Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

                  
28-§ Ayollarning jinsiy a`zolari 
Ayollarning  jinsiy  a`zolari  ikki  guruhga  bo’linadi.  Ichki  jinsiy  a`zolarga 
tuxumdon,  bachadon,  bachadon  nayi    va  qin  kiradi.  Tashqi  jinsiy  a`zolarga 
ayollarning jinsiy sohasi va klitor kiradi. 
 
 
 
 
 
Tuxumdon 
 
Tuxumdon  juft  ayollar  jinsiy  bezi  bo’lib  kichik  chanoq  bo’shlig’ida 
joylashgan.  Unda  ayollar  jinsiy  hujayralari  rivojlanib  etiladi  va    jinsiy  gormonlar 
ishlab chiqariladi. Tuxumdon  cho’zinchoq shaklda bo’lib, oldindan orqaga qarab 
biroz  yassilashgan.  U  och  pushti  ranli,  tuqqan  ayollarda  usti  g’adir  -  budir. 
Tuxumdonning uzunligi o’rtacha 2,5 sm, kengligi 1,5 sm, qalinligi 1 sm, og’irligi 
5-8  g.  Unda  medial  va  lateral  yuzalari  qavariq  erkin    qirra  va  oldingi  tutqichli 
qirrasi  tafovut  qilinadi.  Tuxumdonning  tutqichli  qirrasida  botiqlik,  tuxumdon 
darvozasi  joylashgan.  Undan  arteriya  va  nervlar  tuxumdon  ichiga  kirsa,  vena  va 
limfa  tomirlar  chiqadi.  Tuxumdonning  bachadon    nayiga  qaragan  yuqori  uchi  va 
bachadonga  qaragan  pastki  uchi  bo’lib  u  bachadonga  tuxumdonning  xususiy 
boylami vositasida birikkan.  Bu boylam yumaloq tizimcha shaklida bachadonning 
keng  boylami  varaqlari  ichida  yotadi.  U  tuxumdonning  bachadon  uchidan 
boshlanib, bachadonning lateral burchagiga birikadi. Bundan tashqari tuxumdonni 
osiltirib  turuvchi  boylami  bor.  U  kichik  chanoq  bo’shlig’i  devoridan  tuxumdonga 
keluvchi    qorinparda  burmasidan  iborat.  Bu  boylamni  ichida  tuxumdonning    qon 
tomirlari  va  fibroz  tolalar  joylashgan  Tuxumdon  bachadonning  keng  boylamini 


135 
 
 
orqa  varag’idan  boshlanib,  uning  tutqichli  qirrasiga  birikkan  qisqa  tutqich  bilan 
mustahkamlanadi.    Tuxumdon  tashqi  tomondan  bir  qavatli  pusht  epiteliyi  bilan 
qoplangan  bo’lib,  uning  ostida  pishiq  biriktiruvchi  to’qimali  oqliq  parda  yotadi.  
Tuxumdon  parenximasi  ichki  va  tashqi  qavatga  ajratiladi.    Ichki  qavat  o’rtada 
joylashib,  mag’iz  modda  deb  ataladi.  U  yumshoq    biriktiruvchi  to’qima,  qon  va 
limfa  tomirlar,  hamda  nervlardan  iborat.  Tashqi  po’stloq  qavatda  etilgan  
follikulalar  va    birlamchi  follikulalar  bor.  Etilgan  follikula  ichida    ayollar  jinsiy 
hujayralari bo’ladi. Follikula pufakcalari  tuxumdonning yuza qavatiga yaqinlashib 
yoriladi  va  tuxum  hujayra  qorin  bo’shlig’iga  chiqib  bachadon  nayi  shokilalari 
yordamida  bachadon  nayining  qorin  teshigi  orqali  bachadon  nayiga  kiradi. 
Yorilgan  follikula  o’rnida  qon  bilan  to’la  pufak  qolib,  sariq  tana  hosil    bo’ladi. 
Tuxum hujayra urug’lanmasa sariq tana kichrayib oq tanaga aylanib ketadi. Tuxum 
hujayra urug’lanib, homila hosil bo’lsa, sariq tana kattalashib diametri 1,5-2 smga 
etadi.  U  o’zidan  sariq  tana  gormonini  ishlab  chiqarab,  homillaning  o’sishida 
ishtirok etadi. Follikulalar yorilib tuxum hujayra chiqqan  sari tuxumdon kichrayib, 
yuzasi burishib qoladi. 
Yangi tug’ilgan qiz bolaning tuxumdoni tsilindr shaklida. Uning uzunligi 1,9 
sm, kengligi 3-7 mm, qalinligi 2,5 mm, og’irligi 0,16 g келади. Tuxumdon yuqori  
V bel umurtqasi sohasida katta bel muskulining oldingi yuzasida joylashadi. Ular  
oldinga tomon oғган bo’lib, qorinning oldingi devoriga tegib turishi mumkin. 3-5 
yoshlarda tuxumdon pastga tushib, o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida ko’ndalang 
holatni  oladi.  Bolalikning  birinchi  davri  oxirida  u  kichik  chanoq  bo’shlig’iga 
tushib doimiy joyini oladi. 
Yangi tug’ilgan  va emizikli qiz bolada tuxumdonning yuzasi silliq, bir qavat  
pusht  epiteliyi  bilan  qoplangan.  Uning  ostida  oqliq  parda  yotadi.  Yangi  tug’ilgan 
qiz  bola  tuxumdoni  kesmasida  po’stloq  qavati  keng,  mag’iz  qismi  yumshoq 
tuzilishga ega. Unda qon tomirlar va biriktiruvchi to’qima ko’p. Po’stloq va mag’iz 
qismi  bir-biridan  ma`lum  bir  chegara  bilan  ajralmagan.  Tuxumdonning  po’stloq 
qismida  300-400  ming  etilmagan  follikulalar  bo‘ladi.  Emizikli  davrda  birlamchi 


136 
 
 
follikulalar  soni  kamayadi  va  o’smirlik  davrida  har  bir  tuxumdonda  10  mingga 
yaqin  follikula qoladi.  Bu davrda  tuxum  hujayralar birin-ketin  etila boshlaydi   va 
birlamchi  follikulalar    ikkilamchi  follikulalarga  aylanadi.  Tuxumdon  gormonlar 
ishlab  chiqara  boshlaydi.  Bu  gormonlar  ta`sirida  ayollarning  jinsiy  a`zolari 
rivojlanadi  va  ikkilamchi  jinsiy belgilar paydo bo’ladi.  O’smirlik davrida etilgan  
follikulalarning  shishishi  va  sariq  tananing  hosil  bo’lishi  bilan  birga  tuxumdon 
yuzasida g’adir-budirlik paydo bo’ladi. 
Bachadon  toq  muskuldan  tuzilgan  a`zo  bo’lib,  unda  homila  rivojlanadi.  U 
noksimon  shaklda  bo’lib,  oldindan  orqaga  qarab  yassilashgan.  Bachadon  kichik 
chanoq  bo’shlig’ini  o’rtasida  qovuqning  orqasida,  to’g’ri  ichakning  oldida 
joylashgan. Bachadonda tubi, tanasi va bo’yni tafovut qilinadi. 
Bachadonning  tubi  unga  bachadon  naylari  kiradigan  chiziqdan  yuqorida 
do’ng  shaklida  ko’tarilib turadigan qismi.  
Bachadonning  tanasi  konus    shaklidagi  o’rta  katta  qismi.  U  pastga  tomon 
torayib  yumaloq bachadon  bo’yniga o’tib ketadi. Tananing bo’yinga o’tish  joyi  
torayib  bachadonning  toraygan  qismni  hosil  qiladi.  Bachadon  bo’yni  ikki:  qin 
ichiga    kirib  turgan  qin  qismi  va  qin  usti  qismidan  iborat.    Uning    qin  qismiga  
bachadon  teshigi  ochiladi.  Bu  teshik  tug’magan  ayollarda  yumaloq  yoki 
cho’zinchoq  shaklda,  tuqqan  ayollarda  esa  ko’ndalang  tirqish  shaklida  bo’ladi. 
Bachadon teshigi oldingi va orqa lablar bilan chegaralanib turadi. Orqa lab yupqa 
bo’lib, unga qin devori yuqoriroq birikadi. Bachadonning qovuqqa qaragan oldingi 
yuzasi
,
  to’ri ichakka qaragan orqa yuzasidan o’ng va chap chekkalari  bilan ajrab  
turadi.      Katta    ayollar  bachadonning  o’rtacha    uzunligi  7-8  sm,  kengligi  4  sm, 
qalinligi 2-3 sm, og’irligi  tug’magan ayollarda 40-50 g, tuqqan ayollarda 80-90 g 
tashkil etadi.   
Tuxumdonning  po’stloq  qismida  300-400  ming  etilmagan  follikulalar  bor. 
Emizikli davrda birlamchi  follikulalar  soni  kamayadi  va o’smirlik davrida har bir 
tuxumdonda 10 mingga yaqin follikula  qoladi. Bu davrda tuxum hujayralar birin-
ketin etilaboshlaydi  va birlamchi follikulalar  ikkilamchi aylanadilar.  Tuxumdon 


137 
 
 
gormonlar  ishlab  chiqara  boshlaydi.    Bu  gormonlar    ta`sirida  ayollarning    jinsiy 
a`zolari rivojlanadi  va  ikkilamchi  jinsiy belgilar paydo bo’ladi. O’smirlik davrida 
etilgan    follikulalarning  shishishi    va  sariq  tananing    hosil  bo’lishi  bilan  birga 
tuxumdon yuzasida g’adir-budirlik paydo bo’ladi. 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish