Chuvalchangsimon mushaklar (mm. lumbricales) to‘rtta
bo‘lib, II–V barmoqlarning proksimal falangasini bukadi, o‘rta
va distal falangalarni yozadi.
2.
Suyaklararo mushaklar (mm.interossei) kaft suyaklari
o‘rtasida joylashib ikki: kaft tomondagi va orqa suyaklararo mu-
shaklarga bo‘linadi. Kaft tomondagi suyaklararo mushaklar
uch-
ta. Ular ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi kaft suyaklari oralig‘ida
yotadi va II, IV, V barmoqlarni o‘rta barmoqqa yaqinlashtiradi.
Kaftning orqa suyaklararo mushaklari to‘rtta bo‘lib kaft tomon-
dagi mushaklardan sezilarli katta bo‘ladi. Ular I, II, IV barmoq-
larni o‘rta barmoqdan uzoqlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |