sekretsiya bezlari ichida eng kattasidir (147-rasm). U bo‘yinning
bo‘lakdan iborat. Bo‘laklari o‘zaro tor qalqon-
327
30 % holatda uning bo‘ g‘izidan yuqoriga qarab piramidasimon
bo‘lak
joylashadi. Qalqonsimon bezning ko‘ndalang o‘lchami
katta yoshdagi odamlarda 50–60 mm, uning bo‘laklarining ba-
landligi 50 mm atrofida bo‘ladi. Qalqonsimon bez bo‘laklarining
orqa-yon yuzasi halqumninig hiqildoq qismi va qizilo‘ngach ning
boshlang‘ich qismiga tegib turadi. Uning bo‘g‘zining balandligi
5–15 mm, qalinli gi 6–8 mm bo‘lib, kekirdakning II–III to g‘ay
halqalari sohasida joylashadi.
Bezning og‘irligi 30–50 g. Qalqon simon bezning og‘irligi ayol-
larda erkaklarga nisbatan katta bo‘lib, u tashqi tomondan hiqildoq
va kekirdakka birikkan fibroz g‘ilof
bilan o‘ralgan.
Undan bez
ichiga trabekulalar kirib, bezni bo‘laklarga ajratadi. Bez bo‘lakla-
rining ichi qalqon simon bezning tarkibiy-vazifaviy birligi-folliku-
lalardan iborat. Follikulalarning devori bir qavatli epiteliy bilan
qoplangan bo‘lib, o‘lchamlari 25 dan 300–500 mkm gacha. Uning
bo‘shlig‘ida epiteliy hujayralari ishlab chiqargan quyuq oqsillar-
ga boy kolloid modda bo‘ladi. Uning tarkibidagi yod miqdori qon
plazmasidagidan 300 marta ko‘p.
Mo‘tadil holatda qalqonsimon bez 80 % tiroksin va 20 %
triyodo tironin ishlab chiqaradi. Har kuni uning gormonlari tarki-
bida 0,3 mg gacha yod ajratiladi.
Qalqonsimon bez gormonlarining ta’siri ko‘p qirrali. Ular or-
ganizm dagi asosiy modda almashinuviga ta’sir qilib issiqlik al-
mashinuvini, oqsil, yog‘, uglevodlar sarflanishini kuchaytiradi.
Kaliy va suv ni organizm dan chiqishini, organizmning o‘sishini
boshqaradi, buyrak usti, jinsiy, sut bezlari va markaziy nerv tizi-
mi faoliyatini kuchaytiradi.
Qalqonsimon bezning follikulalararo epiteliyi hujayralari tar-
kibida yod bo‘lmagan gormon – kalsitoninni ishlab chiqaradi. U
qondagi kalsiy miqdorini kamaytirib, uni suyaklarda to‘planishi-
ni ta’minlaydi va paratireoidinga antogonist bo‘ladi. Bu gormon,
shuningdek, hazm bezlari faoliyatini pasaytiradi.
Qalqonsimon bez gormonlari bolaning o‘sishida, jismoniy va
psixik taroqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega. Bez gipofunksiya-
si – gipotireoz da bolalar o‘sishi, jinsiy taroqqiyoti to‘xtaydi, tana
qismlarining proporsiyasi buziladi, aqliy rivojlanish orqada qo-
lishi kreti nizm xastaligigacha olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: