Аndijon davlat tibbiyot instituti
Umumiy jarroxlik kafedrasi
3-kurs talabalari uchun
maʼruza mavzusi:
«Qoqshol, kuydirgi, qutirish »
Maʼruzaning maqsadi:
1.
Talabalarga qoqshol, kuydirgi, qutirish
xakida tushuncha berish
2.
Talabalarni
qoqshol,
kuydirgi,
qutirishlarning
klinik
kechishi
bilan
tanishtirish
3.
Talabalarga
qoqshol,
kuydirgi,
qutirishning
asosiy
diagnostika
va
davolash tomoyillarini tushuntirish
Qoqshol.
Qoqshol – Oʼtkir spetsifik infektsion kasallik
boʼlib,
organizmga
qoqshol
tayoqchasi
ekzotoksinining
taʼsiri
natijasida
nerv
sistemasining
zararlanishi
bilan
kechadi,
koʼndalang targʼil mushaklarning tonik va klonik
qisqarishi bilan namoyon boʼladi. Bu kasallik
Gippokrat zamonasidan maʼlum boʼlib, uning
oʼgʼli xam shu kasallik qurboni boʼlgan.
Etiologiyasi va patogenezi
Odam va hayvonlarda qoqsholning qoʼzgʼatuvchisi
ekzotoksin ishlab chikaradigan, grammusbat, sporogen
tayokcha Clostridium tetani xisoblanadi. Qoqshol tayokchasi
hayvonlar (qoʼylar, sigirlar va boshqalar) va odam ichagida
saprofit sifatida yashaydi (parenteral yoʼl bilan tushganida
patogen hisoblanadi). Hayvonlarning chiqindilari bilan yerga
tushganida qoqshol tayoqchasi uzoq vaqtgacha shu muhitda
saqlanishi mumkin. Chang bilan klostridiylar odam terisiga,
kiyimlari va atrof buyumlariga tushishi mumkin. Shu sababli
infitsirlanish nuqtai nazaridan mayda tirnalishlar va
shilingan jaroxatlar xavfli sanaladi.
Qoqshol asosan harbiy urush davrlarida,
ayniqsa oʼq otar qurol bilan jaroxatlanishda koʼproq
uchraydi. Ulugʼ vatan urushi davrida qoqshol 10 000
yaradorlarga 6-7 kasallik kuzatilgan. Tinchlik
davrlarida qoqshol koʼpincha (80% hollarda) qishloq
joylarida –10 000 aholiga 0.1 qoqshol bilan bemor
toʼgʼri keladi. Аyniksa 50% holatlarda qoqshol 14
yoshgacha
boʼlgan bolalarda uchraydi. 80%
holatlarda
kasallik
arzimagan
maishiy
shikastlanishlardan keyin kuzatiladi, chunki bundan
bemorlar tibbiy yordam uchun shifokorga murojat
qilishni lozim koʼrishmaydi.
Inkubatsion
davri
4
kundan
14
kungacha. Qoqsholning kechki turlari ham
uchraydi (juda kam hollarda 1-5 oydan
keyin
ham
uchrayverishi
mumkin).
Inkubatsion davri qanchalik qisqa boʼlsa,
kasallik shuncha xavfli, klinik kechishi va
oqibati ogʼir boʼladi. Kechki qoqsholda
kasallik nisbatan yengilroq kechadi.
Qoqshol tayoqchasi organizmga parenteral
yoʼl bilan tushganida kirish darvozalari soxasida
saqlanib qoladi va shu yerda zoʼr berib
koʼpayaveradi.
Cl.
tetani
ning
ekzotoksini
oʼzida
tetanospazmin
va
tetanogemolizin saqlaydi va ular soʼrilganida
kasallikning manzarasi rivojlanadi.
Tetanospazmin nerv tizimiga taʼsir qilib
oʼziga xos boʼlgan mushaklarning tonik va
klonik qisqarishiga sabab boʼladi.
Tetanogemolizin
esa
eritrotsitlarni
parchalaydi.
Toksinlar perinevral va endonevral yoʼllar
bilan, limfatik yoʼllar orqali markaziy yoʼnalishda,
periferiyadan
orqa
va
uzunchoq
miyaning
harakatlantiruvchi markazlari tomon harakatlanadi.
Bir vaqtning oʼzida ham markaziy, ham periferik
nerv tizimiga zaharli taʼsir koʼrsatadi va ularning
reflektor koʼzgalishiga olib keladi. Baʼzan esa
zaharlar
gematogen
yoʼl
bilan
tarqaladi.
Kasallikning rivojlanishiga kirish darvozalari
sohasidagi nekrotik toʼqimalar, yot jismlar va
yiringli choʼntakchalar turtki boʼladi.
Qoqsholning tasnifi :
Kirish darvozalariga koʼra
1. Jaroxatdan keyingi (Ranevoy)
2. Kuyishdan keyingi (Ojogovыy)
3. Inʼektsiyadan keyingi
4. Operatsiyadan keyingi
5. Tugʼuriqdan keyingi
6. Chaqaloqlar qoqsholi
Tarqalishi va joylashuviga koʼra
1. Umumiy yoki generalizatsiyalashgan
2. Oyoq qoʼllar qoqsholi
3. Bosh qoqsholi
4. Tana qoqsholi
5. Аralash joylashgan qoqshol
Mahalliy qoqshol yengil kechishi bilan ajralib turadi
va jaroxatlar soxasida koʼproq namoyon boʼladi.
Tetanospazminning orqa miya harakat markazlariga bir
tekis taʼsir qilmasligi natijasida mahalliy tutqanoqlar
paydo boʼladi.
Klinik kechishiga koʼra
1) Keskin kechuvchi oʼtkir qoqshol (ostrыy stolbnyak s
burnыm techeniem)
2) Surunkali qoqshol
3) Keskin ifodalangan qoqshol (vыrajennыy stolbnyak)
4) Yashirin qoqshol (stertыy stolbnyak)
Ogʼirlik darajasiga koʼra
1. Yengil turi
2. Oʼrta ogʼirlikdagi turi
3. Oʼta ogʼir turi
.
Qoqsholning klinik manzarasi
.
Prodromal davrda bosh ogʼrishi, umumiy
xolsizlik, koʼp terlash, noanik ogʼriqlar va jaroxat
atrofidagi mushaklarning yengilgina tortishishlari,
chaynov mushaklarining tezda charchab qolishi
kuzatiladi. Kasallikning asosiy simptomi skelet
mushaklarining tonik va klonik qisqarishlari
hisoblanadi.
Tonik
qisqarishlar
uzoq
vaqt
qisqarishlar
bilan
namoyon
boʼlsa, klonik
qisqarishlar
esa
mushaklar
qisqarish
va
boʼshashishlarining almashinib turishi bilan
namoyon boʼladi.
Kasallik birdaniga boshlanadi. Chaynov va
yuz mushaklarining tirishishi bilan boshlanib,
ensa mushaklarida rigidlik paydo buladi. Jagʼ
mushaklarining tonik qisqarishi - trizm tufayli
bemor
ogʼzini
ocha
olmaydi.
Mimika
mushaklarining spastik qisqarishi natijasida
oʼziga xos soʼlgʼin kulgu – sardonik kulgu paydo
boʼladi. Peshona va lunjlarida chuqur ajinlar –
facies tetanica paydo boʼladi.
Sardonik kulgudagi bemorning
koʼrinishi::
Peshona,
burun
qirrasi va ogʼiz burchagi
mushaklari
taranglashgan,
yuzi soʼlgʼin azoblangan
koʼrinishda.
Boʼyinning
toʼsh-oʼmrov-soʼrgʼich
va
teri osti mushaklari ham
taranglashgan.
Bu
qoqsholning
ogʼir
turi
ekanligidan dalolat beradi.
Mushaklar qisqarishlari tezda boʼyn, tana va
oyoq koʼllarga ham tarqaladi. Tutqanoq xurujlari
birin ketin takrorlanadi va qasqargan mushaklarda
keskin
ogʼriqlar
bilan
namoyon
boʼladi.
Mushaklarning keskin koʼzgʼaluvchanligi oshgan
boʼlib, arzimagan taʼsirotlardan ham (ovoz,
yorugʼlik nuri, teginish) qisqarishi mumkin. Skelet
mushaklarining tonik qisqarishlaridan bemorning
oʼziga xos holati rivojlanadi: bemor choyshabga
faqat tovon va ensa sohalari bilan tegib turadi,
tanasi
esa
yoysimon
koʼrinishda yuqoriga
koʼtarilgan boʼladi. Bemorning bu holati
opistotonus deyiladi.
:
Opistotnusda bemorning
koʼrinishi
Mushaklarning qisqarishlari bemorlarning tezda
holdan toyishiga olib keladi. Mushaklar qisqarishlarning
oraligʼida
ham
mushaklarning
boʼshashishi
kuzatilmasdan, balki ularning taranglashuvi koʼzga
tashlanadi.
Boshlanishida mushaklarning qisqarishlari qisqacha,
boʼlib bir necha minutgacha davom etadi, lekin vaqt
oʼtishi bilan bu qasqarishlarning davomiyligi uzayib
boraveradi. Baʼzan mushaklarning qisqarishlari shu
darajada keskin boʼlishi mumkinki bunda mushaklar
uzilib, suyaklar sinib, umurtqa suyaklari tanasining
kompression sinishigacha borib yetadi. Аgar qisqarishlar
nafas mushaklarigacha tarqalsa, bemorning nafasi buzilib
asfiksiya roʼy beradi va bemorning oʼlimiga sabab
boʼlishi mumkin.
Koʼrsatib oʼtilgan asoratlardan (asfiksiya,
mushaklarning uzilishi, suyaklarning sinishi)
tashqari
oʼpka
atelektazi
va
aspiratsion
pnevmoniya, yiringli traxeit va traxeobronxitlar
rivojlanishi mumkin.
Odatda bemorlarning hushi saqlangan boʼlib,
tezda tana harorati koʼtarila boshlaydi, taxikardiya
kuchayadi. Keskin terlash, ichak va siydik tutilishi
kuzatiladi.
Kasallikning
yashin
tezligidagi
turlarida
esa
kasallikning
1-2
sutkalarida
mushaklar qisqarishining choʼqqisida oʼlim sodir
boʼladi.
Baʼzi hollarda qoqsholning kechki turlari
retsidiv kuzatiladi. Bu holatlar mudrab yotgan
infektsiyaning faollashuvi tufayli yuz beradi.
Bunda sekin astalik bilan xolsizlik rivojlanadi va
mushaklar taranglasha boradi. Bemorlarning tana
xarorati subfebril yoki maʼyorida boʼlishi mumkin.
Odatda kasallik bir necha xafta yoki oylab davom
etishi mumkin va sogʼayish bilan tugaydi.
Differentsial tashxisi :
Tipik holatlarda diagnoz qoʼyish qiyinchiliklar
tugʼdirmaydi, shunga karamasdan 15% holatlarda
diagnostik xatolar kuzatiladi. Birinchi navbatda
malyariya,
meningit,
entsefalitga
oʼxshagan
kasalliklarni inkor qilish zarur. Kasallikni bosh
miya shikastlaridan, kalla suyagi asosining
sinishidan, quturishdan isteriyadan va strixnindan
zaxarlanishdan farqlab olish zarur.
Qoqsholni davolash:
1. Qoqshol ekzotoksinini neytrallash va
jaroxatni taftish qilish.
2. Mushaklarning tonik va klonik qisqarishlar
bilan kurash.
3. Oʼpkaning samarali ventilyatsiyasini
taʼminlash.
4. Umumiy quvvatlantiruvchi va simptomatik
davo.
5. Ikkilamchi infektsiyani va asoratlarni
oldini olish.
Davolashni
shikastlanishning
muddatiga
qaramasdan jaroxatni taftish qilishdan boshlash
zarur. Boʼshligʼida yot jismlar (kiyim boʼlaklari,
metal parchalari, zirapchalar) saqlovchi jaroxatlar
ayniqsa xafli xisoblanadi. Jaroxatlarni keng qilib
ochish, yot jismlarni olib tashlash va yiring oqib
chiqishini taʼminlash zarur. Operatsiyadan keyin
esa gipertonik eritmalar bilan bogʼlamlar qoʼyish
kerak.
Tashxis qoʼyilishi bilanoq katta dozada
qoqsholga qarshi zardob (kattalarga sutkasiga 100
000-150 000 АE, bolalarga 20 000-80 000 АE,
chaqaloqlarga esa 10 000 - 20 000 АE) yuboriladi.
Zardobni mushak orasiga Bezredka usulida
yuboriladi. Ogʼir holatlarda esa qoqsholga qarshi
zardobni tomir ichiga natriy xloridning izotonik
eritmasida 1:5 nisbatda eritilgan holda yuboriladi.
Qoqsholga qarshi zardobni 2-3 sutka davomida,
har yuborganda 50 000 АE ga asta sekinlik bilan
kamaytirib boriladi.
Qoqsholga qarshi zardobning umumiy dozasi kattalar
uchun 200 000-350 000 АE gacha yetadi. Bu doza esa
organizmni antitoksin bilan yetarli darajada toʼyintiradi va
davolash jarayonida uzoq vaqt davomida qonda erkin
aylanib yuruvchi toksinlarni neytrallash uchun zarur himoya
boʼlib xizmat qiladi; kech muddatlarda esa zardob
yuborishga hech qanday zaruriyat qolmaydi.
Qoqsholni davolashda kasallikni qoʼzgʼatuvchisiga
bakteriostatik taʼsir koʼrsatuvchi GBO alohida ahamiyat
kasb etadi. Jaroxatga xirurgik ishlov berishdan oldin va
keyin r02 3 at (294,2 kPa) rejimda GBO oʼtkazish maqsadga
muvofiq boʼladi.
Mushaklarning kuchayib boruvchi klonik va
tonik qisqarishlari bilan kurash maqsadida
narkotik va neyroleptik vositalar ishlatiladi, shu
jumladan
mushaklarni
boʼshashtiruvchi
kuraresimon
miorelaksant
vositalar
ham
buyuriladi.
Narkotik analьgetiklar (morfin, paromedol 1-2% 1
ml dan), barbituratlar (geksenal, tiopental)
ishlatiladi.
Mushaklar qisqarishlarini (tutqanoq) bartaraf qilish
uchun 25% magniy sulьfat eritmasi mushak orasiga 20-30
ml dan barbituratlar bilan kombinatsiyada inʼektsiya
kilinadi. Vena ichiga sibazon (diazepam, seduksen,
relanium) kattalarga 10-30 mg dozada, bolalarga esa 2-10
mg qilinadi va keyinchalik mushak orasiga yuborishga
oʼtiladi.
Oxirgi yillarda mushaklar qasqarishlari bilan
kurashda
neyroleptik
vositalar
asosiy
oʼrinlarni
egallamokda. Koʼpincha tinchlantiruvchi, analьgetik,
smazmolitik, antigistamin va ganglioblokator samaralardan
foydalanilmoqda va 3 ml 1% li dimedrol (eritmada 4-5 ml
dan sutkasiga 4-6 marta yuboriladi). Shu jumladan
neyroleptik aralashmalar: 1-2 ml 2,5% li aminazina
eritmasi, 3 ml 1% li dimedrol yoki 5-10 ml 0,5% li
pipolьfen va 2 ml 1% li promedol eritmalari sutkasiga 5-6
martadan ishlatiladi).
Qoqshol bilan kasallangan bemorni davolash jarayoni.
Kuraresimon vositalarda tutkanoqqa qarshi
taʼsir kuchli ifodalangan. Mushaklar qisqarishi nafas
mushaklariga tarqalgan va asfiksiya xavfi tugʼilgan
holatlarda
qisqa
taʼsir vaqtiga ega boʼlgan
relaksantlar (1% li ditilin eritmasi, 2% li listenon
eritmasi, miorelaksin 3-5 ml dozada ishlatiladi) yoki
uzoq taʼsir qiluvchi (2% li diplatsin eritmasi,
tubokurarin,
pirolakson,
pavulon,
dioksoniy,
arduanlar 3-5 ml dozada) ishlatiladi. Sanab oʼtilgan
vositalar faqatgina sunʼiy nafas oldirish apparatlari
boʼlgan xolatlardagina ishlatiladi. Sunʼiy nafas
oldirishda miorelaksantlar fraktsion usulda 10-14
sutka davomida ishlatiladi.
Sunʼiy nafas oldirish (SNO) (IVL) – qoqshol bilan
kasallangan bemorlarning asosiy davolash usullaridan biri
hisoblanadi. Ogʼir qoqshol holatlarida traxeotomiya kilib
traxeostoma qoʼyiladi (shishiriladigan rezina obturatorli
traxeostomik kanyula ishlatiladi, chunki intubatsion
naychaning uzoq vaqt turishi shish chaqiradi va nekrotik
traxeobronxit rivojlanishiga sabab boʼlib, nafas yoʼllarini
sanatsiya qilishni qiyinlashtiradi). SNO (IVL) avtomatik
respiratorlar yordamida amalga oshiriladi.
Organizm
reaktivligini
oshirish
uchun
yuqori
kaloriyali ovqatlar, vitaminlar, koʼp miqdorda suyuqliklar
quyish lozim. Trizma va tutqanoq holatlarida bemorlar
hatto suyuq ovqatlarini ham yuta olmaydigan darajaga
yetgan boʼlsa burun orqali oshqozonga zond qoʼyib
enteral ovqatlantirish yoʼlga qoʼyiladi. Zaruriyatga qarab
yurak qon tomir va simptomatik davo qoʼllaniladi.
Ikkilamchi asoratlari bilan kurashish maqsadida
antibiotiklar va antiseptik vositalar, jaroxatga ikkilamchi
xirurgik ishlov berish va GBO qoʼllaniladi.
Profilaktikasi
Qoqsholni eng samarali profilaktikasi qoqsholga qarshi
anatoksin bilan faol emlashdan iborat. Qoqsholning oldini
olishga qaratilgan chora tadbirlar instruktsiyasi Oʼzbeksiton
Respublikasi SSV ning maxsus buyrugʼida koʼrsatilgan. Bu
instruktsiyaga koʼra qoqsholdan himoya qilish bolalikdan
boshlanib, АKDS (adsorbirovannaya koklyushno-difteriyno-
stolbnyachnaya) va АDS-M (adsorbirovannaya difteriyno-
stolbnyachnaya) vaktsinalari va kttalarni qoqshol anatoksini
(АS-anatoksin) bilan emlanadi.
Emlashning toʼla kursi oʼtilganidan keyin
organizm anatoksinni qayta yuborilishiga tezda
antitelolar ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʼladi.
Faol emlashning toʼla kursi birlamchi vaktsinatsiya
va revaktsinatsiyani oʼz ichiga oladi. Qoqsholga
qarshi immunitetni yetarli darajada saqlab turish
uchun kattalarda 10 yil oralatib davriy ravishda
qoqshol anatoksinini bir martalik inʼektsiya qilish
bilan revaktsinatsiya oʼtkaziladi.
Shoshilinch profilaktikasi
toʼqimalarning shikastlanishlarida (jaroxatlarda,
kuyishlarda, sovuq urishlarida), kasalxonadan tashqaridagi
(vnebolьnichnыy) abortlarda, toʼqimalar gangrenalarida va
oshqozon ichak traktining teshib kiruvchi shikastlarida
amalga oshiriladi. Shoshilinch profilaktikani jaroxatga
birlamchi jarrohlik ishlovi berishdan boshlanadi va u
nospetsifik profilaktika deyiladi, bu esa maxsus (spetsifik)
profilaktika bilan toʼldiriladi.
Qoqshol shoshilinch profilaktikasining shart
sharoitlari va texnikasi
1 ml qoqshol anatoksin mushak orasiga yuboriladi va boshqa
shprits bilan mushak orasiga 250 ME qoqsholga qarshi odam
immunoglobulini (protivostolbnyachnogo chelovecheskogo
immunoglobulina PSChI) yuboriladi. PSChI yoʼq boʼlgan
holatlarda giperimmunizatsiyalashtirilgan otlar qonidan
tayyorlangan 3000 ME qoqsholga qarshi zardob QQZ (PSS)
yuboriladi.
QQZ (PSS) yuborilishi oldidan albatta 1:100 nisbatda
suyultirilgan ot zardob bilan teri ichi sinamasi qoʼyiladi.
Suyultirilgan zardobdan 0,1 teri ichiga yuboriladi va
reaktsiya holati 20 minutdan keyin baxolanadi. Аgarda
zardob yuborilgan joyda shish yoki teri giperemiyasining
diametri 1 sm dan kam boʼlsa sinama salbiy (otritsatelьnaya)
hisoblanadi.
Аsoratlarini (anafilaktik shok, zardob kasalligi)
oldini olish maqsadida sinama manfiy boʼlgan
holatlarda PSS 0,1 ml miqdorda teri ostiga
yuboriladi va 30 minutdan keyin qolgan dozasi
yuboriladi.
Quyidagi shaxslarga qoqshol anatoksini faqatgina
0,5 ml miqdorda yuboriladi: 1) emlashni toʼliq
oʼtganligini tasdiqlovchi xujjati boʼlsayu, oxirgi
emlashdan keyin 10 yildan kam vaqt oʼtgan boʼlsa.
2) oxirgi 5 yil davomida anatoksinning ikkita
inʼektsiyasini olgan boʼlsa yoki oxirgi 2 yil
davomida bitta inʼektsiya olgan boʼlsa.
Faol
passiv
profilaktikasini
oʼtgan barcha shaxslar
keyinchalik yana 6 oydan 2 yilgacha boʼlgan muddatda 0,5
ml qoqshol anatoksini bilan revaktsinatsiya oʼtishlari shart.
Toʼla kursni oʼtganlik haqida hujjati boʼlgan shaxslar
agarda oxirgi emlashdan keyin 10 yildan kamroq vaqt oʼtgan
boʼlsa profilaktik maqsadda emlanmaydi.
Revaktsinatsiyasiz faol passiv profilaktika oʼtgan
bemorlarga emlashdan keyin 20 kundan 2 yilgacha vaqt
oʼtgan boʼlsa faqatgina 0,5 ml АS yuboriladi xalos.
Qoqsholda haliyam oʼlim darajasi yuqoriligicha
qolmoqda va baʼzi mualliflarning maʼlumotlariga koʼra 20-
30% gacha yetadi, yaqin oʼtmishlarda esa bu koʼrsatkich 40 -
60% ni tashkil qilar edi.
Kuydirgi
oʼtkir infekion kasallik boʼlib, qoʼzgʼatuvchisi
teriga tushgan joyida yarali nekrotik zararlanish
chaqirishi bilan va baʼzan esa jigar va ichaklarning
zararlanishi va sepsis rivojlanishi bilan namoyon
boʼladi.
Qoʼzgʼatuvchisi – kuydirgi tayoqchasi boʼlib,
xayvonlar yoki odam organizmida vegetativ
shaklda, tashqi muxitda esa bir necha oʼn yillar
davomida tuproqda spora holatida saqlanadi.
Odatda kuydirgi bilan qoʼylar va qoramollar
kasallanadi. Odamga hayvonlarning terisi, yungi
va goʼshti orqali yuqadi. Shu sababli kuydirgidan
oʼlgan
hayvonlar
mukammal
ravishda
zararsizlantiriladi va yoʼqotiladi.
Klinik
koʼrinishi
Inkubatsion davri qisqa, 2-7 kun, lekin 12 kundan
ortmaydi. Klinik jihatdan kuydirgining uch turi
tafovut qilinadi: teri, oʼpka va ichak.
Teri turi alohida ahamiyatga ega boʼlib
kuydirgi karbunkuli paydo boʼlishi bilan kechadi.
Koʼpincha u infenktsiyaga moyil boʼlgan joylarda
qoʼllarda, boʼyinda va bosh soxasida paydo boʼladi.
Kuydirgi karbunkulining
koʼpincha joylashuv
joylari va
koʼrinishi
Koʼzgʼatuvchi tushgan joyda koʼkimtir qizgʼish
rangda pufakcha paydo boʼlib, uning atrofida
toʼqimalar shishadi. Pufakcha yorilganidan keyin
yara qora rangli qattiq, qalin poʼstloq (strup) bilan
qoplanadi. Birlamchi pufakchaning atrofida yangi
pustulalar paydo boʼlib, shish kuchayadi, regionar
limfa tugunlar kattalashadi. Poʼstloq (strup) koʼchib
tushadi va uning oʼrnida yara qoladi. Bir vaqtning
oʼzida biroz yiringli ajralmali bir necha yaralar
paydo boʼlishi mumkin. Bemorlarning umumiy
axvoli nisbatan qoniqarli. Bakteriologik tekshirishlar
natijasida kuydirgining qoʼzgʼatuvchisi aniqlanadi.
Ichak turi bilan zararlangan goʼsht isteʼmol
qilinganida, oʼpka turi bilan esa kuydirgi
tayoqchasi sporalarining nafas (teri, moʼyna
maxsulotlari korxonalarida) orqali tushishidan
rivojlanadi. Ichak va oʼpka turlari keskin umumiy
buzilishlar bilan kechib, odatda oʼlim bilan tugaydi.
Kuydirgi karbunkulini furunkuldan, oʼlat
bubonidan va kalamush tishlagan jaroxatidan
(sodoku) farqlay olish zarur.
Diagnostikasi
Tashxis qoʼyish uchun bemorning kasbini bilish
zarur. Tashxisni tasdiqlash uchun zararlanish
oʼchogʼidan, septik holatlarda esa – qondan,
balgʼamdan,
va
axlatdan
kasallikning
qoʼzgʼatuvchisi ajratib olinadi. Qishloq xoʼjalik
maxsulotlarida sporalar bor yoki yoʼqligini aniqlash
uchun
termopretsipitatsiya
reaktsiyasi
(Аskoli
reaktsiyasi) oʼtkaziladi. Diagnostikada antraksin
bilan teri allergik sinamasini qoʼyish muxim rol
oʼynaydi.
Davolash
Ruxli, kseroformli yoki antibiotikli malham
buyurish bilan konservativ davo oʼtkaziladi.
Ximoyaviy granulyatsion val buzilib, kasallik
tarqalib ketishi mumkinligi uchun operativ davo
taqiqlanadi. Keng taʼsir doirali antibiotiklar, 50-
150 ml maxsus zardoblar salьvarsan bilan
kombinatsiyada (0,6-1 vena ichiga ishlatiladi).
Quturish
Oʼtkir virusli kasallik boʼlib, markaziy nerv sistemasi
qoʼzgʼaluvchanligining ortishi, keyinchalik esa paralichi
va oʼlim yuz berishi bilan xarakterlanadi. Kasallik butun
yer shari boʼylab tarqalgan. Kasallikning asosiy
manbalari kuchuklar (odamlarda 95% holatlarda quturish
kuchuk tishlashi bilan bogʼliq).
Quturish deyarli barcha hollarda oʼlim bilan tugaydi
va odam uchun juda xavfli hisoblanadi. Statistika
maʼlumotlariga koʼra (Rossiya 2006) dunyoda har yili 50
000 odam quturish kasalligidan oʼlar ekan.
Xayvonlarning quturishi qadimdan maʼlum boʼlib,
Demokrit, Аristotelь va boshqalar oʼz qoʼl yozmalarida
bu haqda toʼxtalib oʼtishgan.
L.Paster oʼz tadqiqotlari natijasida kasallikning
qoʼzgʼatuvchisi markaziy nerv sistemasiga intilishini
asoslab bergan. 1887 yili rumin olimi V.Babesh, 1903
yili
esa
italьyan
vrachi
А.Negri quturishdan
oʼlganlarning miyasidan oʼlchamlari 1 dan 27 mkm
gacha boʼlgan kiritmalarni (vklyucheniya) topishgan.
Bu
Babesha-Negri
tanachalarining
tabiati
haligachayam aniq emas, lekin ularning aniqlanishi
muhim diagnostik ahamiyatga ega.
Etiologiyasi va patogenezi
Kasallikning
qoʼzgʼatuvchisi
rabdoviruslar
guruxiga mansub. U koʼpchilik issiqqonli
hayvonlar uchun patogen boʼlib, bemor kasallik
klinik belgilari boshlanishidan 7-8 kun oldin
soʼlagi
bilan
virus
chiqara
boshlaydi.
Shikastlangan teri orqali kirgandan keyin virus
nerv stvollari orqali bosh miyaga yetib boradi va
unda shish, qon quyilishi va nerv xujayralarining
degeneratsisini chaqiradi. Virus soʼlak bezlariga
tushadi va soʼlak orqali tashqi muxitga ajraladi.
Quturish
maxsus
(spetsifik)
entsefalitga
oʼxshab kechadi. Bir necha oydan bir
yilgacha choʼziluvchi inkubatsion davrdan
(koʼpincha20 90 kun) keyin boshlanadi.
Inkubatsion
davrning
davomiyligi
infitsirlanish
dozasiga
va
jaroxatning
joylashuviga
(miyaga
uzoq
yoki
yaqinligiga) bogʼliq.
Inkubatsion
davrdan
keyin
kasallikning
prodromal davri (davomiyligi 1-3 kun),bu vaqtda
esa kuzatiladi:
tashlangan joy shishadi
Tishlangan joyga yaqin joylashgan nervlarda
nevralьgiya.
Umumiy
madorsizlik,
tana
xaroratining
oshganligi, uyquning buzilishi.
Klinik
koʼrinishi:
Keyin esa kasallikning avj olish bosqichi
boshlanadi: suvdan qoʼrqish, tamoq va
xiqqildoq
mushaklarining
ogʼriqli
qisqarishlari, baʼzan suv ichishga harakat
qilganida nafasning toʼxtashi, keyinchalik esa
oqayotgan suvni koʼrganda yoki ovozini
eshitganda, yoki suv haqida gapirganda
mushaklar qisqarishi. Xurujlar bir necha
sekund davom etadi va soʼnadi. Shu jumladan
psixomotor qoʼzgʼalish xurujlari kuzatiladi:
bemorlar agressiv boʼlib qoladilar, baqiradi,
mebellarni sindirib odamga xos boʼlmagan
kuchlar ishlatadi.
Diagnostikasi
Tishlangan jaroxatning topilishi yoki xayvon soʼlagining
shikastlangan teriga tushishi katta axamiyatga ega.
Odamda muxim belgilardan biri bu suvdan qoʼrqish, suv
yoki ovqatlarni koʼrganda yutish mushaklarining spazmi
yuz berishi tufayli bemorlar xatto bir stakan suv ham icha
olmaydilar. Xavoning bir ozgina harakati ham mushaklar
qisqarishiga sabab boʼladi – aerofobiya. Soʼlak
oqishining kuchayishi bunday bemorlarga xos belgilardan
boʼlib, soʼlagi ogʼiz burchagidan doim oqib turadi.
Diagnozni laboratoriyada tasdiklash talab qilinmaydi.
Davolash
Kasallikning belgilari boshlanganidan keyin bemorlarni
qutqarib boʼlmaydi. Davolashning samarali usullari
yoʼqligi bemorlar hayotini qutqarish muammosini
tugʼdiradi. Bemorlar axvolini yengillashtirish uchun
simptomatik muolajalardan foydalaniladi. Bemorlarni
qorongʼi va tinch palatalarga joylashtiriladi. Harakat
qoʼzgʼalishlarini toʼxtatish uchun sedativ vositalar
buyuriladi, tutqanoq xurujlari kuraresimon vositalar
yordamida
bartaraf
qilinadi.
Nafas
buzilishlarini
trexeotomiya va sunʼiy nafas olish apparatiga ulash bilan
bartaraf qilinadi.
Profilaktikasi
Kuchuklarda quturishni yoʼqotish maqsadida daydi
kuchuklar yoʼqotiladi. Kasal yoki gumonli kuchuk
tishlagan odamlar jaroxati tezlik bilan qaynatilgan iliq 20%
li sovunli suvda yuviladi, keyinchalik esa 70% spirt yoki
yodning spirtli nastoykasi bilan ishlov beriladi. Iloji
boricha tezroq vaktsinatsiya oʼtkazilishi zarur. Bunda
antirabik zardob yoki antirabik immunoglobulin jaroxat
devorlariga va atrof toʼqimalarga yuboriladi. Shuni bilish
kerakki emlash kuchuk tishlaganidan keyin 14 kun ichida
va katʼiyan emlash koidalari bilan qilinsagina samarali
boʼladi, bu muddatdan keyin esa emlashning xojati
qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |