Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Nafas  xarakatlari.
  Gazlar  normal  ravishda  almashinib  turishi  uchun 
o’pkadagi xavo xamma vakt almashinib turishi kerak. O’pkadagi xavo nafas olish 
va  nafas  chikarish  vaqtida  almashinib  turadi.
 
Muskullarning  qisqarishi  natijasida 
ko’krak  bo’shlig’ining  kengayishi  nafas  olinishiga  sabab  bo’ladi.  Kovurg’alararo 
tashqi muskullar qisqarganda ko’tariladi. Buning natijasida, ko’krak bo’shlig’ining 
xajmi  old  -  orqa  va  yon  tomonga  qarab  kengayadi.  Diafragmaning  qisqarishi 
natijasida  uning  yuqori  tomonga  qaragan  gumbazi  yassilanadi.  Buning  natijasida, 
ko’krak  bushlig’i  vertikal  yunalishda  kengayadi.  Ko’krak  bo’shlig’i  xajmining 
ortishi  bilan  bir  vaqgda  o’pka  xam  kengayadi.  O’pka  kengaygan  sari  undagi 


120 
 
 
xavoning bosimi pasayadi. Buning natijasida o’pka ichiga tashqaridan xavo kiradi, 
ya`ni  nafas  olinadi.
 
Nafas  olinganda  qisqargan  muskullarning  bo’shashuvi 
natijasida  ko’krak  bo’shlig’ining  kichrayishi  nafas  chiqarilishiga  sabab  bo’ladi. 
Kovurgalararo  tashqi  muskullarning  bo’shashuvi natijasida  qovurgalar  pasaydi  va 
ko’krak bo’shlig’ining xajmi oldi - orqa va yon yo’nalishida torayadi. Diafragma 
bo’shashganda  unga  past  tomondan  ta`sir  ko’rsatuvchi  qorin  organlari  diafragma 
gumbazini  bo’rttiradi,  oqibatda,  ko’krak  bo’shlig’i  vertikal  yunalishda  torayadi. 
Ko’krak  bushlig’ining  torayishi  o’pka  xajmining  kichrayishiga  va  o’pka  ichidagi 
xavo  bosimining  ortishiga  sabab  bo’ladi.  Buning  natijasida  esa  xavo  o’pkadan 
tashqariga  chiqarib  yuboriladi.  Nafas  olinganda  kiradigan  xavo  bilan  o’pkadan 
chiqadigan  xavoning  xajmini
  spirometr 
yordami  bilan  o’lchash  mumkin.  Katta 
yoshdagi odam nafas olganda o’pkasiga 500
 kub sm
 xavo kirib, nafas chiqarganda 
o’pkadan  xuddi  shuncha  xavo  chiqaradi.  Chuqur  nafas  olingan  vaqtda  qo’krak 
bo’shlig’i nafas olingandagiga qaraganda ko’proq kengayadi. Buning sababi shuki, 
chuqur  nafas  olinganda  qovurralararo  tashqi  muskullar  bilan  diafragma  bilan  bir 
qator boshqa muskullar xam qisqaradi. 
       Katta  yoshdagi  kishilarda  o’pkaning  tiriklik  sig’imi  2000
  kub.sm
  dan  6000
 
kub.sm
  gacha,  15  Yoshli  o’smirlarda  esa  o’rta  xisob  bilan  2600
  kub.sm
 
chamasida  bo’ladi.  O’pka  tiriklik
 
sig’imining
 
katta-kichikligi  odamning  jismoniy 
jixatdan qanchalik rivojlanganligini ko’rsatuvchi eng muxim omillardan biridir. 
 
Tinch  xolatda  nafas  olinishi  va  nafas  chiqarilishi  vaqtida  bo’ladigan  nafas 
olish xarakatlarinnng soni odamning yoshiga bog’liq. Chaqaloq bola minutiga 30-
45 marta, 14-15 yoshdagi o’smir 20 marta, katta yoshdagi odam 16-18 marta nafas 
olib, nafas chiqaradi. 
 
Xar  qanday  ish,  ayniqsa  jismoniy  ish  bajarilganda  organizm  sarf  qiladigan 
energiya  ortadi.  Buning  natijasida  oksidlanish  jarayonlari  kuchayadi  va  kislorod 
ortiq  sarf  bo’ladi.  Nafas  olish  muskullari  yaxshi  rivojlanmagan  odamda 
organizmning  kislorodga  bulgan  extiyoji  ortgan  vaqtida  bu  extiyoj  nafas  olish  va 
nafas  chiqarish  sonining  oshirilishi  xisobiga  qondiriladi.  Buning  natijasida  nafas 


121 
 
 
kisiladi  va  ishni  to’xtatish  zarur  bo’lib  koladi.  Nafas  olish  muskullari  yaxshi  ri-
vojlangan  va  o’pkasining  tiriklik  sig’imi  katta  bo’lgan  odamda  organizmning 
kislorod  bilan  ta`minlanishi,  asosan,  chuqur  nafas  olish  yuli  bilan  kuchaytiriladi. 
Nafas olish muskullarini chiniqtirish va o’pkaning tiriklik sig’imini oshirish uchun 
jismoniy  mexnat  qilishni,  ertalabki  badan  tarbiya  bilan  shug’ullanishni  nafas 
olishda  va  nafas  chiqarishda  ishtirok  etadigan  muskullarni  rivojlantiruvchi 
mashg’ulot bilan shug’ullanish kerak. 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish