Urug‘ tizimchasi (funiculus spermaticus) uzunligi 15–20 sm
yuma loq shaklda bo‘lib, chov kanalining chuqur teshigidan mo-
yakning yuqori uchigacha cho‘zilgan bo‘ladi. U moyakning
yorg‘oqqa tushish jarayonida hosil bo‘ladi. Urug‘ tizimchasi tar-
kibiga urug‘ olib ketuv chi nay, moyak, moyak ortig‘i va urug‘
olib ketuvchi nayning arteriya, vena, lim fa tomirlari va nervlari
kiradi. Urug‘ tizimchasi tash qi tomondan ichki urug‘ fassiyasi bi-
lan o‘ralgan. Undan tashqarida moyakni ko‘taruvchi mushak va
uning fassiyasi yotadi. Tashqi urug‘ fassiyasi urug‘ tizimchasining
eng tashqi pardasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |