Nazorat savollari;
1.
Pedogogik treningda kichik va katta guruxlarning farqlanishi?
2.
Pedogog trenerlar sizningcha qanday bo’lishi kerak?
3. .
Pedogog trenerlarning vazifalari nimalardan iborat?
Adabiyotlar
1.
Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. –M., Rech, 2002.-384s
2.
Abramova G.S. Prakticheskaya psixologiya: Uchebnoe posobie. M.: Ekategrinburg, Akademiya,
1998, 365s.
3.
G`oziev E.G` O‘tanov B “Hamkorlik psixologiyasi” T., Tosh D.U. 1992
17 –mavzu Mashg’ulot jarayonidagi muhit
Reja :
6.
Mashg`ulot vaqtidagi muhit.
7.
Trening mashg`ulotlariga nisbatan ishtirokchilarning munosabati – ijobiy va salbiy munosabatlar.
8.
Ish jarayonida guruhda vujudga keluvchi muammoli vaziyatlar va ularni bartaraf etish.
9.
Guruhiy dinamika tushunchasi. Guruhiy dinamikaning bosqichlari.
10.
Trening guruhidagi dinamik jarayonlarni hisobga olish.
Tayanch atamalar;
Ijtimoiy muhit, omil, gurux, muammo, metod.
Tayanch konspekt
Gurux - ma'lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar
uyushmasidir. Guruxlar katta va kichik guruxlarga bo’linadi. Katta guruxlar kishilarning shunday birlashmalariki,
undagi odamlar soni ko’pchilikni tashkil etib, ma'lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu
guruxga mansubligini ta'minlaydi. Katta guruxlarni tashkil etuvchilar ko’p sonli bo’lganligi va ular xulq-atvorini
belgilovchi mexanizmlarning o’ziga xosligi tufayli bo’lsa kerak, olimlar ko’pincha kichik guruxlarda ish olib
borishni afzal ko’radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va
siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o’tilganidek
ko’pchilikni hamrab olishda qiyinchiliklar bo’’lsa, ikkinchi tomondan, katta guruxlar psixologiyasini o’rganishga
qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o’rganilishi
kerak deylik, avvalo o’sha ishchilarning soni ko’p, qolaversa, ishchilarning o’zi turli ishlab chiharish sharoitlarida
ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Kichik guruxlar muammosi
ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko’plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan ob'ektlardandir. Bu
muammoni tadqiq etishda olimlar o’z oldiga shunday masalani qo’yganlar, ya'ni, individ yakka holda yaxshi
ishlaydimn yoki guruxda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo’lishi uning faoliyatiga
qanday ta'sir ko’rsatadi. Shuni ta'kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o’zaro hamkorligi emas,
balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo’lganligi faktining ta'siri o’rganildi.Birinchidan, kichik guruxlarning
hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik gurux ''diada" ikki kishidan
tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |