Efir moyining spirtda eruvchanligini aniqlash uchun (XI DF bo‘yicha)
1 ml moy 10 ml hajmdagi silindrga quyiladi va moy to‘liq erib ketgunga qadar silindrni chayqatib turib, unga byuretkadan ma’lum konsentratsiyadagi spirt qo‘shib turiladi. Efir moyi to‘liq erigandan so‘ng qancha spirt ketgani hisoblanadi.
Efir moylarini fraksion haydash yo‘li bilan uning tarkibidagi barcha qismlarning qaynash harorati hamda miqdori aniqlanadi. Ayni vaqtda moy tarkibiga qo‘shilgan aralashmalarni ham bilish mumkin.
Efir moylarining qotish haroratini aniqlash tarkibida stearopteni ko‘p bo‘lgan moylar uchun katta ahamiyatga ega. Stearoptenlar ko‘pincha efir moylarining asosiy qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |