Ong kategoriyasi amaliy jihatdan tavsif qilinganda:
a) u ham hissiy, ham aqliy obrazlarning uzluksiz ravishda o‘zgarib turuvchi majmuasi sifatida,
b) bevosita sub’ektning oldida uning «ichki tajribasi» tariqasida,
v) amaliy faoliyatdan kutiluvchi mahsulni oldindan sezuvchi (payqovchi) psixologik hodisa tarzida hukm suradi.
Ong muammosi bir qancha fanlarning, jumladan, falsafa (uning asosiy masalasi — bu ongning turmushga nisbatan munosabatidan iboratdir), mantiq, lingvistika, etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, neyrofiziologiya, pedagogika kabilarning tadqiqot predmetiga aylangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |