Андижон давлат тиббиет институти



Download 313,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.05.2022
Hajmi313,34 Kb.
#609377
  1   2   3   4
Bog'liq
3.Shifoxona ichki infeksiyasi. Shaxsiy gigiyena 3c1c8f433e0074356512a7029731b16f



MASHG‘ULOT MAVZUSI:
SHifoxona ichki infeksiyasi, 
shaxsiy gigiena xaqida shifokorning – bemor bilan muloqot 
qilishi. 
Kasalxona ichi infeksiyasi
 
– bu bemorning kasalxonada davolanishi paytida 
yoki kasalxonada qolishi vaqtida, hamda kasalxonadan chiqarilishidan so‘ng 
kasalxonada yuqtirilgan mikrobial kelib chiqqan, shuningdek, tibbiy muassasadagi 
xodimning yuqumli kasalligi ushbu tashkilotda ishlayotganida uning yuqtirishi 
sababli rivojlangan kasalliklar guruhidir.
 
Kasalxona ichi infeksiyasi rivojlanishining asosiy sabablari 
Tibbiy muassasada kasalxona ichi infeksiyasining
 
paydo bo‘lishi va 
rivojlanishiga olib keluvchi omillarga kiradi: 

tibbiy xodimlar va bemorlar orasida aniqlanmagan kasalliklar va infeksiya 
tashuvchilarning mavjudligi; 

sterilizatsiya qilishning maxsus usullarini talab qiladigan murakkab 
uskunalardan keng foydalanish; 

katta shifoxonalar komplekslarini yaratish, shifoxonalar va poliklinikalarda 
kaltalanish, binolarning (kameralar, davolash xonalari va boshqalar) nisbatan 
yaqinligi; 

aseptika va antiseptika qoidalarini buzish, shifoxona va poliklinikalar uchun 
sanitariya-gigiena standartidan chetga chiqish; 

tibbiy asboblar, apparatlar, asboblar va h.k. dezinfeksiya qilishni, sterilizatsiya 
qilishning buzilishi; 

tibbiy muassasada joylar, asosiy va yordamchi binolar qurilish qoidalarining 
buzilishi, hamda sanitariya-epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiena tartib 
qoidalarining buzishi; 

kasalxona ichi infeksiyaning
 
oldini olishda muhim rol o‘ynaydigan tibbiyot 
xodimlarining, ayniqsa, bemorlarning parvarishiga bevosita ishtirok etadigan 
xodimlar malakasining etarli emasligi. 
Kasalxona ichi infeksiyasi qo‘zg‘atuvchilari 



Kasalxona ichi infeksiyasi
 
patogen va shartli patogen mikroorganizmlar 
vakillarini o‘z ichiga olgan katta guruh mikroorganizmlar tufayli rivojlanadi. Bular: 
stafilokokklar, streptokokklar, Pseudomonas auraeginosa, proteylar, klebsiella, 
e.coli, salmonellalar, enterobatsterlar, enterokokklar, serratia, bakteroidlar, 
klostridiylar, kandida
va boshqa mikroorganizmlar. Kasalxona ichi infeksiyasi 
etiologiyasida gripp viruslari, adenoviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar, virusli 
gepatit va boshqa viruslar muhim o‘rin egallaydi. Bundan tashqari lepyunellalar, 
pnevmotsistalar, aspergillalar va boshqa kamyob, yoki ilgari noma’lum 
qo‘zg‘atuvchilar tomonidan ham rivojlanishi mumkin. 
Kasalxona ichi infeksiyasi odatda tasodifiy va epidemik ko‘rinishda aniqlanadi. 
SHifoxonada davolanayotgan deyarli har qanday bemorlar yuqumli jarayonlarini 
rivojlanishiga moyil hisoblanadi. 
Har qanday yuqumli kasallik kelib chiqishi va tarqalishi uchta asosiy 
komponentlarni o‘z ichiga oladi: 
infeksiya manbai, yuqish yo‘li va qabul qiluvchi 
sub’ekt.
Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi
: bemorlar, patogen 
mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy 
xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari. 
Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologligi va patogen manbalarining hamda 
bu kasallikning mexanizmlarining xilma-xilligi, uzatish yo‘llari va omillarining 
turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi. 
Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo‘zg‘atuvchilari havo-tomchi, havo-
chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo‘llar va homilaning 
tug‘ruq yo‘lidan o‘tish vaqtida ham yuqishi mumkin. 
Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish 
I. Nospetsifik profilaktikasi 

Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini 

Download 313,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish