkur hodisalarning psixologik tabiatini psixoanalitik pozitsiyasidan turib tushuntirishga harakat qilgan Zigmund Freyd «ongsizlikning dinamik qisilishi» terminini fanga olib kiradi. Z.Freyd, ongsizlik deb, ijtimoiy normalar talabi bilan nizoli holat, qarama—qarshilik tufayli ongga kira olmagan, amalga oshmay qolgan mayllar qisilish mexanizmi yordami bilan begonalashib individ yanglish aytgan so‘zida, gapda yanglishib ketishida, tush ko‘rishida va hokazolarda aks etishini tushunadi.
Ongsizlikning shunga o‘xshash tarzda namoyon bo‘lish xususiyati shundan iboratki, sub’ektning amalga oshmay qolgan mayllari psixoterapevtik holatlar bilan sababiy bog‘liqligini anglashi mazkur mayllar bilan shartlangan kechinmalarning yo‘qolishiga olib kelmaydi (masalan, qo‘rquvning yo‘qolishiga), chunki, anglanish sub’ekt tomonidan qandaydir u bilan yuz bermayotgan, guyo shaxsga aloqasiz, begona hodisa sifatida idrok qilinadi.
Xulq—atvordagi ongsizlik samaradorligi ularni keltirib chiqaruvchi hodisalar shaxsning boshqa odamlar bilan hamkorlikda boshidan kechirishida (masalan, psixologik seans chog‘ida) yoki guruhiy psixoterapiya davrida o‘zgalarda kechishida sodir bo‘lsa individni qoniqtiradi. Chet el psixologiyasida, eng avvalo Z.Freydning psixoanalizida va uning izdoshlari qarashlarida ongsizlikning yuzaga kelishini tor ma’noda, cheklanib tushunish uning dinamik jabhalarini shakllanishining bir tomonlama tahlil qilish bilan shartlanganligidir. Chunki, ongsizlikning ijtimoiy — tarixiy shartlanganligi tan olmaslik, ongsizlikning
inson bilan borliqning o‘zaro ta’siridan bevosita ajratib
olmaslik bir qator anglashilmovchiliklarga olib keladi, ularni
differensiyalash orqali shu kontekstdagina uning asl mohiyati,
funksiyalari shaxs xulq — atvorida ochilishi mumkin, xolos.
Bunday cheklanishlar sobiq sovet psixologiyasida ustanovka nazariyasida, psixologik hodisalar o‘rganishda faoliyatli yondashuvda psixikani dialektik materialistik tushunishdan kelib chiqqan holda anglashilmagan motivlarning funksiyalari, tabiati, ma’no anglatuvchi ustanovkalar inson hayotida shaxsiy ma’no kasb etuvchi g‘oyalarida bartaraf qilib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |