, venoz nay ve-
noz boylamga
aylanadi. O‘pka poyasini aorta bilan qo‘shib turuv chi
arteriya nayining ikki uchida bosim kichik qon aylanish ishga tush-
ganidan keyin tenglashadi va unda qon oqishi to‘xtaydi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda nay teshigi torayib bekiladi. Bu ja-
rayon nay o‘rtasidan boshlanib, avval o‘pka poyasi tomoniga keyin
esa aortaga qarab yuradi. Nay 8–10 kun davomida butunlay pu-
chayib arteriya boylamiga
aylanadi. Agar arteriya nayi bekilmay qol-
sa, bolada tug‘ma nuqson paydo bo‘ladi.
O‘ng va chap bo‘lmachalardagi bosimning tenglashishi natijasida,
ular o‘rtasidagi to‘siqda joylashgan oval teshik ham asta-sekin beki-
ladi. Ba’zan bu teshikning bekilishi uzoq vaqt (6–8 oy) davom etishi
mumkin. Bu teshik bir yilgacha bekilmasa, bola yuragida tug‘ma
nuqson paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |