Chiqaruv organlari modda almashinuvining oxirgi maxsulotlarini organizmdan chiqarib yuborish bilan bir qatorda, organizm ichki muhitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash uchun xam axamiyatli. Masalan, ular osmoregulyatsiyada, ya’ni organizm ichki muhitining osmotik bosimini doim bir darajada saqlashda (izoioniya) qatnashadi. - Chiqaruv organlari modda almashinuvining oxirgi maxsulotlarini organizmdan chiqarib yuborish bilan bir qatorda, organizm ichki muhitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash uchun xam axamiyatli. Masalan, ular osmoregulyatsiyada, ya’ni organizm ichki muhitining osmotik bosimini doim bir darajada saqlashda (izoioniya) qatnashadi.
- Chiqaruv organlari – buyraklar, o’pka, ter bezlari – organizmda vodorod ionlari kontsentratsiyasini doim bir darajada saqlashda xam muxim ahamiyatga egadir.
Buyraklarning tuzilishi. - Buyrak murakkab tuzilgan bo’lib, taxminan 1 million nefrondan tuzilgan, bo’lar struktura va funktsional birliklardir. Nefronning funktsional birlik ekaniga sabab shuki, u siydik hosil bo’lishida ro’y beradigan barcha protsesslar yig’indisi amalga oshira oladi.
Buyrak (grekcha “nephros”) siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo’lib, katta odamda uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm. Og’irligi 120 -200 g. U to’q qizil rangli, yuzasi katta odamda silliq. Buyrakning oldingi yuzasi qavariq, orqa yuzasi yassiroq. Uning yuqori uchi, pastki uchi, qavariq lateral qirrasi, botiq medial qirrasi tafovut qilinadi. - Buyrak (grekcha “nephros”) siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo’lib, katta odamda uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm. Og’irligi 120 -200 g. U to’q qizil rangli, yuzasi katta odamda silliq. Buyrakning oldingi yuzasi qavariq, orqa yuzasi yassiroq. Uning yuqori uchi, pastki uchi, qavariq lateral qirrasi, botiq medial qirrasi tafovut qilinadi.
Medial qirrasining o’rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo’li, vena va limfa tomirlar chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo’shlig’iga o’tib ketadi. Buyrak bel sohasida umurtqa pog’onasining ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan - Medial qirrasining o’rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo’li, vena va limfa tomirlar chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo’shlig’iga o’tib ketadi. Buyrak bel sohasida umurtqa pog’onasining ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan
Do'stlaringiz bilan baham: |