Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Odam va hayvon emotsiyalari



Download 1,78 Mb.
bet109/258
Sana12.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#337115
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   258
Bog'liq
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

4. Odam va hayvon emotsiyalari


Shaxsning emotsional holatlari va kechinmalarining psixologlar va fiziologlar tomonidan eksperimental tarzda tadqiqot qilinishiga qaraganda, yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarga emotsiyalarning fiziologik mexanizmlaridan insonniki juda katta tafovut qilmaydi. Lekin muammo hissiyotning mazmuni, sifati, shakli, ifodalanishi nuqtai nazaridan tahlil qilinganda inson bilan hayvon emotsiyasi (hissiyot) orasida keskin farq mavjudligi namoyon bo‘ladi. Tabiatshunos va insonshunos olimlar hayvonlarda emotsional reaksiyalar, holatlar mavjudligini tan olsalar-da, biroq ularda murakkab hissiyot, yuksak his-tuyg‘ular borligiga shubha bilan qaraydilar yoki inkor qiladilar. Bu fikrga to‘liq qo‘shilish mumkin, chunki insonlarda shunday his-tuyg‘ular borki, bunday hissiyot hayvonlarda bo‘lishi mumkin emas, vaholanki g‘azablanish, qo‘rqish, jinsiy mayl, qiziquvchanlik, xursandlik, g‘amginlik har ikkalasida uchraydi, ammo ular sifat va mazmun jihatdan bir-birlaridan keskin tafovutlanadi.

Inson emotsiyalari ijtimoiy hayotning shart-sharoitlariga moslashtirgan (patologik hollar istisno qilinganda), «ongli zot» ga taalluqli tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatlarida namoyon bo‘ladi, maqsadga muvofiqlashtirish hamda boshqarish xususiyatiga ega. Ochlik hissi, jinsiy mayl va boshqa instinktiv sohalardagi emotsiyalar hayvon bilan insonda o‘xshash bo‘lsa-da, lekin ularning ifodalanishida farqlanish mavjud. Bularning barchasi instinktiv harakat bo‘lishi bilan birga insoniylashidan iborat uzoq evolyutsion, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan, murakkab qiyinchiliklarni yengish evaziga mazkur ko‘rsatgichga erishgan.

Inson hissiyotning ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi sababiy bog‘lanishlarga (determinirlashgan) egalikdir. Xuddi shu bois inson hissiyotlarining biologik va fiziologik tahlili, ularning tub mazmunini ochib bermaydi, shuningdek, hissiyotlar inson shaxsining ongli va ongsiz xatti-harakatlarini amalga oshiruvchi kuchga, ya’ni motivga o‘sib o‘tish yo‘llarini izohlab berishga qodir emas. Ma’lumki, emotsiyalarning «insoniylashuvi» hissiyotlar ichidan kechishi mazmuni va sifatlari jihatidan hayvonlarniki bilan qiyoslanganda shaxsniki o‘zining rang-barangligi, murakkabligi bilan ustuvordir. Insonlarning mehnat, ma’naviyat, siyosat, oila, ishlab chiqarish bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, tabiat bilan odamlar orasidagi, shu bilan birga shaxslararo munosabatlar bir qator insoniy hissiyotlarning va ularni ifodalash, tatbiq etish vositalarini vujudga keltiradi. Shaxs yuz ifodalari, boshini tebratish bilan, xo‘rsinish orqali o‘zgalarga hamdardlik (empatiya) tuybusini bildiradi. Bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga iliq, samimiy jilmayishini, qariya va nogironlarga hurmat bilan joy bo‘shatishni, kichkintoylarga mehribonlikni shakllantirish lozim. Shaxs o‘z his-tuyg‘ularini o‘zi boshqaradi, ularni me’yoriy hujjatlar, ijtimoiy turmush qoidalari, etnik rasm-rusumlar, odatlar, an’analar, protsessual qonunlar nuqtai nazaridan goh ma’qullaydi, goh qoralaydi. Shu bilan birga insonlar kuchli va jo‘shqin emotsiyalari kechishida tashqi xotirjamlikni saqlay biladilar. Ularning ba’zilari o‘z hissiyotlarini berkitish uchun o‘zlarini befarq tutadilar, salbiy emotsiyalarni ifodalashga intiladilar. Shaxs o‘zining mimika va pantomimikalarini boshqarish imkoniyatiga ega, lekin organlardagi tabiiy o‘zgarishlarni ushlab turish mumkin emas. Masalan, nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ko‘z yoshlarini ushlab turish, rangni qizartirish, oqartirish va hokazo.

Emotsiyalarning ifodalanish quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lish mumkin: 1) ifodali harakatlar (mimika va pantomimikalar); 2) organizmdagi turli hodisalar (ichki a’zolar faoliyati va holatining o‘zgarishi); 3) gumoral xususiyatdagi o‘zgarishlar (organizmning qon tarkibidagi, suyuqlikdagi kimyoviy o‘zgarishlar, modda almashish va hokazo). Emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, vajohat, qaddi-qomat o‘zgarishi, tashqi sekretsiya bezlari faoliyati (yosh, so‘lak, ter ajralishi), xatti-harakatlar (tezligi, kuchi, yo‘nalishi, muvofiqlashuvi), nutqning xususiyatlari va boshqalar. Emotsiyalar, his-tuyg‘ular mazmuni, sifati, shakli jihatidan etnopsixologik xususiyatlariga ega.



Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish