Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar:
Farmatsevtik bioetika modulidan ishlab chiqarish amaliyoti rejalashtirilmagan.
|
Ta`lim natijalari/kasbiy kompetensiyalar.
Talaba semestr yakunida:
Klinik sinovlar o`tkazilish haqida tasavvurga ega bo`lishi;
farmatsevtika sohasida turli mulkchilik shaklidagi dorixonalarda odob-axloq qoydalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
professional bioetika, uning vazifalari, meyorlari va tamoyillari;
asl va generik dori vositalarni farqlash amaliy ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
|
|
Ta`lim texnologiyalari va metodlari.
Dars jarayonida quyidagi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi:
zinama-zina;
interfaol keys-stadilar;
tezkor savol-javoblar;
kichik guruxlarda ishlash;
jamoa bo`lib ishlash;
taqdimotlar tayyorlash;
diagrammalar tuzish;
grafik organayzerlar tuzish;
klasterlash va h.k.
|
|
Talabalarni bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari.
Talabalarni bilimini baholash O`zbekiston Respublikasi SSVning 2020 yil 8 sentyabrdagi 236 sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Tibbiyot va farmasevtika oliy va o`rta maxsus ta`lim muassalarida kredit modul o`qitish tizimini joriy etish to`g`risidagi Nizom” asosida olib boriladi
Kreditlarni olish uchun talablar:
Farmasevtik bioetika moduli bo`yicha baholash mezonlari haqidagi ma’lumot modul bo`yicha birinchi mashg`ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Talabalarning modul bo`yicha o`zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:
- joriy nazorat (JN);
- sinov.
Modul bo`yicha talabaning semestr (o`quv yili) davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
№
|
Baxolash turi
|
Maksimal ball
|
Kredit soni
|
1.
|
Auditoriyadagi o`quv mashg`ulotlarni baxolash (JN)
|
100
|
3
|
|
JAMI
|
100
|
3.0
|
JORIY NAZORAT (JN)
Joriy nazoratda talabaning modul mavzulari bo`yicha bilim, amaliy ko`nikma va kompetensiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko`zda tutiladi. Farmatsevtik bioetika moduli bo`yicha JN og`zaki, tarqatma materiallari bilan ishlash, test va vaziyatli masalalar yechish, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o`tkazilishi mumkin.
Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg`ulot materiallarini o`zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi.
Har bir mashg`ulotda barcha talabalar baholanishi shart.
Joriy nazorat uchun ajratilgan 3,0 kredit semestrlar bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi:
5-semestr – 3,0 kredit;
Joriy nazorat – 3,0 kredit;
Sinov – 0 (o`tilishi majburiy)
Talaba 5 semestrda belgilangan kreditlarni to`plagandan keyin semestr yakunida sinovli vazifani topshiradi va o`tish (saralash) balidan o`tsagina keyngi kursga o`tadi. Talaba belgilangan kreditlarni to`plagandan keyin semestr yakunida oraliq nazorat va sinovga kiritiladi.
Joriy nazoratda saralash (o`tish) ballidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy nazorat uchun sinovgacha bo`lgan muddat beriladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |