1. Qishloq xo‘jaligida sug‘urtaning ahamiyati, maqsad va vazifalari
Mamlakatimiz qishloq x o ‘jalik sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli
islohotlarning asl maqsadi, bu mavjud yer va suv resurslaridan oqilona va
samarali foydalana oladigan, mimosib egalar q o ‘liga topshirishdir. Fermerlik
harakatining
mamlakat
bo‘ylab
keng joriy
etilishi,
bu
Hukumat
rahbarlarining istiqbolda fermerlarga bo‘lgan katta ishonchi va umididir.
Uddaburon va tadbirkor yer egasi o ‘zi boyiydi, ham davlatni boyitadi.
M a’lumki, jam iyatim izning demokratik tamoyillari asosida rivojlanishi,
mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini tom m a’noda shakllanishi, iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirilishi hamda m ulkchilik shaklini o ‘zgartirish, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash borasida katta ishlar amalga
oshirilmoqda.
Barcha
sohalar
qatorida
respublikamizda
sug‘urta
xizmatini
ham
takomillashtirish davr taqazosi bo‘lib hisoblanadi.
Sug‘urta xizmatining ko‘p asrlik tarixi va tajribasi, uning jam iyat
iqtisodiyotiga ijobiy ta ’sir qiluvchi davlat tizimini barqarorlashtiruvchi kuchli
omil ekanligini isbot etdi. Azaldan qishloq x o ‘jaligi sohasi mamlakatlar oziq-
ovqat mustaqilligini ta ’minlab, bu sohaning inqirozga uchrashi mamlakatlami
chetdan oziq-ovqat keltirib beruvchilarga qaram b o ‘lish xavfini oshirardi.
Qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va boshqa rivojlangan jamiyatlarda, qishloq
xo ‘jaligini inqirozga uchramasligi uchun dastlabki sug‘urta tizimlari joriy
etilgan. Bu tizim asosan majburiy ko‘rinishda b o 4 lib, serhosil yillarda
dehqonlar o ‘z hosillarining m a’lum bir qismini soliq sifatida qishloq
oqsoqollari yoki soliqchilarga topshirishgan. Hosilning bir qismi davlat
ehtiyojlariga y o ‘naltirilsa, qolgan qismi bir-necha yillarga yetadigan maxsus
urug‘lik g ‘alla va sholi g ‘aramlariga y o ‘naltirilgan.
Qishloq x o ‘jaligi sohasida xatarlarni tan olmaslik va xatarlarni boshqarish
tizimini rivojlantirishdan bosh tortish ayrim qishloq x o ‘jaligi ishlab
chiqaruvchilarini va b a’zan qishloq x o ‘jaligini va umuman jam iyatni uzluksiz
rivojlanishiga to ‘sqinlik qilishi mumkin. Bunga bir qator sabablar asos
bo‘lishi mumkin, masalan:
1)
qishloq x o ‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining daromadlari tabiiy ofatlar
va boshqa kutilmagan hodisalardan kafolatlanmaganligi, ularning kelgusida
xo‘jalik yuritishiga katta xavf tug‘diradi. Bu qishloq xo‘jaligida m ashg‘ul
bo‘lgan mehnat resurslari bandligi va ularning daromadlariga salbiy ta sir
ko‘rsatadi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligiga aloqador va xizmat
ko‘rsatuvchi tijorat tizimlarida ham kapital aylanishi sustlashishiga olib
keladi, y a’ni yerga ishlov beruvchi traktorlar, asbob-uskunalardan tortib to
oddiy qishloqdagi kosib va hunarmandlar no-ozuqabop mollari sotilishi
kamayadi.
2)
qishloq x o ‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo lgan xatarlarning
mavjudligi, agrar sohani samarali kreditlash tizimini yaratishga to ‘sqinhk
qilishi mumkin. Sababi, mavjud xatarlar kredit qaytmasligi xavfini oshirib,
qishloq x o ‘jaligini kreditlovchi bank tizimini inqirozga uchratishi mumkin.
Sug‘urta, ayniqsa, bozor munosabatlarining rivojlanish davrida, xo jalik
yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollarini
turli kutilmagan hollardan moddiy, moliyaviy himoyalash, ularning e’tiborini
ko‘proq ishlab chiqarish jarayonidagi raqobat muammolariga qaratishlariga
sharoit yaratib beradi.
Qishloq xo‘jalik sug‘urtasi tizimi yuqorida zikr etilgan va boshqa ко pgina
sabablarga k o ‘ra qishloq x o ‘jaligi ishlab chiqarishida mavjud xatarlar
oqibatlarini oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi. Sug‘urta tizimi
nafaqat dehqon daromadini kafolatlaydi, balki davlat dotatsiyasidan farqli
o ‘laroq, asl dehqon bilan sohta dehqonni ajratib, sug‘urtaga murojaat
qilganda, har birining mehnatiga qarab daromad olishiga olib keladi. Bu hoi
bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy raqobat, y a’ni x o ‘jalik yuntishm samarali
tashkil etmaganlami kasodga uchrashi sababli sohadan chiqib ketishga
unday di.
Shu m unosabat bilan, hozirgi davrda,
sug‘urta bozormi, sug'urta
tashkilotlarini faoliyatini hamda sug'urta xizmatidan foydalanuvchilarni
ma’lum bir talab darajasiga ko'tarishda sug'urtaning mohiyatini va huquqiy
asoslarini yoritib beruvchi, undagi muammolarni yechish yo'Uanm tahlil
qilish borasida qonunchilik sohasida olib borilayotgan ishlaming ahamiyatli
ekanligini ta ’kidlab o ‘tish lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25 fevral Farmom bilan
tashkil etilgan " 0 ‘zagrosug‘urta" davlat aksionerlik sug‘urta kompaniyasi
qishloq x o ‘jaligiga xizmat k o ‘rsatuvchi yagona kompaniyadir.
Ana shu Farm onga asosan qishloq x o ‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilammg
mol-mulkini, ekinlari hosili, mahsulot yetishtirish uchun avans tanqasida
ajratiladigan m ablag‘lar qaytarilishi uchun javobgarlik, mahsulot yetishtirish
uchun tijorat banklaridan olinadigan maqsadli kreditlam ing qaytarilish
bo‘yicha javobgarlik, shuningdek qishloq joylardagi yuridik va jismoniy
shaxslarga sug‘urta xizmati ko‘rsatish belgilab berilgan.
1999-2001-yillarda sanatsiya qilingan xo‘jaliklar bilan to liq sug urtaviy
aloqalar o ‘rnatildi, fermerlar orasida sug‘urta xizmatini olib borish
takomillashtirilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda x o ‘jalik va fermerlar har xil tabiiy ofatlar
tufayli ko‘rgan zararlari uchun sug‘urta shartnomalari asosida sezilarli
moliyaviy yordam oldilar va ular sug‘urtaning mohiyatini chuqurroq his
etmoqdalar.
Shu bilan birga aksariyat shirkat xo‘jaliklari va fermerlar tuzilgan ixtiyoriy
sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisoblangan badallam i sug‘urta tashkiloti
hisobiga o ‘tkazib berishda moliyaviy yetishmovchiliklar mavjudligi tufayli
ko‘pchilik tuzilgan shartnomalar kuchga kirmay qolmoqda.
Demak, qishloq x o ‘jalik sug‘urtasi tizimining asosiy maqsadi va vazifasi
qishloq x o ‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qullab-quw atlab, ularga tabiat
injiqlariga qarshi moliyaviy himoyani taklif etishdan lborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |