Termoregulyatsiya patologiyasi
Gavda harorati kechasi soat 2 dan 4 gacha past, soat 16 dan
19 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yuqori bo‘ladi. Haroratni mo‘ta-
dil holatdan ko‘tarilishi yurak urishining tezlashuvi va qon bosi-
mining ko‘tarilishiga olib keladi. Harorat 40 °C dan yuqori ko‘ta-
rilganida odam es-hushini yo‘qotadi va alaxsiraydi, harorat 43 °C
dan osh ganida o‘lib qoladi.
Miya haroratining 2–3° pasayishi odamning hushidan ketib
qolishiga olib keladi. Katta jarrohlik aralashuvi vaqtida, oksidla-
nish jarayoni susayishi va miyaga kislorod yetishmovchiligiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun ataylab past harorat, gipotermiya sharoiti yara-
tiladi. Bolada termoregul yatsiya jarayoni 2–3 yoshga kelib yetila-
di. Issiqlikni boshqaruvchi jarayonlar – tomir reaksiyalari va al-
mashinuv jarayonlarini qildirish shamollashdan bo‘ladigan kasal-
liklarga qarshilikni kuchaytiradi, salomatlikni mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |