1.Yuzaki plastinka (lamina superficialis) bo’yinning teri osti mushagini orqasida joylashib, bo’yinni har tomondan o’raydi. Yuza plastinka past tomonda o’mrov suyagi va to’sh dastasining oldingi chekkasiga birikkan. U yuqori tomon ko’tarilib, to’sh o’mrov-so’rg’ichsimon mushakga qin hosil qilib, til osti suyagiga birikadi. Undan keyin til osti suyagidan yuqorida joylachgan mushaklar va jag’ osti bezini qoplab qin hosil qilgach, pastki jag’ suyagi asosidan o’tib, chaynov fastsiyasiga aylanadi. Yuza plastinka bo’yinning orqa tomonida trapetsiyasimon mushakga qin hosil qilib ensa boylamiga va yuqoridan (linea nuchae superior et protuberatia occipitalis externa) ga birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |