Андижон давлат тиббиет институти


Bemorning shaxsiy buyumlari gigienasi



Download 313,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.05.2022
Hajmi313,34 Kb.
#609377
1   2   3   4
Bog'liq
3.Shifoxona ichki infeksiyasi. Shaxsiy gigiyena 3c1c8f433e0074356512a7029731b16f

Bemorning shaxsiy buyumlari gigienasi
. Umuman olganda, bemorning 
shaxsiy buyumlari to‘plami o‘rtacha miqdorda kamaytirilishi kerak. SHunday qilib, 



iloji bo‘lsa, yangi foydalaniladigan elementlardan va yangi ishlatiladigan narsalar: 
eski kitoblar o‘rniga yangi gazeta va jurnallar, qog‘oz salfetkalari mato tolalarining 
o‘rniga. Bemorning shaxsiy buyumlari yopiq eshikli tumbalarda saqlanadi. 
Bemorning doimo ishlatiladigan shaxsiy buyumlari (ko‘zoynak, chandiqlar, sochlar, 
tish cho‘tkasi, tish pastasi, sovun idishida sovun, karlarga eshitiladigan eshitish 
moslamasi, 
qaychi va boshqa) dezinfeksiyaga kilinadi. Zarurat tug‘ilganda, bemorga shaxsiy 
tibbiy buyumlar beriladi: chiqindilar uchun idish, tupurish uchun idish va hokazo. Bu 
idishlar ishlatilganidan keyin darhol xonadan olib tashlanadi va yaxshilab yuviladi. 
Bemor muolajasi tugatilgandan so‘ng, individual parvarishlash vositalari qabul 
qilingan usullardan biriga ko‘ra dezinfeksiyalanadi. Xirurgiya bo‘limida bemorlar 
jundan tayyorlangan kiyim-kechak va oyoq-kiyim kiyishi mutlaqo mumkin emas, 
chunki bunday kiyimlarni dezenfeksiya kilish va ularni yuvib olish qiyin. Bemorning 
shaxsiy narsalarini kundalik kuzatuvi palata hamshiralari va katta 
hamshirasi tomonidan nazoratda bo‘ladi. 
Bemor o‘rnini tayyorlash qoidalari. 
Bemor o‘rnini tayyorlash uchun oqlik va o‘rinbosh anjomlarining komplekti bo‘lishi 
zarur, unga to‘shak, jildlari bo‘lgan ikkita pat yoki par yostiq, choyshab, ko‘rpa bilan 
ko‘rpa jildi va sochiq kiradi. Karavotga yuzasi silliq va qattiq jun yoki paxta tushak 
qo‘yiladi. YOstiqlarga toza va dazmollangan jildlar kiydiriladi. CHoyshab va jildlarni 
burma hosil qilmaydigan qilib yozish kerak. 
O‘rinbosh va ich kiyimlarni alishtirish qoidalari. 
Oqliqlarni navbatdagi sanitariya yuvib-tarashidan keyin odatda 7—10 kunda bir 
marta alishtiriladi. Og‘ip bemorlarda buni katta ezhtiyotkorlik bilan bajariladi. 
Bemorni asta-sekin karavot chetiga surib qo‘yiladi. Agar ahvoli imkon bersa
yonboshi bilan yotqiziladi, kir choyshabning bo‘sh turgan yarmini eni bo‘ylab orqaga 
tomon o‘raladi, bo‘shab qolgan joyga esa yarmi o‘ralgan toza choyshab yoziladi (1-
rasm, a, b, v). Toza va kir choyshab o‘ramlari yonma-yon yotadi. So‘ngra bemorni 
choyshabning toza yarmiga yotqiziladi, kirini yig‘ishtiriladi, tozasini yoziladi va shu 
bilan choyshab solish tugallanadi. Agar bemorga o‘rinda harakatlar qilishga ruxsat 



berilmagan bo‘lsa, choyshabni boshqa usul bilan alishtiriladi. Avvaliga bemorning 
boshini bir oz ko‘tariladi, choyshabning bosh tomonini belga burma holida yig‘iladi, 
so‘ngra oyolarini ko‘tariladi va shu tariqa belga choyshabning ikkinchi uchini 
yig‘iladi, shundan so‘ng uni bemor tagidan ehtiyotlik bilan chiqariladi. Ayni paytida 
ikkinchi tomondan uzunasiga ikkita o‘ram qilib o‘ralgan toza choyshabni bel ostiga 
kiritiladi, so‘ngra uni ikkala tomondan — bosh va oyoqlar tagiga yoziladi.Ich 
kiyimlarni alishtirishda muayyan ketma-ketlikka rioya qilish kerak ko‘ylakni elkadan 
yuqoriga ko‘tariladi, avval boshdan, so‘ngra qo‘llardan chiqariladi, uni teskari 
tartibda kiyintiriladi — kuylakning oldin engi, so‘ngra bosh tomoni kiyiladi. Oyoq-
qo‘l kasalliklarida yoki shikastlarida ich kiyimni avval so g‘lom oyoq-qo‘ldan, keyin 
kasal oyoq-qo‘ldan echiladi. Kiyimni teskari tartibda, ya’ni avval shikastlanganoyoq-
qo‘lga kiyiladi. Bemor badan terisini parvarishlash qoidalari. Bemorga qarashda 
badan terisining ozoda bo‘lishini ta’minlash muhim. Agar bemorning ahvoli qoniqarli 
bo‘lsa, u dush yoki gigienik vannaga, ko‘ksining yuqori qismidan tashqari, butun 
gavdasi bilan tushadi. YOtib qolgan bemorlarga mahalliy vanna tayinlanadi, xolos. 
Masalan, bemor qo‘l yoki oyoqlarini suvga soladi. Suv harorati + 37 —38° S bo‘ladi, 
muolaja davomliligi ko‘pi bilan 15 minut.Og‘ir yotgan bemorlarning yuzini iliq 
suvga ho‘llangan paxta bilan artiladi (suv harorati + 36 —37°S). Badanni kir sovunli 
iliq suvga ho‘llangan bulutcha yoki sochiq bilan qism-baqism: bo‘yin, ko‘krak, 
qo‘llar, qorin, son, oyoqlarni navbat bilan, muayyan ketma-ketlikda qizarguncha 
ishqab artiladi. 
O‘rindan turmay yotadigan rejimdagi bemorlarga ertalabki yuvinish uchun to‘shagi 
oldiga iliq suv va tog‘oracha tutiladi. Ular talabalar yordamida avval qo‘lini, so‘ngra 
yuzi, buyni va quloqlarini, qo‘ltiq sohasini, chov burmalarini, sut bezlari ostidagi 
burmalarni, ayniqsa ko‘p terlaydigan va semiz bemorlarda sunt bilan yuvadilar, aks 
holda teri burmalarida bichilishlar hosil buladi. Jinsiy organlar va orsa chitsaruv yuli 
sohasi aynitssa hunt bilan parvarishlashni talab etadi. YUradigan bemorlar shu 
matssadda suv otsimi vertikal bo‘lgan maxsus unitazlardan foydalanishadi yoki 
boshqa usulda ostini yuvadilar, yotgan bemorlarning ostini esa sutkasiga kamida 1 
marta yuviladi. Bunda bemor chanogi tagiga kleyonka yoziladi. Tagga quyiladigan 



sudno tutiladi va tizzalarni bukib, oyoqlarni bir oz kerish taklif qilinadi. Oraliqqa 
qo‘ygichdan iliq suv yoki kuchsiz kaliy permanganat eritmasi yo‘naltiriladi. So‘ngra 
kornsang bilan qisib olingan steril paxta iliq suv 
bilan jinsiy organlardan orqa chiqaruv yo‘liga tomon bir necha harakatlar qilinadi. 
Boshqa paxta pilikchasi bilan oraliqni quritiladi. Etib qolgan bemorlarda yotoq 
yaralar paydo bo‘lishi ularni yaxshi parvarish qilmaslik oqibatidir. 

Download 313,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish