Anbar Otinning pedagogik fikrlari. Reja: Anbar Otin ijodining o`rganilishi. Shoiraning hayoti haqida


Mani farzandlarim to`rt bo`ldiyu bas



Download 100,59 Kb.
bet3/5
Sana27.06.2022
Hajmi100,59 Kb.
#709777
1   2   3   4   5
Bog'liq
Anbar Otinning pedagogik fikrlari.

Mani farzandlarim to`rt bo`ldiyu bas,
Mo`minxo`jam edi andak yomoni.
Bibixon - rohati jonim, anisim,
G`ariblik, dardmandlik darmoni.
Yotib qoldim, murabbim bo`ldi shu qiz,
Aning birla topib jonim omoni.
Usmonxo`ja – halimu qobilimdur,
O`qitdi ustod Xayrulloxoni.
Mani dardimga qo`shdi ming alamlar,
Vafot etkan qizim ul Ominaxoni.
Misralardan ham ayonki, xastamand shoiraga qizi Ominaning bevaqt vafoti qattiq zarba bo`ladi.
Shoira taxminan 1914 -1917 yillar oralig`ida vafot etadi.
Anbar Otinning ijodiy merosi deyarli she`riy asarlardan iborat. Uning o`z qo`li bilan yozgan devoni saqlab qolingan. Bu devon shoiraning o`g`li Usmonxo`ja Zohidov tomonidan Qo`qon adabiyot muzeyiga taqdim etilgan. Devonning hajmi 685 misra bo`lib, unga kirgan she`rlarni shoira asosan hayotining keyingi yillarida yaratgan bo`lishi kerak, degan taxminlar bor. Yuqorida e`tirof etganimizdek, 60-yillarda shoiraning farzandlari va boshqa ularga yaqin bo`lgan kishilar tomonidan bir necha she`rlari, alohida she`riy to`plami taqdim etildi. To`plam «hurufi hijo» tarzidagi asarlardan iborat, ya`ni shoira ularni yakka baytlar deb aytadiki, bunda arab harflarining har biriga alohida kichik she`rlar bitilgan.
Anbar Otin lirikasi alohida o`ziga xos ijoddir. Shoira an`anaviy tarzdagi intim asarlarni juda oz yaratgan. U hayotda ro`y berayotgan har bir voqeaga bee`tibor bo`lmaydi, aksincha, sinchkovlik bilan kuzatib o`z qarashlarini nazmiy yo`l bilan ifoda etadi:
Ey bolam, Xayrulloxon maktab ochibdur boringiz,
Albatta, shu yangi maktabda o`qungiz, boringiz.
Yerda o`lturmay xarrakda o`ltururmish bolalar,
Toza turgay ust-boshu jomai dastoringiz.
O`rgatarmish turk tilida har ilmdan borini,
Kelgusida shu bilimlar birla bo`lg`ay koringiz.
Bu she`r hayotiy voqelik asosida yaratilgan, ya`ni o`sha davrning yirik va nomdor ma`rifatparvarlaridan Xayrulloxon ismli mudarris shoira istiqomat qilayotgan Buzrukxo`ja mahallasida birinchilardan bo`lib “usuli jadid” maktabini ochadi. Maktab o`z-o`zidan eski, “qadimiya” maktablaridan tubdan farq qiladi. Bolalar endi yerlarda emas, “xarrak”- stullarda o`tiradilar, ust boshlari ham ozoda saqlanib, darslar turk tilida olib boriladi. Shoira bu manzarani yuqoridagidek sodda va ta`sirli misralarda bayon etadi. Nazarimizda, bu oddiy she`r emas, qalbi qaynoq shoiraning yangilik va yaxshilikka chaqiruvchi da`vatnomasi edi.

Download 100,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish